Haj amalini ado etish uchun barcha sharoitlar mujassam bo‘lishi lozim
Saudiya Arabistoni Podshohligi hukumati tomonidan “Haj-2020” mavsumi bo‘yicha qabul qilgan qarori Islomning eng oliy rukni, ibodatlarning afzali bo‘lgan Hajning joriy yil bexavf va bexatar o‘tishini ta'minlash yo‘lidagi birmuncha ayanchli, ammo to‘g‘ri qadam bo‘ldi. Qisqa qilib aytganda, ushbu qaror bu yil faqat Podshohlik hududida istiqomat qilayotgan odamlar uchungina ulug‘ ibodatni ado etish imkonini beradi.
Ota-onaning farzand oldidagi burchlari
Islomda har-bir shaxsning haq-huquqlari belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, farzandlarning huquqlariga alohida to‘xtalgan. Demak, farzandlarimizning qanday huquqlarri bor?
Vatanni sevmoq iymondandir !
Inson tug‘ilib o‘sgan joyi uning vatani bo‘ladi. Inson bu dunyoda hayot kechirar ekan o‘z vatani, oilasi, yaqinlariga bo‘lgan muhabbati jo‘sh urib turadi. Tarixdan bizga ma'lumki, ota bobolarimiz mana shunday Tinch, Faravon, ozod va obod vatanni qurish yo‘lida jon fido qilib o‘tishgan. Negaki vatanga bo‘lgan muhabbat ularni shu yo‘lda o‘z jonlarini fido qilishga chorlagan. Hech kim hech qachon o‘z diyorini dushmanga ravo ko‘rmaydi hattoki bir qarich yeri uchun ham o‘z jonini fido qiladi. Vatanga bo‘lgan muhabbat shunday hissiyotki uni tushuntirib berishga so‘z ojiz. Vatandan uzoqda bo‘lgan insonni qalbi doimo sog‘inchda, o‘z yurtiga qaytish armonida bo‘ladi. Tarixda bunday hodisalar juda ko‘plab yuz bergan. Bunga misol qilib, Hazrati Qusam ibn Abbos (r.a) ning vafotlaridan oldingi holatlarini keltirmoqchiman.
“TA'VILOTUL QUR'ON” ASARIGA YOZILGAN SHARH
Imom Moturidiyning mashhur “Ta'vilotul Qur'on” tafsiriga Samarqand zaminidan yetishib chiqqan yana bir buyuk olim Alouddin Samarqandiy sharh yozgan. “Sharhu Ta'vilotul Qur'on” deb nomlanuvchi bu asar moturidiylik ta'limotini chuqur anglashda juda muhim manba hisoblanadi.
Istig‘for o‘zi nima?
Istig‘for - ulamolar istilohida duo, tavba va boshqa toatlar ila gunohning mag‘firat qilinishini so‘rashdir. Amalda bandaning “Astag‘firulloh" va shu ma'nodagi kalimalarni tilida aytib, dili bilan tasdiqlashi istig‘fordir.Uni bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak tavba degani. Tavba esa bandani Allohga qaytishi degani. Bir gunohdan, yomon ishdan, yovuzlikdan qo‘lini tortish, tiyilish va ikkinchi bor bu ishga qaytmaslik deganidir.
Oxiratda darajam baland bo‘lsin desang, dunyoda amal qilib qol!
Odamlar bu dunyoni turli darajalarda bo‘lganlari kabi, oxiratda ham turli darajada bo‘ladilar. Oxiratda ular to‘rt qismga bo‘linadilar: halok bo‘luvchilar, azoblanuvchilar, najot topuvchilar va yutuqqa erishuvchilar.
Yoshlarimizni ongini zaharlaydigan yo‘ldan ogoh bo‘ling!
Butun olamlar Robbisi Alloh taolo O‘zining haq dinini butun olamlarga rahmat bo‘lgan payg‘ambari Muhammad sallollohu alayhi vasallamga yubordi. Bu din butun dunyoga tez fursatlar ichida tarqala boshladi, insonlar sekin-asta, ammo to‘p-to‘p, jamoa holida bu dinga kira boshladilar. Alloh taolo O‘zining muqaddas kitobi Qur'oni karimda bu haqda shunday deydi:
وَرَأَيْتَ النَّاسَ يَدْخُلُونَ فِي دِينِ اللَّهِ أَفْوَاجًا
“Va, siz insonlarni to‘p-to‘p bo‘lgan hollarida Allohning diniga kirayotganini ko‘rasiz”(Nasr surasi, 2-oyat).
Halollik - baraka manbayi
Alloh taolo inson zotini yer yuzida yashashini ixtiyor qildi va yashash uchun insonga behisob nematlarni ato qildi. Shu nematlar ichida inson uchun foydali bo‘lganlari va zarar yetkazadiganlari mavjud.
Husni xulq – mo‘minning axloqi
Dinimiz insonlarning baxt-saodatini ko‘zlagan adolatli dindir. Insonni jamiyatda go‘zal hayot kechirish uchun unga lozim bo‘lgan sifatlarni tavsiya etadi. O‘sha fazilatlar bilan xulqlanib jannatga kirishni taklif etadi. Darhaqiqat, jannatda ko‘zlar ko‘rmagan, quloqlar eshitmagan, hayollarga ham kelmagan, behisob, bitmas tuganmas, eskirmas, buzilmas, har luqmasi, har yutumi o‘zgacha lazzatlarga boy bo‘lgan turfa xil ne'matlar bor. Ana shu ne'matlar go‘zal axloq egalariga va'da qilingan. Ular jannatda abadiy, g‘am tashvishsiz hayotga erishgaylar, eng muhimi Haq subhanu va taoloning jamolini ko‘rishga muyassar bo‘lgaylar.
SALOMATLIK INSON BOYLIGIDIR
Alloh taolo bandalarini vaqti-vaqti bilan turli xastaliklar, salomatlikning yomonlashuvi bilan imtihon qilib turadi. Alloh taolo Quron karimda shunday bayon kilgan. “Albatta, Biz sizlarni bir oz qurqinch va ochlik bilan, mol-mulkga, jonga, mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga bashorat ber. Ular musibat yetganda "Albatta biz Allohnikimiz va albatta biz unga qaytuvchimiz " dedilar. Ana o‘shalarga robbilaridan salovatlar va rahmat bor”.(Bakara surasi 155-156-oyatlar.)
Mumtoz tasavvuf va zamonaviy tariqatchilik (7-davomi)
Movarounnahr tasavvufi musulmon mamalakatlari ijtimoiy-ma'naviy hayotiga chuqur kirib borgan, fan, madaniyat, va adabiyot rivojiga katta ijobiy ta'sir ko‘rsatganini mutaxassislar ham qayd etganlar. Tasavvufiy qarashlarning yaxlit ta'limotiga aylanib, islom o‘lkalariga keng yoyilishi va kishilar hayotida muhim voqelikka aylanishida movarounnahrlik Hakim Termiziy, Abu Bakr Kalobodiy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Muhammad Porso, Ya'qub Charxiy, So‘fi Ollohyor va boshqa tasavvuf olimlarining arab, fors va turkiy tillarda bitgan asarlari islom olamida hozirga qadar e'zozlanadi. Shuni alohida qayd etish zarurki, o‘rta asrlarda eng keng tarqalgan uch til – arab, fors, va turkiyda asarlar bita olish malakasi asosan Movarounnahr ulamolarida shakillangan. Zero, mintaqa aholisining talab va ehtiyoji ham aynan shuni taqozo qilgan edi.




















