Долзарб мавзу

INTERNET TARMOG‘IDAGI NOXOLIS AXBOROTLAR XATARLIDIR

Bugungi kunda turli ko‘rinishdagi axborot vositalarining nozik jihatlarini har bir ongli kishi anglab yetishi lozim. Chunki bunday aloqa tarmoqlari turli yo‘llar bilan, garchi insonda xohish bo‘lmasa ham, o‘ziga jalb qilib, changaliga tortadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim axborotlarning jamiyatga solayotgan eng katta tahdidlaridan biri tinch-totuv oilalarning barbod bo‘lib ketayotganidir.

 

DINIY EKSTREMIZM VA SOF ISLOM

Din - arabcha so‘z bo‘lib, “ishonch” degan ma'noni anglatadi. Islom dini nuqtai nazariga ko‘ra hanif dinning aqidaviy asosi – Alloh taologa, payg‘ambarlarga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga, oxiratga, barcha yaxshilik va yomonlik Yaratganning irodasi bilan bo‘lishiga ishonmoqlikdir.

 

MUTAASSIBLIKNING ISLOM DINIGA VA JAMIYATGA YETKAZGAN ZARARLARI VA SHARIATDA UNING QORALANISHI

Islom dini tarixiga nazar tashlasak aynan mutaassiblik va aqidaparastlik kabi illatlar  oqibatida ko‘plab xunrezlik va notinchliklar kelib chiqqanini guvohi bo‘lamiz. Islom olamida tarixda va hozirda diniy mutaassiblik, dinda g‘ulu (chuqur) ketish oqibatida hatto mo‘min-musulmon kishini kofir (iymonsiz), murtad (dindan qaytgan) deb atalish hollari ham uchraydi. Bunga misol qilib al-Haruriya firqasini keltirish mumkin, ularning asl da'vosi, Ali ibn Abu Tolibga kufr bilan guvohlik beradilar. Undan voz kechib insonlarni ham undan voz kechishga hamda Ali ibn Abu Tolibni kofirga chiqarishga da'vat qiladilar. Dinda chuqur ketib, haddidan oshish natijasida  musulmonlar ichida ko‘plab adashgan firqalar vujudga kelgan, bunga misol qilib rofiziylar firqasini keltirish mumkin, chunki ular Ali ibn Abu Tolibni sevishda haddan oshdilar, hatto uni  Payg‘ambar (s.a.v), muhojir va ansoriylardan ham ustun qo‘ydilar. Rofiziylar aynan mana shu e'tiqod, ya'ni dinda chuqur ketish sababli to‘g‘ri yo‘ldan adashdilar.

 

ISROFGARCHILIKDAN SAQLANAYLIK

Barchamizga ma'lumki, Islom dini mo‘tadil din bo‘lib, barcha ishlarda mo‘tadil yo‘lni tutishga buyuradi. Ayni paytda isrofdek og‘ir gunohdan qaytaradi. Chunki har qanday ishda haddan oshishi isrof sanaladi va u islom dinining mo‘tadillikka asoslangan ta'limotiga zid keladi.

 

DINIY BAG‘RI KENGLIK VA MILLATLARARO TOTUVLIK

Darhaqiqat, go‘zal va betakror islom dini insoniyatni bag‘rikeng bo‘lib, o‘zaro hamjihatlikda yashashga buyurgan. Insoniyat tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, qaysi jamiyat yoki yurtda hamjihatlik, ahillik, bag‘rikenglik, birdamlik va mehru oqibat bo‘lgan bo‘lsa shu jamiyat yoki yurtda albatta osoyishtalik, farovonlik va taraqqiyot bo‘lgan. Agarda insonlar orasida birdamlik, hamjihatlik, bag‘rikenlik degan umuminsoniylik fazilatlari bo‘lmasa bunday jamiyatda tinchlik va taraqqiyot bo‘lmaydi.

 

ISLOM MUTAASSIBLIKKA QARSHI.

Islom dini inson hayotining har bir jabhasini o‘zida mujassam etgan, har zamonga mos ezgulikka asoslangan bag‘rikeng, mo‘tadil dindir. Islom faqat diniy ahkomlardan iborat bo‘lgan din emas, balki u jamiyat ma'naviyati va ma'rifatini shakllantiruvchi hamda kamolga yetkazuvchi  hamda uning ijtimoiy-siyosiy, ruhiy-ma'naviy talablarini qondiruvchi dindir. Ammo, islomiy arkonlarning ijrosi barobarida inson diniy ilmsizlik sababli ko‘plab muammolarga duch bo‘lishi tabiy holdir. Mana shu muammolardan biri mutaassiblik va dinda chuqur ketishdir.

 

MUTAASSIBLIK NIMA?

Islom faqat diniy ahkomlardan iborat bo‘lgan din emas, balki u jamiyat ma'naviyati va ma'rifatini shakllantiruvchi hamda kamolga yetkazuvchi hamda uning ijtimoiy-siyosiy, ruhiy-ma'naviy talablarini qondiruvchi dindir. Ammo, islomiy arkonlarning ijrosi barobarida inson diniy ilmsizlik sababli ko‘plab muammolarga duch bo‘lishi tabiy holdir. Mana shu muammolardan biri mutaassiblik va dinda chuqur ketishdir.

 

Qur'on, hadislar va ulamolar talqinida terrorizm va ekstremizm...

Islom dini tinchlik dini bo‘lib, u ezgu ishlar, mehribonlik, rahm-shafqat, tozalik, qo‘llab-quvvatlash, rivojlanish kabi g‘oyalarni ilgari suradi. Bularninng aksi o‘laroq, xudbinlik, tajovuzkorlik, zo‘ravonlik va buzg‘unchilik kabi jinoiy ishlar Qur'oni karim va hadisi shariflarda qoralanadi.

 

Axborotda xolislik muhim

Bugun axborot almashinuvi shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Shu bilan birga har bir axborot tarqatuvchining o‘z vazifasiga xolisona va haqqoniy yondashish kabi mezonlarga rioya etishi ham zarurdir.

Dinmiz ta'limotlarida notanish odam yoki xabari sinab ko‘rilmagan kimsaning xabari tekshirilmay turib, qabul qilinmaydi. Boshqa ishonchli manbalardan xabarning to‘g‘riligi sobit bo‘lsagina, qabul qilinadi.

 

Islom terrorga qarshi

“Terror” so‘zi lug‘atda “qo‘rqitish, vahima solish” ma'nolarini anglatadi. Ko‘pchilik terrorni “O‘z maqsadiga erishish yo‘lida boshqalarning joni, moli va obro‘siga kuch va qurol ishlatish yo‘li bilan zarar yetkazish” deb atamoqdalar. Ba'zilar: “Terrorchi mavjud qonuniy tartib va butun madaniyatli dunyo bilan hamma aloqalarini uzgan kishidir…Uning uchun faqat bitta fan – yo‘q qilish, qirib tashlash fani bor xolos” demoqda.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing