HOJILAR HAMKORIMIZ
Vazilar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi «Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 1031-sonli qaroriga asosan hajga borishga nomzodlar mahalla fuqarolar yig‘ini miqyosida alohida tartib bilan saralanmoqda.
Tuman bosh imomi, masjid imom xatiblari, mahalla raisi, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi, profilaktika inspektori, Xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi vakillaridan iborat ishchi guruhi tomonidan suhbatdan o‘tkazilib, munosib deb topilganlar Hajga boradigan zayoratchi sifatida navbatga qo‘yilmoqda.
Viloyatimizda suhbatdan o‘tib, Hajga boradigan zayoratchi sifatida navbatga qo‘yilgan bo‘lajak hoji ota va hoji onalar, hududdagi masjid imom xatibi va mahalla raisining hamkorligi yo‘lga qo‘yilmoqda. Hamkorlikdan mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, yo‘ldan adashganlarni sog‘lom turmush tarziga qaytarish, ularning ijtimoiy moslashuviga yordam berish ishlarida birigalikda harakat qilish ko‘zda tutilgan.
Viloyat bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov joylarda ushbu uchlik ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazib kelmoqda. Uchrashuvlarda ishni to‘g‘ri tashkil etish, faoliyatni muvofiqlashtirgan holda olib borish bilan ko‘zlangan ijobiy natijalarga erishish yo‘llari bo‘yicha tushunchalar berilmoqda.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 10/03/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 1950
Chop etilgan vaqti: 11/10/2024 16:23