O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

HADIS IXLOSMANDLARI UCHUN YANGI LOYIHA: ONLAYN HADIS SHARHI

 
 

Hadis ixlosmandlarining iltimoslariga binoan Toshkent shahridagi “Novza” jome masjidi imom-xatibi, Toshkent Islom institutinig hadis ilmi ustozi va ijoza sohibi – Jaloliddin domla Hamroqulovning hadis sharhi suhbatlarini yangi shakl va innovatsion uslublarda taqdim etiladi.

Alloh taolo bizlarni zulmatdan nurga, zalolatdan hidoyatga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tufayli olib chiqqan. U zot Haq taoloning omonatini sizu bizga mukammal tarzda yetkazgan. Robbimizga bo‘lgan muhabbatning izhori, Muhammad alayhissallomga itoat bilan o‘z ifodasini topadi.

Hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini muxlis xalqimizga imkon qadar chuqurroq yetkazishda ushbu yangi loyiha munosib hissa qo‘shadi, degan umiddamiz.

? 2020 yil 10 sentyabr, payshanba kuni soat 15:00 dan boshlab, onlayn- hadis sharhi suhbatlarining ilk sonini quyidagi ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzating va bevosita ishtirokchisiga aylaning!

Youtube: MuslimTV
Internet telekanali : ITV.UZ
Facebook: MuslimUz

? Mavzu yuzasidan savol va fikr-mulohazalaringizni
@OnlineHadisBot orqali jo‘nating.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 09/09/2020 15:58;   Ko‘rilganligi: 1807
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/hadis-ixlosmandlari-uchun-yangi-loyiha-onlayn-hadis-sharhi
Chop etilgan vaqti: 10/10/2025 02:44
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing