«Nega duolar ijobat bo‘lmayapti?»
Ibrohim ibn Adham rohimahulloh Basra bozorlarining biridan o‘tib ketayotganlarida, insonlar u kishi oldiga toplandilar va "Ey Is'hoqning otasi! Aytingchi, nechuk duolarimiz mustajob bo‘lmayabdi?", deb so‘radilar. U kishi:
- Chunki, qalbingiz 10 narsa sababli o‘lib bo‘ldi! dedi.
Ular: Nimalar ekan-u? deya so‘radilar.
Shunda Ibrohim ibn Adham javob berdi:
- Sizlar Allohni tanidingiz, biroq Uning haqlarini ado etmadingiz!
- Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasalmni yaxshi ko‘rishinglarni idd!o qildinglar, biroq sunnatini tark qilib qo‘ydinglar.
- Qur'onni o‘rgandinglar, biroq unga amal qilmadingiz!
- Allohning ne'matlaridan bahramand bo‘ldingiz, ammo shukr keltirmadingiz!
- Shaytonni esa dushmaningiz ekanini aytdingz-u, uni vasvaslariga muvofiq bo‘laverdingiz!
- Jannatni haq ekanini aytdingiz, lekin unga yetishish uchun amal qilmadingiz!
- Do‘zahni ham haqligini aytib, undan qochmadingiz!
- O‘limni haq ekanini ayta turib, unga tayorgarlik qilmadingiz!
- Uyqudan turib-la, insonlarning ayblari bilan mashg‘ul bo‘lib, o‘zingizning ayblaringizni tashlab qo‘ydingiz!
- O‘liklaringizni ko‘mdingiz, ammo ibrat olmadingiz!..
Qudratulloh Ahmad
Manba: Azon.uz
Kiritilgan vaqti: 12/02/2020 17:32; Ko‘rilganligi: 1040
Chop etilgan vaqti: 14/09/2024 20:25