Harom luqmada halovat yo‘q
Qadim zamonda Abdusalom degan bir halol inson o‘tgan ekan. Uning yakka-yu yagona farzandi bo‘lib, uni juda yaxshi ko‘rar, yeru-ko‘kka ishonmas ekan. Kunlar, yillar o‘tib bola katta pahlavon yigit bo‘lib voyaga yetibdi.
Kunlarning birida u otasiga maslahat solibdi:
Kimki fitnaga aralashsa, halokatga uchraydi!
Tarixdan ma'lumki, hamma davrda ham davlatning rivojlanishi jamiyatning osoyishta hayot kechirishiga bog‘liq bo‘lgan. Tinchlik – barcha millat va elatlar qatorida o‘zbek xalqining ham asrab-avaylaydigan eng oliy qadriyatlaridan hisoblanadi. Qur'oni karimdagi 50 dan ziyod suradagi yuzlab oyatlarda insonlarni mo‘min-qobillik, tinchlikparvarlik va bag‘rikenglikka chaqirilgan.
IBRATLI VOQEA
Bir kuni Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu qimmatbaho sovutini yo‘qotib qo‘ydi. Kufa bozorini aylanib yurganda uni bir zimmiyning qo‘lida ko‘rib:
- Bu mening sovutim-ku. Falon kuni, falon joyda tuyamdan tushib qolibdi,-dedi.
- Yo‘q, sovut meniki. Chunki mening qo‘limda turibdi.
- Yo‘q, meniki. Boshqa gap yo‘q, uni birovga sotma, hech kimga berma.
- Keling, yaxshisi qoziga boramiz,-dedi shunda zimmiy.
Bir hadis tufayli hayoti tubdan o‘zgarib ketgan aktrisa
Madiha Kamel o‘z davrida nafaqat Misrning, balki butun arab kinosining eng yorqin yulduzlaridan biri edi. Ammo bir hadisni eshitgach, u hayotini tubdan o‘zgartirishga qaror qilgan.
Moturidiylik ta'limotida iymon masalasi (3-maqola)
Moturidiylik ta'limotining yirik namoyandasi bo‘lmish Abul-Mu'in Nasafiy ham imon masalasiga xuddi shu kabi uslubda yondashgan. Ya'ni u “iymon” so‘zining ma'nosi arab tilida “tasdiqlash” ekanini zikr etib, so‘ng uning ma'nosiga amalni kiritganlarga qarata shunday deydi: “Agar har bir so‘zni lug‘aviy ma'nosidan boshqa ma'noga naql etilaversa, unda Qur'on va sunnada ko‘p so‘zlarni boshqa ma'nolarga naql etish mumkin bo‘lib, ma'nolar buzilib ketardi”. Shuningdek, alloma “Bahrul-kalom” nomli asarida amalning imon shartiga kirmasligiga quyidagi “Ibrohim” surasi 31-oyatini dalil sifatida keltiradi:
Maqsadimiz: Jaholatga qarshi – ma'rifat
Imoni butun, ruhi pok, irodasi baquvvat, vijdoni uyg‘oq odamni aslo yengib bo‘lmaydi. Ana shunday fazilatlarga ega butun bir xalqning qudratini tasavvur etish qiyinmas. Bugun bizni turli axborot vositalari, xususan, internet saytlarining xavfi, “ommaviy madaniyat”ning salbiy oqibatlari ko‘proq tashvishga solmoqda.
Mahmud az-Zamaxshariy hayotiga bir nazar
Yurtimizning turli hududlaridan minglab olim-u ulamolar yetishib chiqganligi hech kimga sir emas. Shunday ulamolardan biri Mahmud az-Zamaxshariy hozirgi Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida (hijriy 476-yil 27-rajab oyida, milodiy 1075-yil 19-martida) Xorazimning yirik qishloqlaridan biri Zamaxsharda tug‘ilgan. U kishining to‘liq ismi Abulqosim Mahmud ibn Umar ibn Muhammaddir.
“Sen xotiningga xiyonat qilsang, u senga xiyonat qilmaydimi?””
Bu oltmishlar atrofidagi odamni anchadan beri taniyman. Ko‘rsa o‘zini ko‘rmaganga solib oladi. Men bilan salomlashmaydiyam, gaplashmaydiyam, aniqrog‘i gaplasholmaydi.
Chunki...
Yer yuzida buzg‘unchilik qilishdan saqlanish
Yer yuzida buzg‘unchilik, fisqu fasodning turi ko‘p. Har bir turi uchun Alloh taolo alohida jazo tayin qilgan. Janob Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bunday deganlar: “Qaysi bir qavm savdoda o‘lchov va tarozidan urib qolsa, Alloh azza va jalla ularga yomg‘irni to‘xtatib qo‘yadi. Qaysi qavm zinoni ochiqchasiga qilar ekan, ular orasida o‘lim ko‘payadi, qaysi qavmda ribo avj olsa, ular tepasiga aqlsiz kimsani hokim qiladi, qaysi qavm ichida qotillik ko‘paysa, Alloh ular ustiga dushmanlarini hukmdor qilib keltiradi. Qaysi qavm ichida bachchabozlik zohir bo‘lsa, ularni Yer yutib yuboradi. Qaysi qavm amri ma'ruf va nahyi munkarni tark etsa, ularning amallari va duolari qabul bo‘lmaydi”.
Moturidiylik ta'limotida iymon masalasi (2-maqola)
Imom Moturidiiy va moturidiylik yo‘nalishi ulamolari hanafiylik an'analariga mos tarzda, balki aqidaviy ta'limotni yanada rivojlantirib, har tomonlama mukammal tarzda o‘z davrlarida yuzaga kelgan masalalarga javaob berganlar. Jumladan, ular yuqorida zikr etilgan iymon va boshqa aqidaviy masalalarni Qur'on va sunnaga mos tarzda yechib, jumladan, iymon shartiga amalning kirmasligi, uning ziyoda va noqis bo‘lmasligini dalillar bilan doimo ta'kidlab keldilar. Chunki, qaysi bir yurtimizda yetishib chiqqan soha olimlarining asarlarini olsak, aynan ushbu masala bo‘yicha yakdil qarash, ya'ni iymon bu – qalb tasdig‘i va til iqrori ekanligi hamda u ziyoda va noqis bo‘lmasligi, har bir qalbida iymoni bor kishi komil iymon sohibi ekanligi, amal esa iymondan tashqari narsaligi ta'kidlangan.
Farzand tarbiyasida odob-axloqning o‘rni
Ma'lumki har bir ota-ona farzandini barkamol bo‘lib voyaga yetishini chin dildan xohlaydi va bu borada barcha mashaqqat va qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun hayotini baxsh etadi. Farzandlarini sog‘lom bo‘lib o‘sishga, ularning ta'lim-tarbiyasiga ahamiyat qaratadi, ularni kelajagi porloq, solih insonlar bo‘lib voyaga yetishi uchun bor kuch va imkoniyattlarini sarf qiladi. Zero, yoshlar yurtning kelajagidir. Kelajak to‘g‘risida qayg‘urmaslik, kelajak ummat to‘g‘risida o‘ylamaslik yurtning kelajagiga beparvo bo‘lishlikdir.
Mazhab desa, ensasi qotadiganlarga!
Xo‘p, mazhabda Abu Hanifa rahimahullohga ergashmas ekansan, “mazhab” so‘zini eshitsang, ensang qotar ekan.
“Qur'on va Sunnatga ergashaman” deb bor ovozing bilan baqirar ekansan.




















