SOF ISLOM G‘OYALARI
Bugungi kunda islom niqobi ostida harakat qilayotgan ekstremistik harakatlarning inson ongi va qalbini egallash maqsadida har kanday razil yo‘llardan foydalanish hollari avj olayotganini afsus bilan qayd etish lozim.
Bunday kuchlarning dinimiz asoslarini, Qur'on oyatlari va hadislarning asl mohiyatini buzib talqin qilishi, jamiyat hayotiga tahdid soladigan ishlarni islom bilan bog‘lashga urinishi esa, ularning har qanday qabih ishlardan ham qaytmasligidan dalolat beradi.vaziyat shuni ko‘rsatmoqdaki, ular yer yuzidagi har qanday davlatdagi tinchlikni buzish, mavjud tuzumni izdan chiqarish yo‘lida islom dini g‘oyalarini g‘arazli talqin etish uslubidan faol foydalanmoqda.
ABU SAYYAF HARAKATININ STRUKTURASI
Strukturasi. Guruh quyidagi tarkibdan iborat: bosh shtab va uning tarkibiga kiruvchi operativ, razvedka, kadrlar bilan ishlash, ko‘mak beruvchi, ichki ta'minot hamda moliya bulimlari. Guruhning ikki tarkibiy kismi mavjud: «Basilan» (yuqori darajadagi diniy mutaassiblik bilan xarakterli) va «Sulu» (sezilarli darajada jinoyat soxasiga aralashgani bilan xarakterli).
Islomiy jihod ittihodining (faoliyat uslublari)
“Islomiy jihod ittihodi» o‘z maqsadini amalga oshirishda Afg‘oniston, Pokiston va Kavkazdagi xalqaro terrorchi guruh va tashkilotlar («al- Qoida”, “Tolibon», “Kavkaz mujohidlari” va boshq.) bilan mustahkam aloqalar o‘rnatgan. Guruhning asosiy kuchlari Pokistonning Xaybar-Paxtunva va Janubiy Vaziriston hu- dudlarida joylashgan.
ABU SAYYAF TASHKILOTI HAQIDA
Tashkilot nomi. «Abu Sayyaf», ba'zi manbalarda «al-Harakat al-islamiya» (Islom Harakati) deb nomlanadi. «Al-Qoida»ning Filippindagi radikal, separativ guruhi hisoblanadi.
Internetdan olingan narsalar to‘g‘ri ekanini bilish zarur
Mutaxassislar ma'lumotlariga ko‘ra, internet orqali tarkatiladigan kompyuter o‘yinlarining 49 foizi sezilarli darajada zo‘ravonlik va yovuzlik ko‘rinishiga ega, 41 foiz jangari (turli otishmalar va portlashlarga asoslangan) o‘yinlarda esa o‘yin qahramoni o‘z maksadiga yetishish uchun shunday zo‘ravonlik va yovuzlik sodir etadi. 17 foiz o‘yinlarda ana shu zo‘ravonlik va yovuzlikning o‘zi bosh maksad hisoblanadi. Turli jangovar, mentalitetimizga mos bo‘lmagan, ba'zan qahramonlik vahshiylikka o‘tib ketadigan bu kabi o‘yinlar farzandlarimiz axloqiy-estetik tarbiyasiga to‘g‘ri ta'sir ko‘rsata oladi deya olmaymiz. Bir qarashda ular oddiy o‘yindek ko‘ringani bilan zo‘ravonlik g‘oyalari, yovuzlik kayfiyatini uyg‘otishi juda ko‘p salbiy okibatlarga olib kelgani xususida hayotiy misollar ko‘plab topiladi.
MISSIONERLIK HAQIDA
Missionerlik haqida gap ketar ekan, avvalo ushbu tushunchaning lug‘aviy va istilohiy ma'nolarini tushunib olish muhim ahamiyatga egaligini alohida qayd etish lozim.
Ushbu so‘z lotin tilidagi “missio” fe'lidan olingan bo‘lib, “yuborish”, “vazifa topshirish”, missioner esa “vazifani bajaruvchi” degan ma'nolarni anglatadi. Missionerlik esa belgilangan vazifalarni hal qilishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyat majmuini bildiradi.
Soxta salafiylar fikxiy mazxablarni inkor kilnb, mazxabsizlikni tartib kiladilar.
Islom dini dunyo bo‘ylab turli mintaqalarda tarqalgach, turli arab bo‘lmagan xalqlar ham musulmon bo‘ldilar. Tabiiyki, ular o‘zlariga Qur'oni karim va Payg‘ambar (alayxis-salom) sunnatla- ridan shariat ahkomlarini chiqarib, tartibga solish imkoniga eta emas edilar.
SOXTA SALAFIYLAR
“Salafiylik” iborasi arab tilidagi “salaf” so‘zidan olingangan bo‘lib, “ajdodlar”, “avval yashab o‘gganlar” manolarini anglatadi. XaDislaRga kura, Paygambar Muhammad (alayhis-salom) zamonlari va undan keyingi ikki davrda yashagan musulmonlar tushuniladi. Islom mujtahid ulamolari ilk musulmonlarni “salafi solih”, ya'ni “solix, ajdodlar” deb hisoblashda yakdildir.
MO‘MIN KISHINING AXLOQI
Alloh taolo mo‘min bandalarining sifatlarini o‘z kalomida “Mo‘minun surasida” zikr qilib, bir necha sifatlar bilan sifatlagan. Bandalarini shu sifatlar bilan bardavom bo‘lishida ularni maqtagan. Kim Alloh taolo maqtagan mo‘min bandalar orasida o‘zini ko‘rishni xohlasa manashu sifatlar bilan bir qatorda Payg‘ambar alyhissolomni tavsiyalariga amal qilish lozim buladi. Janobimiz aytadilar: “Mo‘min mo‘minning oynasi” xozirda bunga kanday amal qilinyapti, xato va nuqsonlarni birodarimizning o‘ziga aytishning o‘rniga uni obro‘sini to‘kish uchun kimlargadir jar solib, boz ustiga ijtimoi tarmoqlarga yozib, mo‘minga xos bo‘lmagan ishlar qilinyapti.
Iydul Fitr – Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Aziz yurtdoshlar, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va o‘z nomimdan Sizlarni muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.
Haq taboraka va taolodan qutlug‘ oyda tutgan ro‘zalarimiz qabul, ibodatlarimiz maqbul va duolarimiz mustajob bo‘lishini so‘raymiz.
Mana shunday fayzli kunlarga yetkazgani uchun Alloh taologa cheksiz shukronalar aytamiz. Fazilatli kunlarda Qodir Allohdan xalqimizga tinchlik-osoyishtalik, qut-baraka va turli balo-ofatlardan O‘zi himoya qilishini tilab duolar qilamiz.




















