Sihohi sitta. 3-qism. Imom Abu Dovud
Ulamolarning bu zot to‘g‘risida ta'riflari:
Amr ibn Ali Bog‘oliy: “Duosi ijobat bo‘luvchi kishilardan edilar”, deb aytadi.
Muhammad ibn Sa'ad Zuhariy: “Bu zot obid, taqvoli, fozil, solih, pok kishilardan edilar”, deb aytadi.
Abu Hotim ar-Roziy: “Bu zotdek tazarru'li va bu kishidek hujjati ishonchli kishini ko‘rmaganman”, degan.
Olimning “Sunan” kitobi haqida g‘oyatda maqtov fikrlar bildirishgan:
Zakariyo Soniy: “Qur'on Islomning asli, “Sunani Abu Dovud” Islomning ahdi”, deganlar.
Xattobiy: “Bu kitob ikkita sahih kitobdan ko‘ra faqihroq, hadis ilmida buning singari kitob tasnif etilmagan”, aytadi.
50000 hadis rivoyat qilib, undan 4800 ta sahih hadisni “Sunan” kitobiga kiritgan muhaddis Imom Abu Dovud:
U zot Sulaymon ibn Ash'as ibn Shaddod ibn Amr ibn Is'hoq ibn Bashir Azdiy Sijistoniy Abu Dovud.
O‘z asrida hadis ahlining imomi. Hadis ilmida «Sunan» kitobining muallifi. Bu kitob olti mo‘tabar kitobning biri.
202 yil Basrada tug‘ildi. Bag‘dodga safar qildi. Imom Ahmad ibn Hanbalni lozim tutib fikh ilmini ta'lim oldi. U kishiga o‘xshar edi. Hijoz, Iroq, Xuroson, Shom, Misr kabi diyorlarga bordi. U kishidan Nasoiy, Tirmiziy va boshkalar hadis rivoyat qildi. Solihlik va ibodatdan oliy darajada edilar. «Sunan» kitobida 5000 ga yaqin hadis jamladi.
Amir Abu Ahmad Talha (al Muvaffaq Abbosiy) undan uch narsani talab kildi.
Biri: Basraga ko‘chib uni vatan tutsin, toki, ilm toliblari u kishiga kelsin, shahar u kishi bilan obod bo‘lsin.
Ikkinchisi: farzandlariga «Sunan»ni rivoyat kilsin.
Uchinchisi: farzandlariga alohida xos majlis qilsin. Chunki xulofalar farzandlari omma bilan o‘tirmaydilar.
Abu Dovud unga dedi: «Birinchisiga «xo‘p», ikkinchisiga «xo‘p», ammo uchinchisiga yo‘l yo‘q. Chunki odamlar ilm olishda tengdirlar». Shu bois Muvaffaq Abbosiyning farzandlari ilm majlisida hozir bo‘lib o‘tirardilar. Ular bilan omma o‘rtasida parda to‘silar edi.
Basrada o‘rnashib qoldilar va shu yerda hijriy 275 yil 73 yoshda vafot etdilar. U kishini Alloh rahmat qilsin.
O‘MI Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari, Xayrulloh Sattarov tayyorladi.
"Sihohi sitta" turkumidagi maqolalar
Sihohi sitta. 1-qism. Imom Buxoriy
Sihohi sitta. 2-qism. Imom Muslim
Sihohi sitta. 3-qism. Imom Abu Dovud
Sihohi sitta. 4-qism. Imom Termiziy
Kiritilgan vaqti: 28/07/2019 08:55; Ko‘rilganligi: 3597
Chop etilgan vaqti: 07/10/2024 09:50