Xabarlar

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Qozog‘iston va Ukraina muftiylarini qabul qildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro anjuman doirasida ushbu anjumanga tashrif buyurgan Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘an o‘g‘li va Ukraina davlati muftiysi Ahmad Tamim hazratlarini qabul qildi.

Qabul jarayonida Qozog‘iston va Ukraina Respubliklarining muftiylari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ushbu ilmiy anjuman orqali qardosh xalqlarning o‘zaro do‘stlik va birdamlik rishtalari yanada mustahkamlanishini ta'kidlab, ilmiy, uslubiy va birdamlik yo‘llarida hamkorlik munosabatlarini davom ettirishga kelishib olindi.

Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘an o‘g‘li O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlariga qabul uchun minnatdorchilik izhor etib, do‘stlik ramzi sifati qozoq xalqining milliy liboslarini muftiy hazratlariga tuhfa qildi.

Elatib o‘tamiz, bugun  “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro anjuman yalpi yig‘ilishi o‘z ishini boshlaydi.

 

Ahmad Muhammad Tayyib boshchiligidagi delagatsiya Samarqandga yetib keldi

“Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidaga xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun dunyoning turli mamlakatlaridan ko‘zga ko‘ringan moturidiyshunos ulamolar, nufuzli ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlarining rahbarlari Samarqand shahriga tashrif buyurmoqdalar. Hozir Misr Bosh imomi, Al-Azhar majmuasi rahbari shayx Ahmad Muhammad Tayyib boshchiligidagi delagatsiya Samarqand xalqaro aeroportida kutib olindi.  

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborot xizmati

 

Qozog‘iston delegatsiya Samarqandga yetib keldi

Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiy ta'limotiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy -amaliy konferensiyada qatnashish uchun mehmonlar tashrifi boshlandi. Bugun Toshkent shahriga yetib kelgan Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘an o‘g‘li boshchiligidagi delegatsiya kunning ikkinchi yarmida Samarqand shahriga yetib kelishdi.

 

Muftiy hazratlari va rahbarlar Imom Buxoriy majmuasida bo‘ldilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining din masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi R. Qosimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlar bo‘yicha qo‘mita raisi A.Ahmedov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari 3-5 mart kunlari Samarqandda “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusida xalqaro anjumanining sho‘ba yig‘ilishlari bo‘lib o‘tadigan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Hadis ilmi maktabida bo‘ldilar. Tashrif jarayonida dastlab Imom Buxoriy hazratlarining qabrlari ziyorat qilinib, tilovat va duolar qilindi.

 

Xalqaro anjumanga mehmonlar tashrifi boshlandi

Xabaringiz bor, buyuk mutafakkir, kalom ilmining asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiy tavalludining 1150 yilligi munosabati bilan joriy yil 3-5 mart kunlari Samarqandda “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu anjuman O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Misrning al-Ahzar majmuasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

 

“Jo‘sh ota” masjidi ta'mirdan so‘ng foydalanishga topshirildi

Uzoq Qo‘shrabot tumanining “Jo‘sh” qishlog‘i 2019 yil “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan edi. Dastur asosida ko‘plab qishloqlar obod bo‘ldi. Yo‘llarga asfalt yotqizildi. Bog‘cha, maktab, qishloq vrachlik punktlari, shifoxonalar, savdo shahbchalari, dam olish maskanlari, mahalla maskanlari qurildi. Shuningdek, qishloqdagi muqaddas qadamjo – XII asrga oid Jo‘sh ota masjidi va ziyoratgohida ham obodonlashtirish, qurilish ishlari olib borildi. O‘tgan bir yil mobaynida masjid va maqbara binosi to‘liq rekonstruksiya qilindi. Majmua atrofida tahoratxona, ziyoratchilar dam olish maskani va boshqa maishiy xonalar bunyod etildi, atrof bog‘ga aylantirildi. Ushbu xayrli ishga viloyat, tuman hokimliklari keng ko‘lamda yordam ko‘rsatdilar. O‘zlarining xayr-saxvati bilan ko‘mak bergan homiylar va doimiy hasharda ishtirok etgan aholi vakillari ham bu savobli ishdan chetda qolmadilar.

 

Mehr-muruvvat dinimiz ardoqlagan amal

Muqaddas Islom dinimizda jamiyatning har bir a'zosiga alohida e'tibor bilan munosabatda bo‘linadi. Zero, xoh kichik, xoh katta bo‘lsin, har bir inson hurmat-ehtiromga loyiqdir. Ma'lumki, har qanday jamiyatda turli tabaqa vakillari mavjud. Ular ichida o‘zgalar tomonidan e'tibor, mehr-muruvvatga muhtoj toifalar bo‘lib, ularning haqlari haqdorlarning zimmasida bo‘ladi. Urgut tumanida joylashgan muruvvat uyida istiqomat qilayotgan shaxslarning holidan xabar olish, ularga ehsonlar ulashish Urgut tuman imom-xatiblariinng doimiy odatlaridandir. Tuman bosh imom xatibi Sh.Haqberdiyev ham muruvvat uyiga homiylarni jalb qilgan holda 2500000 so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatib, ularning ko‘ngillariga surur baxsh etdi. Alloh taolo muhtojlarga yordam ko‘rsatganlarga O‘zi madadkor bo‘ladi, inshaalloh!

 

BUYUK FAQIH

Imom Majduddin al-Ustrushaniy tavalludining 840 yilligiga

O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti. Imom Buxoriy, al-Xorazmiy, at-Termiziy, al-Beruniy, Ibn Sino, Marg‘inoniy, Moturidiy, Zamaxshariy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Zangiota, Nasafiy, Qaffol Shoshiy singari ulug‘ siymolarimizni bugun dunyo taniydi, tan oladi. Ularning bebaho asarlari jahonning yirik universitetlari darsliklariga kiritilgan. Ilmiy-ma'naviy merosiga qiziqish yildan-yilga oshib bormoqda. 

 

Urgut tumanida imom-xatiblarning sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xabar berganimizdek bugun, 25 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi navbatdagi yig‘ilishni sayyor tarzida Urgut tumanida o‘tkazishini rejalashtirgan edi. Ushbu sayyor yig‘ilishga viloyatdagi barcha shahar va tuman bosh imom-xatiblari, Urgut tumanida faoliyat yuritayotgan 61 ta masjid imom-xatib va imom noiblari jalb etildi.

 

Urgut tumanida sayyor yig‘ilish o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi navbatdagi yig‘ilishini sayyor tarzida bugun, 25 fevral kuni Urgut tumanida o‘tkazishni rejalashtirgan. Ushbu sayyor yig‘ilishga viloyatdagi barcha shahar va tuman bosh imom-xatiblari, tajribali, notiq imom-xatiblar jalb etildi.

Dastlab imom-xatiblar guruhlarga bo‘lingan holda Urgut tumanida joylashgan masjidlarga tarqaldilar. Ko‘zlangan maqsad, masjid faoliyati bilan tanishish, ta'lim maskanlari, mahalla va korxonalarda bo‘lib, aholi bilan uchrashish, joylardagi qabriston, bozorlar faoliyati bilan tanishish edi. Hozirgi daqiqagacha ko‘zda tutilgan barcha ishlar amalga oshirildi. Kuzatuvchi tarzida tashrif buyurgan imom-xatiblar joylardagi masjidlarda peshin namozini ado etib, jamoat bilan hozirgi islohotlar, shukronalik fazilati kabi mavzularda suhbatlar uyushtirdi.

 

Umraning fazilatlari bisyor

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollalohu alayhi va sallam aytdilar: — “Kim mana bu Baytulloh – Ka'batullohni yetti bor sanab tavof qilsa va (tavofdan keyin) ikki raka'at namoz o‘qisa, bir qulni ozod qilgandek (savobga erishgan) bo‘ladi. Uning har bir bosgan va ko‘targan qadami sababli Olloh undan bir gunohni kechirib, u sababli unga bir yaxshilik – savob yozadi”. (Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja, Hokim rivoyatlari).

         Darhaqiqat, Umrada savob ko‘p. Uni ado etishda sunnatda belgilangan odob va tartibiga rioya qilinsa hadisi shariflarda bashorati berilgan savoblarga kishi doxil bo‘ladi. Hozirgi kecha-kunduzda Samarqand viloyatidan borgan 244 nafar ziyoratchilarimiz Makka shahrida bo‘lib, ziyorat va ibodatlarini ado etmoqda. Ularga besh nafar tajribali, salohiyatli imom-xatiblarimiz rahbar sifatida ibodatlarini mukammal bo‘lishi, muammo va qiyinchiliklarga duch kelmasliklari uchun sa'y harakat qilmoqda. O‘zlarining ma'ruza va ko‘rsatmalari bilan ziyoratchilarga Umra ibodatining shartlari, odob va tartiblari, muqaddas maskanlarning tarixi kabi mavzularda tushunchalar berib bormoqda.

 

Qo‘shrabot tuman “Domla Kamoliddin Oxun” jome masjidi obodonlashtiriladi

Qo‘shrabot tumanida joylashgan “Domla Kamoliddin Oxun” jome masjidi va Domla Kamoliddin hazratlarining maqbarasini ta'mirlash, atrof hududni obodonlashtirish ishlari rejalashtirilgani haqida xabar bergan edik. Samarqand viloyat hokimi E.Turdimov, viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov va mutaxassis hamda mas'ullar 23 fevral kuni mazkur maskanda bo‘ldilar. Mehmonlar dastlab  Kamoliddin Oxun hazratlarining qabrlarini ziyorat qilib, Qur'oni karim tilovati va duolar qilindi. Shundan so‘ng mahalliy aholi vakillari, nuroniy otaxon va namozxonlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu maskanni obod etish uchun tayyorlangan loyiha bilan tanishuv bo‘lib, mutasaddilarga bu borada viloyat hokimi tomonidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

 

Chekka hudularga tashrif

O‘MI  Samarqand viloyati vakilligi rejasiiga binoan notiq, tajribali imom-xatiblar viloyatimizning chekka hududlaridagi jome masjidlarga borib Juma nomozini ado etish va nomozxonlar bilan suhbat o‘tkazish belgilangan.

 

Viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari X.Sattarov maktabgacha ta'lim muassasasida bo‘ldi

Samarqand viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari X.Sattarov bugun, 20 fevral kuni Jomboy tuman “Eski Jomboy” mahallasida joylashgan “Yulduzcha” nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida bo‘ldi. Bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, ularga esdalik sovg‘alari ulashildi. Shundan so‘ng ushbu ishga bosh-qosh bo‘layotgan mutasaddilar, tarbiyachi va xodimlar bilan suhbatlashib, bola tarbiyasidagi mas'uliyat haqida so‘z yuritdi hamda farzandlarimizning salohiyatli, ilm va diyonatli, kelajkada xalqi va diniga manfaatli farzandlar bo‘lib voyaga yetishlarini tilab duoi xayrlar qildi.  

 

Allohga eng sevimli inson, odamlarga ko‘p manfaati tegadigan kishidir

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Mo‘min misoli maysaga o‘xshaydi. Uni shamol doimo u yoq-bu yoqqa egib turadi. Mo‘minga doimo balo yetib turadi. Kofir misoli Arz daraxtiga o‘xshaydi. Qimirlamay turib, birdan tomiridan qo‘poriladi”, dedilar”. Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilishgan.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing