Insonparvarlik va muruvvat ulug‘ fazilat
Xayr-saxovat, insonparvarlik va muruvvat xalqimizga xos ulug‘ an'ana. Ayniqsa, ko‘ngli o‘ksik insonlarga mehr ko‘rsatish, qalbini quvonchga to‘ldirish savobi ulkan amallar sirasiga kiradi.
Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Musulmon musulmonning birodaridir. Unga zulm ham qilmaydi, uni tashlab ham qo‘ymaydi. Kim birodarining hojatini ravo qilsa, Alloh uning hojatini ravo qiladi. Kim bir musulmonning tashvishni aritsa, Alloh uning Qiyomat kunidagi tashvishlaridan birini aritadi. Kim bir musulmonning aybini berkitsa, Alloh Qiyomat kunida uning aybini berkitadi”, dedilar”.
Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi hamda “VAQF” xayriya jamoat fondining Samarqand viloyati filiali hamkorlikda homiylarni jalb qilgan holda Samarqand veterinariya meditsinasi instituti 4-bosqich talabasi 1-guruh nogironi Safarova Barchinoyga nogironlik aravachasi taqdim qildilar.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 25/02/2019 00:00; Ko‘rilganligi: 1643
Chop etilgan vaqti: 11/10/2024 17:40