Maqolalar

Qurbon hayiti barchamizga fayzli bo‘lsin!

O‘zida islom dinining ezgu g‘oyalarini yaqqol ifoda etuvchi bayramimiz Qurbon hayiti yaqinlashib kelmoqda. Hayit bayramlarida  yoshu qari, boyu kambag‘al barchalari shodu xurram bo‘lib, bir-birlariga xursandchilik izhor qilishadi. Musulmonlar hamisha orziqib kutadigan ushbu ikki hayit bayramlariga taalluqli bir qancha odoblar bo‘lib, u sababli banda ko‘plab ajru savoblarga ega bo‘ladi. Shunday odoblardan biri masjidga piyoda borishdir. Xossatan hayit kuni ham agar kasallik, uzoqlik va qoru-yomg‘ir singari biror uzr bo‘lmasa namozgohga piyoda yurib borish sunnat hisoblanadi. Faqihlar masjidga borishda shoshmasdan, qadamni yaqin-yaqin bosib borishning sunnat ekanini aytganlar. Toki yurib boruvchining qadamlari soni ko‘paysinu savobi yanada ziyoda bo‘lsin.

 

ISLOMDAGI AFZAL AMALLAR!

Islom ham din, ham dunyo. Dunyo – din obod qilinadigan joy, din esa dunyo va oxirat manfaati uchun vosita. Islom – ijtimoiy kundalik hayot tarzi. U jamiyatni tartibga, bag‘rikenglikka, o‘zaro yordam va hamkorlikka chaqiradi. Hadislar bu boradagi to‘g‘ri va maqbul yechimni taklif qiladi.

 

Fitna – ma'naviy illat

Kasalni davolagandan uning oldini olgan yaxshi. Daf qilish ko‘tarishdan osonroq. Taxliya tahliyadan oldin turadi (bu ikki so‘z tabiblar istilohi bo‘lib, taxliya – bo‘shatish, tahliya – davolash. Tabiblar kasalni davolashdan oldin birinchi uning ichini tozalab, keyin dori beradi).

 

Islom davridagi katta fitna 1 - qism

Siyrat ulamolarining takidlashicha, Islomdagi birinchi eng katta fitna Umar ibn Xattob roziyallohu anhu davrida sodir bo‘lgan. To‘g‘ri, undan oldin ham Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning hayotlik chog‘larida va Abu Bakr roziyallohu anhuning xalifalik davrida fitnalar yuz bergan bo‘lsa – da, lekin ommaviy tus olmagan. Hadislarda ham katta fitnalar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam vafotlaridan keyin boshlanishiga ishoralar bor.

 

MUHADDISLAR FAZILATI

“Muhaddis” degan nom Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak hadislarini yod olib, boshqalarga to‘liq yetkazib beruvchiga nisbatan qo‘llanishining o‘zi ham bu toifaga mansub odam yuksak fazilat egasi ekanini ko‘rsatib turadi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so‘zlari shunchaki oddiy so‘zlar emas, balki insoniyatni kufr zulmatidan imon nuriga olib chiqish, ulug‘ xulqlarni kamolga yetkazish va din ahkomlarini mukammal o‘rgatish uchun yangragan muborak hadislar edi.

 

HAYZ KO‘RGAN YOYOL BILAN MUNOSABAT QANDAY BO‘LADI?

Alloh taolo odamzodni har doim din orqali tarbiyalab kelgan. Uni yetkazishni Payg‘ambarlar zimmasiga yuklagan.

Dinlarning eng mukammali bo‘lgan islomni yetkazishda Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamni tanlab olgan. Payg‘ambar alayhissalomning har bir so‘zlari, fe'llari va turmush tarzlari biz uchun hayot dasturidir. U zotning hayotlari insoniyatga ikki dunyo saodat yo‘lini ko‘rsatib bergan.

 

NIMA UCHUN AYNAN “SAHIHI BUXORIY”?

Umuman islom dini va sunnatni ayblab chiqish holatlari ko‘p kuzatilganiga qaramay, nimagadir hadis kitoblari orasidan aynan “Sahihi Buxoriy” haqida har xil asossiz ayblovlar o‘rtaga tashlanmoqda. Rostdan ham, nima uchun aynan “Sahihi Buxoriy”?

Chunki hadisga doir barcha asarlar orasidan aynan “Sahihi Buxoriy” Qur'oni karimdan keyingi  eng ishonchli manba degan oliy bahoga sazovor bo‘lgan. Bu bahoni unga Imom Buxoriyning o‘zi bergan emas, balki chuqur o‘rganib chiqqan ulug‘ va zabardast allomalar uni mana shunday sifatlagan.  

 

HAQIQIY MUSULMON KIM?

عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرٍو ؛ قَالَ : قَالَ رَسُولُ اللهِ  صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : « الْمُسْلِمُ مَنْ سَلِمَ الْمُسْلِمُونَ مِنْ لِسَانِهِ وَيَدِهِ ، وَالْمُهَاجِرُ مَنْ هَجَرَ مَا نَهَى الله عَنْهُ ». متفق عليه

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

“Haqiqiy musulmon – tili va qo‘lidan musulmonlar salomat bo‘lgan kishidir. Haqiqiy muhojir – Alloh qaytargan narsani tark etgan kishidir”, dedilar”.

 

MUSLIMA, OQILA, BOLIG‘A YOYOLNING MOTAM (AZA) TUTISHINIG HUKMI

Musulmon ayolning ahamiyat berishi lozim bo‘lgan muhim masalalardan biri – bu yaqinlaridan birining o‘limidan keyin qay shaklda va qancha vaqt mobaynida motam tutishidir.

 

Xalqimizga islom mohiyatini to‘g‘ri tushuntirib berish, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish har qachongidan dolzarbdir

Bugungi kunda muqaddas dinimizga bo‘lgan e'tibor yangi bosqichga ko‘tarildi. Yildan-yilga muborak Haj va Umra safarlariga borayotganlar safi ortib, ular uchun yaratilayotgan sharoitlar ham kengaymoqda.

 

Insonning ikki dunyosini xarob qiladigan ofatdan uzoqda bo‘laylik!

Giyohvandlik insoniyatni jismoniy va ruhiy jihatdan tubanlikka eltuvchi, aql-idrokdan mahrum etib, ikki dunyo xorligiga yetaklovchi ofatdir. Giyohvand moddalar insonni ayni kuch-quvvatga to‘lgan davrida alkogolga nisbatan 4-6 barobar tezroq halokatga uchratadi.

 

Gunohni butunlay tark qiling

Ba'zida inson gunoh qilib qo‘yadi. Shunda iymoni unga buni qaytib qilmaslikka buyuradi. Shaytoni esa undan yana bir marta lazzatlanib, keyin butunlay tark etishiga chaqiradi. Inson uning gapiga kirib, o‘sha gunohni yana bir bor qiladi. Shayton-chi?! U to‘xtamaydi. Yana va yana kelib, haligi gunohga undayveradi, uning “yana bir gal”i tugamaydi. Oxir oqibat tavba keyinga surilib qolib ketadi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing