Qo‘shrabot tuman “Domla Kamoliddin Oxun” jome masjidi obodonlashtiriladi
Qo‘shrabot tumanida joylashgan “Domla Kamoliddin Oxun” jome masjidi va Domla Kamoliddin hazratlarining maqbarasini ta'mirlash, atrof hududni obodonlashtirish ishlari rejalashtirilgani haqida xabar bergan edik. Samarqand viloyat hokimi E.Turdimov, viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov va mutaxassis hamda mas'ullar 23 fevral kuni mazkur maskanda bo‘ldilar. Mehmonlar dastlab Kamoliddin Oxun hazratlarining qabrlarini ziyorat qilib, Qur'oni karim tilovati va duolar qilindi. Shundan so‘ng mahalliy aholi vakillari, nuroniy otaxon va namozxonlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu maskanni obod etish uchun tayyorlangan loyiha bilan tanishuv bo‘lib, mutasaddilarga bu borada viloyat hokimi tomonidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Doimo ogoh va hushyor bo‘laylik
Mustaqil fikrlaydigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, qat'iy hayotiy e'tiqod va qarashlarga ega bo‘lgan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta'sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan “Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusidagi ma'rifiy uchrashuv va tadbirlar Oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarida o‘tkazilmoqda.
Chekka hudularga tashrif
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi rejasiiga binoan notiq, tajribali imom-xatiblar viloyatimizning chekka hududlaridagi jome masjidlarga borib Juma nomozini ado etish va nomozxonlar bilan suhbat o‘tkazish belgilangan.
Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid
Joriy yilning 20-fevral kunida Samarqand davlat chet tillar institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2020-yil 17-fevraldagi 87-06-133-sonli xatida belgilan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Musulmonlar idorasi viloyat vakilligi qator mas'ul tashkilotlar hamkorligida “Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusidagi tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand shahar “Ruhobod” jome masjidi imom-xatibi T.Amirov ishtirok etdi.
Viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari X.Sattarov maktabgacha ta'lim muassasasida bo‘ldi
Samarqand viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari X.Sattarov bugun, 20 fevral kuni Jomboy tuman “Eski Jomboy” mahallasida joylashgan “Yulduzcha” nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida bo‘ldi. Bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, ularga esdalik sovg‘alari ulashildi. Shundan so‘ng ushbu ishga bosh-qosh bo‘layotgan mutasaddilar, tarbiyachi va xodimlar bilan suhbatlashib, bola tarbiyasidagi mas'uliyat haqida so‘z yuritdi hamda farzandlarimizning salohiyatli, ilm va diyonatli, kelajkada xalqi va diniga manfaatli farzandlar bo‘lib voyaga yetishlarini tilab duoi xayrlar qildi.
Allohga eng sevimli inson, odamlarga ko‘p manfaati tegadigan kishidir
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Mo‘min misoli maysaga o‘xshaydi. Uni shamol doimo u yoq-bu yoqqa egib turadi. Mo‘minga doimo balo yetib turadi. Kofir misoli Arz daraxtiga o‘xshaydi. Qimirlamay turib, birdan tomiridan qo‘poriladi”, dedilar”. Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilishgan.
Yurtimiz bo‘ylab tahoratxona va namozxonalar quriladi
O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi partaliga “O‘zbekiston Respublikasida turizm xizmatlarini yanada diversifikatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Unga ko‘ra, moddiy madaniy meros obyektlari hududlarida joylashgan, diniy tadbirlar va marosimlar, namoz o‘qish va ibodat uchun mo‘ljallangan diniy binolarga tashrif buyurgan shaxslardan to‘lov undirish taqiqlanadi.
Haj va umra uchun yangi aviakompaniya ochiladi
Bugun Toshkent shahrida Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum (UAALF-2020) xalqaro aviatsiya forumida qatnashayotgan Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning ma'lum qilishicha, tez orada O‘zbekistonda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston Musulmonlari Idorasi va Saudiya Arabistoni Podshohligining “Hidaya Groups” kompaniyasi hamkorligida Hidaya Airlines nomli yangi aviakompaniya ochiladi.
Bu aviakompaniya O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida umra safari uchun bevosita parvozlarni hamda “Umrah+“ dasturi bo‘yicha Indoneziya, Malayziya kabi davlatlardan umra safariga boruvchilarning O‘zbekiston orqali parvoz qilishlarini tashkillashtiradi.
Manba: Azon.uz
Samarqand tuman bosh imom-xatibi maktab o‘quvchilari bilan uchrashdi
Sevikli Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallam: "Ilm talab qilish har bir muslim uchun farzdir", deganlar. Nima uchun? Chunki iymon keltirish uchun ham ilm kerak. Musulmon bo‘lish uchun ham ilm kerak. Niyat qilish uchun ham ilm kerak. Ixlos qilish uchun ham ilm kerak. Ibodat qilish uchun ham ilm kerak. Allohning roziligini topish uchun ham albatta, ilm kerak. Qolaversa, do‘zaxdan qutulib, jannati bo‘lish uchun ham ilm kerak. Xuddi oila qurish uchun ham ilm kerak bo‘lgani kabi bu dunyo saodatini topish uchun ham ilm kerak, oxirat saodatini topish uchun ham ilm kerak.
Samarqand tuman bosh imom-xatibi B.Sharipov Samarqand shahar 9-umumta'lim maktabi o‘quvchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ana shu kabi ilmning fazilatlari va ahamiyati mavzusida gapirib o‘tdi. O‘quvchilarga Islom dinining ilmga bo‘lgan munosabati, diniy va dunyoviy bilimlar uyg‘unligi, mamlakatbmizda yoshlarning ilm egallashlari uchun yaratilgan sharoitlar, xususan diniy ta'lim tizbmi haqida ma'lumotlar berib o‘tdi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Baxt qo‘rg‘oni mustahkam bo‘lsin
Islom dini ta'limoti oilaga va uni ikki dunyoda saodatli bo‘lishiga alohida e'tibor qaratdi. Alloh taolo oila farog‘ati va farovonligi, tinchligi va mustahkam bo‘lishi, unda tavallud topgan farzandlar barkamol bo‘lishi yo‘lida zarur bo‘lgan barcha tavsiyalarni bayon qilgan. Odatda oilalarda ajrim holati kuzatilganda er xotiniga “Taloq” so‘zini aytadi. Vaholanki, “Taloq” so‘zi aytilganda Alloh taoloning Arshi larzaga keladi. Taloq Allohning yomon ko‘rgan halollaridan bo‘lib, u oxirgi chora sifatida joriy qilingandir. Payg‘ambar alayhissalom shunday marhamat qilganlar: “Halol narsalar ichida Alloh uchun eng yomoni taloqdir” (Abu Dovud, ibn Moja, Hokimlar rivoyati).
Viloyat vakilligida Imom Moturidiy ta'limotiga bag‘ishlangan tadbir va kitoblar taqdimoti o‘tkazildi
Joriy yil 3-5 mart kunlari Samarqandda buyuk mutakallim, kalom ilmining asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiy tavalludining 1150 yilligi munosabati bilan “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, viloyat hokimligi, viloyatdagi Oliy ta'lim muassasalari hamkorligida Imom Moturidiy hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Viloyat vakilligida imom-xatiblar ishitrokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Bugun, 18 fevral kuni Samarqand viloyat vakilligi binosida shahar, tuman bosh imom-xatiblari hamda Samarqand shahar va Samarqand tuman masjidlarining imom-xatiblari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Samarqand viloyat hokimining o‘rinbosari D.Mamadqulov ham ishtirok etdi. D.Mamadqulov so‘zga chiqib, viloyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitning barqarorligini ta'minlash, diniy-ma'rifiy ishlarning samaradorligini oshirish hamda aholi orasida diniy ekstremizm va terrorizm holatlarini oldini olish, viloyatda muntazam ravishda mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni barqarorlashtirish, oilalarni mustahkamlash, maxsus hisobdan chiqarilgan va afv etilgan shaxslar bilan alohida suhbatlar o‘tkazilib, har birining oilasi va farzandlarining tarbiyasi, ularning ta'lim olishi, to‘garaklarga jalb etilishi yuzasidan o‘zining takliflarini bildirdi.
Samarqandlik ziyoratchilar Umra safariga jo‘nab ketdi
Bugun, 18 fevral kuni Samarqand viloyatidan 242 nafar ziyoratchilar Umra safariga yo‘l oldilar. Keyingi vaqtlarda Umra safariga borish niyatida bo‘lgan fuqarolarimiz uchun keng imkoniyat va qulayliklar yaratilmoqda. Albatta bundan xalqimiz xursand. Ushbu mamnuniyatni ziyoratga otlangan yurtdoshlarimizning yuzlarida ham ko‘rishimiz mumkin. Ularni viloyat vakilligida viloyat bosh imom-xatibi hamda imomlar, mas'ul tashkilotlarning vakillari, ziyoratchilarning yaqinlari kuzatib qo‘ydilar. Ularning haqlariga duolar qilinib, safar davomida ibodat va duolari ijobat bo‘lishini hamda yurtimiz va xalqimiz haqlariga duo qilishlari so‘raldi.
Viloyat bosh imomi Payariq tumanida bo‘lib, namozxonlar bilan uchrashdi
Bugun, 17 fevral kuni viloyat bosh imom-xatibi Payariq tumanida bo‘ldi. Tuman markaziy “Islom nuri” jome masjidida peshin namozi ado etilgach, jamot bilan suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbat jarayonida viloyat bosh imom-xatibi xalqimizning asriy orzulari ro‘yobga chiqib, Diniy marosimlar, ibodatlarimiz va milliy urf-odatlarimizni emin-erkin ado etish baxtiga musharraf bo‘lganimiz, muborak Haj va Umra ziyoratlariga borish imkoniyatlari yanada kengaygani va boshqa ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirildiki, buning uchun har qancha shukronalar aytsak arzishligi, tinchlik va osoyishtalik ne'mati, shukronalik, farzandlarimizni komil inson etib tarbiyalash, ularni turli yot g‘oyalar ta'siridan saqlash kabi dolzarb mavzularda borasida so‘z yuritdi.
“Umra keyingi umragacha qilgan gunohlariga kafforatdir...”
Har bir amallarning ijobati niyatga bog‘liq. Agar bajariladigan amalda riyo, manmanlik yoxud qandaydir dunyoviy maqsadlar ko‘zlansa, unga savob berilmaqdi, Alloh taolo qabul qilmaydi. Umra ibodatini ham mukammal ado qilish uchun avvalo niyatni to‘g‘ri qilib olish lozim. Barcha amallar niyatga bog‘liq bo‘lgani uchun, ibodatda yagona maqsad Alloh taoloning roziligini istash bo‘lishi kerak. Agar dunyo noz – ne'matlariga erishmoqchi, “hoji aya” yoki “umraga borgan” nomlarini qozonmoqchi, “xo‘jako‘rsin” yoki asosiy maqsadi o‘zga yurtlarni sayr qilib, bir yo‘la umrani ado etib kelmoqchi bo‘lsa, umra ibodati qabul bo‘lmaydi. Alloh taolo buyuradi:




















