FAROVONLIK VA TANGLIK KUNIDA SHUKR QILISHNING FOYDALARI
Dunyo sinov diyoridir. Har bir kunimiz borki unda sinovlar qurshovida yashaymiz. Faronvonlik ham tanglik ham barchasi aslida sinov uchun beriladi. Taqdir gardishi inson boshi o‘zra qay tomonga qarab aylanmisin, kishi o‘zini munosib tutgan holda chin bandalik yo‘li – shukronalikda mustahkam turishi lozimdir.
CHIROYLI SABR QILAYLIK!
Alloh Taolo Qur'oni karimning bir nechta o‘rinlarida “Albatta Alloh sabrlilar bilin birga” deb takidlagan. Biz har bir ishimizda Allohni eslab ishimiz oxiriga yetguncha sabr qilib undan (Allohdan) yordam so‘rasak albatta Alloh madatkor bo‘ladi.
KARONAVIRUS OFATMI Yo NAJOTMI?
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qorin xastaligi ila o‘lgan shahiddir, vaboda o‘lgan shahiddir”, dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).
RAMAZON OYINING FAZILATI.
Ramazon oyiga sog‘ salomat yetkazgan Parvardigori olamga beadad hamdu sanolar, beshumur shukronalar bo‘lsin, bu muborak oyda salovotlarning barchasi Payg‘ambarimiz Muhummad Mustafo s.a.v ga bo‘lsin va as'hobi kiromlarga Alloh taoloning rahmati va mag‘firati bo‘lsin.
Karantin yumshatilishi bemalollikni emas, qat'iylikni talab etadi
Oxirgi paytda dunyoda har kuni 90-100 ming nafar inson koronavirusni yuqtirib olmoqda. Bugunga kelib, unga chalinganlarning umumiy soni 4,2 millionga yetdi. Ming afsuski, ularning 282 ming nafardan ziyodi olamdan o‘tdi.
Karantin qoidalariga rioya qilaylik!
Bugungi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda, yurtimizning barcha hududlarida bu yil 9 may – Xotira va qadrlash kunida ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlandi. Ushbu bayramni faqat oila davrasida nishonlash tavsiya etildi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasi axborotida ma'lum qilindi.
INSON AZIZ, XOTIRA MUQADDAS!
Insonning azizligi, uning xotirasi esa muqaddasligi asrlar davomida xalqimiz ma'naviyatining ajralmas qismi bo‘lib kelgan ulug‘ qadriyatdir. Ushbu qadriyat esa mustaqillik yillarida yangicha mazmun bilan boyidi. 9 may sanasi Xotira va qadrlash kuni sifatida xalkimiz tamonidan keng nishonlanmoqda.
Sabr mo‘minning bezagi
Sabr har bir mo‘min-musulmonning eng yaxshi sifatlaridan biri hisoblanib, imonni qay darajada ekanini ko‘rsatadigan amaldir. Shuning uchun ham Alloh taolo bandalariga musibat, balo-ofat yoki mashaqqat kelganida faqat sabr qilishga buyuradi. Alloh taoloning kitobi Kuroni karimning ko‘p o‘rinlarida “sabr” va “namoz” kalimalari birga yonma-yon kelgan. Bu so‘zlarning birgalikda bayon qilinishining sababi, Alloh taolo sabrni ibodat darajasiga ko‘yganining alomatidir. Qur'oni karimda sabr-toqat yetmish joyda zikr qilingan bo‘lib, bundan boshqa biror fazilat bu darajada ko‘p takrorlanmagan. Shuning uchun Alloh taolo O‘zining sinovlariga sabr qilgan kishilarning ajr-mukofotini dunyoda ham, oxiratda ham orttirib berishni va'da qiladi: “...Albatta, sabr qiluvchilarga mukofotlari behisob berilur” (Zumar surasi, 10-oyat mazmuni).
ER KISHI XALQ DARDI ILA YASHAYDI
O‘n sakkiz ming olamni yo‘qdan paydo qilgan zot bu borliqda shu o‘n sakkiz ming turlik mavjudod orasidan faqat insonni ulug‘ va mukammal bo‘lishini ixtiyor kildi. Darxaqiqat inson, kun kelib yerda xalifa bo‘ldi. So‘ngra butun olamlarni yaratgan zot, insonga shu yerni obod qilishni buyurdi va bu ishda parvardigor insonga o‘zi ko‘mak berdi. Keyin o‘z qo‘li bilan obod qilgan shu yerda hech qachon fisqu-fasod ishlar qilma dedi. Insonga Alloh, shu zaminni obod qilish uchun yetarli shijoat ham berdi. Alloh taolo o‘z kalomi qur'oni-karimda aytadi:
SABR IYMONNING AFZALI
Nabiy alayhisalom aytadilar. "Vabo tarqalgan joydan qochgan kishi ba misoli urushdan kochgan odam kabidir. Vabo tarqalgan joyda sabr qilib o‘tirgan kishi ba misoli urushda sabr qilgan kabi savob olur”.




















