O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Fitna – ma'naviy illat

 
 

Kasalni davolagandan uning oldini olgan yaxshi. Daf qilish ko‘tarishdan osonroq. Taxliya tahliyadan oldin turadi (bu ikki so‘z tabiblar istilohi bo‘lib, taxliya – bo‘shatish, tahliya – davolash. Tabiblar kasalni davolashdan oldin birinchi uning ichini tozalab, keyin dori beradi).

Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Roasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Albatta, Alloh taolo dard va davoni nozil qildi. Har bir dard uchun uchun davoni yaratdi. Shunday ekan, davolaning. Harom bilan davolanmang”, dedilar (Imom Abu Dovud rivoyati).

Hadisi sharifda har bir kasallikning shifosi borligi aytilmoqda. Demak, kim kasal bo‘lsa, uning shifosini izlash lozim bo‘ladi. Bu ishda beparvolik va dangasalik qilish yaramaydi.

Hadisni sharhlagan odamlar zohiran qaraganda matnda moddiy va jismoniy kasalliklar nazarda tutilgan bo‘lsa-da, ma'naviy illatlarni ham o‘z ichiga oladi, deydilar.

Jismoniy kasalliklarni tabiblar davolasa, ma'naviy kasalliklarni ummat tabiblari – ulamolar davolaydilar. Shuning uchun fitna vaqtida ulamolarga quloq tutish eng to‘g‘ri yo‘ldir.

Fitna ham og‘ir va yuqumli kasallik hisoblanadi. Shuning uchun ushbu xavfli kasallikka chalinmaslik yo‘llarini izlashimiz va uning oldini olmog‘imiz barchamiz uchun lozimdir.

 Isroil domla Amirillayev – Paxtachi tumani bosh imom-xatibi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hazratlarining “Fitna ko‘z ilg‘amas xatar” kitobidan


Kiritilgan vaqti: 24/05/2023 17:54;   Ko‘rilganligi: 735
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/fitna-manaviy-illat
Chop etilgan vaqti: 03/11/2025 13:09
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing