Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollariga uy ishlarida ko‘maklashar edilar.
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Bu hol Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning siyratlarida eng ko‘p zikr qilinadigan xislatlaridan hisoblanadi.
Asvad ibn Yaziddan rivoyat qilinadi:
«Oisha roziyallohu anhodan: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam uyda nima qilar edilar?» deb so‘radim. «U zot ahllarining yumushlarida bo‘lar edilar. Azonni eshitsalar, chiqib ketar edilar», dedi».
Imom Buxoriy rivoyati.
Hishom ibn Urva otasidan rivoyat qiladi:
«Oishaga «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uylarida nimalar qilar edilar?» degan edim, «Kiyimlarini tikar, shippaklarini yamardilar, kishilar uyida qiladigan ishlarni qilaverar edilar», dedi».
Ahmad, Ibn Sa'd va Ibn Hibbon rivoyat qilishgan.
Imom Termiziy «Shamoyil»da Oisha roziyallohu anhodan quyidagi lafzda rivoyat qiladi: «U zot ham hamma kabi bir inson edilar. Kiyimlarini tozalardilar, qo‘ylarini sog‘ardilar, o‘z ishlarini o‘zlari qilar edilar».
Ha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qanchalar buyuk va muhim ishlar bilan band bo‘lishlariga qaramay, uy ishlarida ahli-oilalariga qarashib yuborar edilar.
Manba: islom.uz
Ka'baning yettita haqiqati
1. Ka'ba bir necha marta qayta ta'mirlangan. Ba'zi tarixchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, Ka'ba o‘n ikki bora qayta ta'mirlangan. Eng oxirgi ta'mirlash ishlari 1996 yilda amalga oshirilgan.
Islom – tinchlik dini
Bugun biz shunday davrda yashayapmizki “falon kishi koinotda yashash uchun joy buyurtma qilibdi, falon kompaniya u nomdagi eng yuqori texnologiyalarga ega mahsulotini taqdimot qilibdi, bunisi quyosh nuri bilan harakatlanadigan uchar mashina ishlab chiqibdi”, desa hech kim ajablanmay qo‘ydi.
MUSULMONNING EKKANI SADAQA
Alloh taolo bizga yerni makon qildi va turli xil nematlar ato etdi. Buning uchun Uning O‘ziga hamdu sanolar bo‘lsin.
Moturidiylik ta'limotida iymon masalasi (1-maqola)
Iymon masalasiga tarixda turli oqimlar tomonidan turlicha yondashilgan. Sunniylik yo‘nalishi olimlari tomonidan ushbu oqimlar qarashlarining illatlari ko‘rsatib berlishi bilan birga o‘zaro juz'iy maslalarda unga ta'rif berish va uninng shartlarini bayon etishda ixtilof qilganlar. Umuman ushbu ixtiloflar asosida kishining mo‘min yoki mo‘min emaslgi, unga iymon nomini mansub qilish yoki mansub qilmaslik masalasi kabilar yuzaga kelgan.
Zahiriddin Muhammad Boburning ichkilikka qarshi farmoni
“Bu orzu va bu osoyishtalik to‘la-to‘ks oxiriga yetgandan keyin, olam bo‘ysunishi lozim bo‘lgan farmon ijro sharafiga erishdiki, tinch saqlangan mamlakatda (xudo ofat va xavflardan omon qilsin) mutlaqo hech bir kishi ichkilik ichishga urinmasin, uni hosil qilishga tirishmasin, ichkilik yasamasin, sotmasin va olmasin, o‘zida saqlamasin, eltmasin va keltirmasin: Ichkilikdan qochinglar, shoyadki najot topsanglar.
... Podshohning mehribonligiga sig‘ingan turk, tojik, arab, ajam, hindi, forsiy fuqaro va sipoh – butun millatlar, hamma inson toifalari bu mangu baxshishga suyanib, umid tutib, abadiylikka birikkan davlatimiz duosiga mashg‘ul bo‘lsinlar va bu hukmlar ijrosidan tashqari chiqmasinlar va burilmasinlar, farmonga muvofiq ish olib borsinlar.
Bu hukm ulug‘ podshoh imzosi bilan yetishsa, e'timod qilsinlar.
Amri oliy bilan 932 yil 24 jumadul-avvalda yozildi”.
«Nega duolar ijobat bo‘lmayapti?»
Ibrohim ibn Adham rohimahulloh Basra bozorlarining biridan o‘tib ketayotganlarida, insonlar u kishi oldiga toplandilar va "Ey Is'hoqning otasi! Aytingchi, nechuk duolarimiz mustajob bo‘lmayabdi?", deb so‘radilar. U kishi:
- Chunki, qalbingiz 10 narsa sababli o‘lib bo‘ldi! dedi.
Ular: Nimalar ekan-u? deya so‘radilar.
Shunda Ibrohim ibn Adham javob berdi:
- Sizlar Allohni tanidingiz, biroq Uning haqlarini ado etmadingiz!
- Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasalmni yaxshi ko‘rishinglarni idd!o qildinglar, biroq sunnatini tark qilib qo‘ydinglar.
- Qur'onni o‘rgandinglar, biroq unga amal qilmadingiz!
- Allohning ne'matlaridan bahramand bo‘ldingiz, ammo shukr keltirmadingiz!
- Shaytonni esa dushmaningiz ekanini aytdingz-u, uni vasvaslariga muvofiq bo‘laverdingiz!
- Jannatni haq ekanini aytdingiz, lekin unga yetishish uchun amal qilmadingiz!
- Do‘zahni ham haqligini aytib, undan qochmadingiz!
- O‘limni haq ekanini ayta turib, unga tayorgarlik qilmadingiz!
- Uyqudan turib-la, insonlarning ayblari bilan mashg‘ul bo‘lib, o‘zingizning ayblaringizni tashlab qo‘ydingiz!
- O‘liklaringizni ko‘mdingiz, ammo ibrat olmadingiz!..
Qudratulloh Ahmad
Manba: Azon.uz
ALLOH TAOLO YOYOLLARGA YAXSHILIK QILISHNI BUYURDI
Rasululoh sollallohu alayhi vasallamning “Vidolashuv haji”da sahobiylarga qarata ayollar haqida quyidagicha vasiyat qilgan edilar: “Ayollar borasida Allohdan qo‘rqinglar. Chunki sizlar Allohning omonati ila ularni qo‘lga kiritdingiz va Allohning kalimasi bilan ularning farjlarini o‘zlaringizga halol qilib oldingiz” (Buxoriy rivoyati). Dunyoning yarmiga hukmronlik qilgan Sohibqiron Amir Temur tuzuklarida "Ayollarga imkon qadar iliq muomalada bo‘lishga harakat qildim" deb yozgan edi. Demak, shunday ulug‘ zotlar ayollarni e'zozlagan ekan, bugungi kunda ayollarga past nazar bilan qarab, ularga zo‘ravonlik qilayotgan erkaklar qayerdan paydo bo‘lyapti? Bunday kishilarni kim deb atash mumkin? Yana hadislarga murojaat qilamiz.
Aqidaviy va fiqhiy mazhablar
Umumislomiy masalalarda mazhablar o‘rtasida katta farqlar uchramasa-da, xususiy hollarda ular o‘rtasida muayyan tafovutlar va o‘ziga xos xususiyatlar uchraydi.
Har bir ishdan hikmat izlamoq darkor
Bir qishloqda kambag‘al chol yashagan ekan. Uning bisotidagi yakkayu-yagona chopqir otiga hatto podshohlar ham havas qilishar ekan. Oti uchun juda ko‘p pul taklif qilishsa ham u sotmas edi. Chol: “Bu menga nafaqat ot, balki do‘stim. Do‘stni qanday sotaman?", - der ekan.
Sabrning tagi – OLTIN
Sayohatga chiqqan maktab o‘quvchilari ortga qaytayotganida ularning ichidan bir qiz yo‘ldan adashishi oqibatida avtobusga vaqtida yetib kela olmay, qolib ketdi. Nima qilarini bilmagan qiz, eng yaqin uyga borib, eshikni qoqdi. Ichkaridan chiqqan yigit eshik oldida turgan qizni ko‘rib bir oz ajablangan holda undan “kim siz?” deb so‘radi. Qiz o‘zini talaba ekanligini, bu yerga maktab o‘quvchilari bilan birga avtobusda kelganini, ular bilmasdan qizni qoldirib ketishganni va ortga qaytish yo‘lini bilmasligini birma-bir aytib berdi. Yigit qizga “bu yer bir tashlandiq qishloq, siz bora olmayotgan shaharcha janub tarafda, siz esa shimol tarafdasiz. Bu yerda hech kim yashamaydi. Keling bu kechani shu yerda o‘tkazing, erta tong bilan sizni shaharchangizga eltib qo‘yaman”, dedi.
Dinu Davlat Homiysi
“… Bu ulug‘ amir dinu davlat homiysi, shariat hamda millatning pushti panohidir”
Davlatshoh Samarqandiy.
Buyuk o‘zbek shoiri mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy 1441 yil 2 fevral kuni Hirotda tavallud topgan. Alisher Navoiy 4 yoshida maktabga borib, tez savod chiqarib, turkiy va forsiy tildagi she'rlarni o‘qib, yod ola boshlagan. O‘zbek tili bilan bir qatorda forsiy, arab tillarini ham mukammal egallagan. Alisher Navoiy she'riyatga g‘oyat qiziqib, Sharq adabiyotini qunt bilan o‘rgandi. Oila muhiti bolaligidayoq unda adabiyotga zo‘r havas tug‘dirgan edi.




















