Jamiyatda imom-xatiblarning tutgan o‘rni
Islom oila munosabatlariga jiddiy e'tibor qaratgan din. Oilaviy masalalarning barchasi dinning masdari bo‘lgan Qur'on va sunnat bilan tartibga solingan. Oila farovonligini oshirish va mustahkamlashda islom ta'limoti kuchli strukturaga ega. Islomda oila ajrimi fojea sifatida qabul qilinadi. Tarixiy va bugungi statistik ma'lumotlarga ko‘ra dunyo aholisi o‘rtasida oilaviy ajrimlarning juda oz miqdori musulmon jamiyatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu musulmonlarning oilaga nisbatan hurmat bo‘lgan qarashi boshqa xalqlarga nisbatan bir pog‘ona yuqori ekanidir. Tarixdan oila qurish va ajrimlar muftiy, qozi va imomlar va diniy bilimli kishilarning ishtirokida bo‘lib kelgan. Hozirgi kunda ham musulmonlar nikoh va ajrimlar borasida imom-xatiblarga murojaat qilishi davom etib kelmoqda.
Nishonga urilgan gaplar: Mo‘min yaxshi niyatli bo‘lgani uchun aldanadi, Munofiq yomon niyatli bo‘lgani uchun aldaydi.
Egasi maqtanayotgan qanchadan qancha hashamatli uylar ichida g‘arib taqdirlar, bashang liboslar ichida notavon tanalar, oppoq badanlar ichida qop-qora ko‘ngillar bor.
Tarix muhrlagan so‘zlar
***
Duo ko‘zga ko‘rinmas himoyachidir
Qur'oni Karimning 47 joyida Payg‘ambar va ulug‘ zotlarning duosi keltirilgan. “Duo”arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, so‘rash, iltijo va chaqirish ma'nolarini anglatadi, insonning muayyan moddiy va ma'naviy ehtiyojlarining qondirilishini so‘rab, iltijo etadigan tilakdir.
Diniy bag‘rikenglik – tinchlik va taraqqiyot kafolati
Bugungi kunda yurtimizda 130 dan ziyod millat va elat, 16 ta diniy konfessiya vakillari teng huquqli hamda o‘zaro hamjihatlikda tinch-totuv yashab kelmoqda. Ularning huquq va erkinliklari kafolatlangan holda ta'lim olishi, kasb-hunar egallashi hamda o‘z milliy va diniy an'ana hamda qadriyatlariga rioya qilishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berilgan.
Fiqhiy mazhablarga taqlid qilish zarurati
“Taqlid” so‘zi arab tilida, biror narsani bo‘yniga osib olish, mansabga ta'yin qilish, majburiyat yuklash, o‘xshatish, ma'nolarini bildiradi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida esa, faoliyatda o‘zgalarga ergashish, o‘zgalar namunasi asosida ish olib borish ma'nolarini bildirishi keltirilgan.
Istilohiy ma'noda esa, taqlid – so‘zi hujjat bo‘lmagan shaxsning gapini hujjatini bilmasdan qabul qilib, amal qilishdir (Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Usulul fiqh. B. 521).
Islom bag‘rikenglik dini TII talabasi Ergashev Abdulvosi
Inson zoti borki biror din yoki ta'limot orqali hayot kechiradi. Shunga binoan har bir inson o‘zi tanlagan yo‘lga yurishdan boshqa chorasi yo‘q. U yo‘l boshqalar nazdida to‘g‘ri yo egri bo‘lsin. Islom ta'limotida inson qaysi yo‘lni tanlashi o‘z ixtiyoriga topshiriladi. Zero Islom dinining asosiy manbasi bo‘lmish Qur'oni Karimda shunday deyilgan: «Dinga majbur qilish yo‘q. Batahqiq, haq botildan ajradi» (Baqara surasi, 256-oyat). Bu oyati karimadan ma'lum bo‘ladiki islom dini bag‘rikenglik hamda tinchlik borasida boshqa din va ta'limotlardan ajralib turadi. Bunga ko‘plab misollar keltirish mumkin.
Islom bag‘rikenglik dini
Shukrlar bo‘lsinki, bugun yurtimizdagi o‘ttiz to‘rt milliondan ziyodni tashkil etayotgan xalqimiz tinchlik, osoyishtalikda hayot kechirmoqda. Albatta buning asosiy negizi millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglikka borib tutashadi. Bir yuz o‘ttizdan ziyod millat va elat vakillari ahil inoqlqlikda, shu yurtning ertasi uchun kamarbasta bo‘lib yashayotganligi har birimizning ko‘zimizlarimizni quvnatmoqda.
Shunday ekan yurtning ertasi, farzandlarimizning iqboliyu, kamolini o‘ylagan har bir shaxs doimo ogoh va hushyor turishligi ham muhimdir. Dunyo sahnida insoniyat bino bo‘libdiki, uning hayoti doimo bir tekisda kechmaydi. Balki turli tuman qarama qarshilik, ziddiyatlardan iboratdir. Bugun ko‘pgina jamiyatlar uchun asosiy xavf-xatar milliy va diniy nizoning paydo qilinishligidir.
KISHINING MAZHABNI LOZIM TUTISHLIGI
Mazhab so‘zi lug‘atda: “مكان الذهاب وهو الطريق” ‒ “Mazhab - boradigan makon ya'ni u yo‘ldir”, deb bayon qilinadi.
Istilohda: Mujtahidlardan birining oyat va hadislardan shar'iy hukmlarni chiqarib, ishlab chiqqan yo‘liga “mazhab” deyiladi.
Islomda dastlabki fiqhiy hukmlar, turli masalalarning yechimlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tomonidan bayon etilgan. Agar, Qur'onda shar'iy hukmlar nozil bo‘lsa, Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘z so‘zlari yoki amallari yoki taqrirlari orqali ushbu hukmlarni insonlarga tushuntirar, batafsil bayon qilar, uning shartlarini belgilab berar, undagi to‘g‘ri yo‘lni tavsiflab berar edilar.
Iymon qadrini bilamizmi?
Bir da'vatchi domla hikoya qiladi:
Amerika viloyatlaridan birida qaysidir bir mavzuda ma'ruza qilayotgan edim, ma'ruzam asnosida bir kishi o‘rnidan turdida:
- Domla, bu kishiga kalimai shahodatni aytdirib, talqin qilib yuborsangiz, deb, yonida o‘tirgan amerikalik - sariqdan kelgan kishiga ishora qildi.
Bid'at
“Bid'at” so‘zi lug‘atda “biror narsani yangidan paydo qilish”, “o‘ylab topish” degan ma'nolarni anglatadi. Fiqh ensiklopediyasida bu so‘zga quyidagicha izoh berilgan: “Kim bir narsani paydo qilsa, yangilik qilgan bo‘ladi. Agar uni amalda qo‘llasa, barpo etgan, boshlab bergan bo‘ladi”.
Rosululloh sallollohu alayhi vasallamga muhabbatning asosi u zotga ergashishdir!
Agar muhabbat bo‘lmasa ergashish ham bo‘lmaydi. Bir kishi boshqa bir kishini yaxshi ko‘rib qolsa ana undan keyin unga ergasha boshlaydi. U yaxshi ko‘rgan narsalarni yaxshi ko‘radi, u yomon ko‘rgan narsalarni yomon ko‘radi. Hazrati Anas roziyallohu anhu tabiatlarida qovoqni o‘zlari yaxshi ko‘rmas edilar. Lekin Rosululloh sallollohu alayhi vasallam yaxshi ko‘rganliklari uchun yeganlar, iste'mol qilganlar va yaxshi ko‘rganlar.
Rasulullohga muhabbat imondandir
Ulug‘ sahobiy Anas ibn Molik r.a.dan rivoyat qilinadi, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar:
قال النبي - صلى الله عليه وسلم: "لا يؤمن أحدكم حتى أكون أحب إليه من والده وولده والناس أجمعين"




















