O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Samarqand viloyati imom xatiblari o‘zlari ta'lim olgan o‘quv muassasalariga kitoblar sovg‘a qilmoqdalar

 
 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning joriy yil 19 mart kuni yoshlarga e'tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta'minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida navqiron avlod o‘rtasida kitobga mehrni uyg‘otish tashabbusi ilgari surilgan edi. Ushbu tashabbusni qo‘llab quvvatlash maqsadida Samarqand viloyati bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov o‘zi tahsil olgan Urgut tumanidagi 54-umumta'lim maktabiga shaxsiy kitobalridan 13 dona sovg‘a qildi. Viloyatdagi barcha imom xatiblari ham ta'lim muassasalari, xususan, o‘zlari o‘qigan maktablar kutubxonasiga shaxsiy javonidan kitoblar sovg‘a qilmoqdalar.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 28/03/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1445
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/samarqand-viloyati-imom-xatiblari-ozlari-talim-olgan-oquv-muassasalariga-kitoblar-sovga-qilmoqdalar
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 17:56
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing