O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov Ishtixon tumanidagi "Eshon Temirxon to‘ra" jome masjidida jamoatga ma'ruza qildilar

 
 

Samarqand viloyati bosh imom-xatibi A.Alimov Ramazon oyining ulug‘ fazilatlaridan foydalanish maqsadida Ishtixon tumani "Eshon Temirxon to‘ra" jome masjidiga tashrif buyurib, taroveh namozidan oldin jamoatga "Dinimizda o‘zaro yordamning fazilati" mavzusida ma'ruza qildi. Shuningdek, insonlar orasida mehr-oqibat, hamjihatlik va bir-biriga yordam berishning ulug‘ savoblari haqida so‘z yuritdilar.

Suhbat davomida musulmonlar o‘rtasida birdamlikni mustahkamlash va muhtojlarga ko‘mak berishning ahamiyati ta'kidlandi. Ma'ruzadan so‘ng jamoat bilan birga taroveh namozi ado etdilar.


Kiritilgan vaqti: 04/03/2025 13:03;   Ko‘rilganligi: 122
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-viloyati-bosh-imom-xatibi-ahmadxon-domla-alimov-ishtixon-tumanidagi-eshon-temirxon-tora-jome-masjidida-jamoatga-maruza-qildilar
Chop etilgan vaqti: 26/04/2025 00:19
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing