O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Islom davridagi katta fitna 1 - qism

 
 

Siyrat ulamolarining takidlashicha, Islomdagi birinchi eng katta fitna Umar ibn Xattob roziyallohu anhu davrida sodir bo‘lgan. To‘g‘ri, undan oldin ham Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning hayotlik chog‘larida va Abu Bakr roziyallohu anhuning xalifalik davrida fitnalar yuz bergan bo‘lsa – da, lekin ommaviy tus olmagan. Hadislarda ham katta fitnalar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam vafotlaridan keyin boshlanishiga ishoralar bor.

Yuqorida aytilganidek, Islom tarixida sodir bo‘lgan eng katta fitna “Fitnalar qulfi” deya nom olgan ikkinchi xalifa, amirul mo‘minin Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning davriga to‘g‘ri keladi. Voqeani qisqacha bayon qilamiz: Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning xalifalik yillari jamiyatda adolat hukm surardi. Yeru osmonda baraka eshiklari ochib qo‘yilgan vaqtlar. Odamlar tinchlik-omonlikda hayot kechirar, fitna nimaligini aslo bilmas edilar. Fitna u yoqda tursin, shubhali savol bergan kishilarning ham adablari berib qo‘yilardi.

Vaqt o‘tgan sari turli xalqlar Islomni qabul qila boshladi. Odamlar Islom diniga kirgani bilan hali avvalgi e'tiqod va qarashlari to‘liq o‘nglanmagan edi. Undan tashqari fitnaboshi Abdulloh ibn Saba'ga o‘xshagan ichkaridan Islomga hujum qilib, zarba berish maqsadida o‘zini musulmon qilib ko‘rsatayotgan munofiqlar yo‘q emasdi. Shu va shunga o‘xshash boshqa omillar sabab asta-sekin fitnaga yo‘l ochila boshladi....

Davomi bor...

  Oqdaryo tumani bosh imom-xatibi Nasrullo domla Islamov

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla   Xoliqnazarovning “Fitna ko‘z ilg‘amas xatar” kitobidan


Kiritilgan vaqti: 24/05/2023 10:11;   Ko‘rilganligi: 1164
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/islom-davridagi-katta-fitna-1-qism
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 19:42
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing