O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

10 dekabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

 
 

1992 yil 10 dekabr “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun. O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligiga ham 27 yil to‘ldi.

Dunyodagi barcha davlatlarning o‘z ramzlari bor. Bayroq, Gerb, Madhiya singari. Davlat ramzlari mamlakat suverenitetini ifodalovchi muqaddas timsollardir. O‘zbekistonning Davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, har birimizga faxru iftixor bag‘ishlaydi. Ular ma'naviyatning eng muhim timsollaridir. Shu bois madhiyamiz yangraganda biz ruhan jo‘shqinlikni, azmu shijoatimiz oshganini qalbimizda g‘urur va buyuk istiqbolga ishonch tuyg‘usini his etamiz.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 10/12/2019 15:23;   Ko‘rilganligi: 2549
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/10-dekabr-ozbekiston-respublikasining-davlat-madhiyasi-qabul-qilingan-kun
Chop etilgan vaqti: 16/09/2024 00:29
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing