Axborot xizmati

IMOM XATIBLAR FAOLIYATIDAN

Hafta davomida viloyatimiz imom xatiblari tomonidan qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, moddiy ko‘mak ishlari amalga oshirildi. Quyida ulardan ayrimlarini keltirib o‘tamiz.

 

MA’NAVIYAT SOATLARI O‘TKAZILDI

2017 yil 23 fevral payshanba kuni viloyatning barcha shahar va tumanlarining markaziy masjidlarida imom xatiblar ishtirokida “ma’naviyat saoti” bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ma’naviyat targ‘ibot markazi shahar va tuman bo‘limi rahbarlari asosiy ma’ruzachi sifatida qatnashdilar.

 

Xalq manfaati har narsadan ustun

Inson – uning qadri baland, manfaati esa oliy darajaga qo‘yilgan. 2017 yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlanishi zamirida ham mukarram qilib yaratilgan inson zotini ulug‘lash, qadrini yuksaltirish, bir so‘z bilan aytganda hayotdan rozi bo‘lib yashashiga imkoniyat hozirlash kabi ma’nolar yotadi.

 

MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRLAR O‘TKAZILDI

2016 yilning 19 yanvaridan 2 fevraliga qadar Samarqand davlat universitetining qator fakultetlarida norasmiy diniy oqimlar ta’siri, talabalarni bunday oqimlar ta’siridan asrash, ularni bu oqimlarga kirib ketishlariga yo‘l qo‘ymaslik, hamda missionerlik faoliyatini olidini olish maqsadida tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

 

IMOM XATIBLAR FAOLIYATIDAN

O‘tgan hafta davomida viloyatimiz imom xatiblari tomonidan qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, moddiy ko‘mak ishlari amalga oshirildi. Quyida ulardan ayrimlarini keltirib o‘tamiz.

 

Umumiy yig‘ilish o‘tkazildi

2017 yil 1 fevral kuni Samarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha masjid imom xatiblari ishtirokida umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Vakillik va imom xatiblar faoliyatiga tanqidiy nazar ruhida o‘tgan yig‘ilishda viloyat bosh imom xatibi N.Islamov 2017 yil 28 yanvar kuni Toshkent islom universitetida o‘tkazilgan diniy xodimlarning navbatdagi yig‘ilishidan olgan taassurotlari, xulosalari haqida so‘zlab, bugun viloyat imomlari bilan ham faoliyatni sarhisob qilish, amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar bilan kifoyalanib qolmasdan, har kim o‘ziga tanqidiy qarashi, kamchilikni o‘zaro aniqlab, bartaraf etish maqsadida yig‘ilish tashkil etilganini aytdi.

 

Islom Karimov xotirasi yodga olindi

2017 yil 30 yanvar kuni xalq qahramoni, O‘zbekistonni mustaqil davlat sifatida dunyo sahnasiga olib chiqqan buyuk yo‘l boshchi, davlatimizning birinchi Prezidenti, marhum Islom Abdug‘aniyevich Karimovning tavallud topgan kuni munosabati bilan Samarqandda keng miqyosda xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev shaxsan ishtirok etdi. Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, viloyat hokimligi, O‘MI Samarqand viloyati vakilligi, shahar va tuman bosh imom xatiblari, jamoat birlashmalari, ta’lim muassasalari kabi qator tashkilot vakillari qatnashdi.

 

Qori Muhammad Rasul jome masjidi

Qori Muhammad Rasul jome masjidi Kattaqo‘rg‘on shahrining markaziy masjidi bo‘lib, Ipak yo‘li ko‘chasi 188 uyda joylashgan.

 

MODDIY KO‘MAK KO‘RSATILDI

Joriy yilning 23 yanvar kuni Imom Buxoriy jome masjidi tomonidan Payariq tuman Xo‘ja Ismoil mahallasida istiqomat qiluvchi 10 ta va Zarafshon mahallasida yashovchi 5 ta, hammasi bo‘lib 15 ta kam ta’minlangan oilalar, keksa otaxon va onaxonlar hamda nogironlarga moddiy ko‘mak ishlari ko‘rsatildi.

 

O‘zbekiston umumiy uyimiz respublika festivali

2017 yil 19 yanvar kuni Samarqand shahridagi muhtasham san’at saroyida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” VI respublika do‘stlik va madaniyat festivali bo‘lib o‘tdi.

 

2016 YIL YAKUNLARIGA BAG‘ISHLANGAN YIG‘ILISH

2017 yil 18 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligida 2016 yil yakunlari hamda 2017 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalarga oid yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda Samarqand shahar va Samarqand tuman masjid imom xatiblari ishtirok etdilar.

 

VATAN HIMOYACHILARI KUNI NISHONLANDI

2017 yil 12 yanvar kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 25 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab viloyat miqyosida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda ko‘plab tashkilot va jamoat birlashmalari, faxriylar, o‘quv muassasalari vakillari qatorida viloyat bosh imom xatibi N.Islamov va bosh imom o‘rinbosari Z.Eshonqulov ishtirok etdi.

 

IMOM BUXORIY XALQARO MARKAZIDA DINIY XODIMLAR O‘QUVLARINING II DAVRA IX BOSQICH O‘QUVLARI BOSHLANDI

2017 yilning 8 yanvar kuni Imom Buxoriy xalqaro markazida diniy xodimlarning II davra IX bosqich o‘quvlarining boshlanishiga bag‘ishlangan suhbat tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ro‘yxat asosida masjid imom-xatiblari ishtirok etishdi.

 

XALQIMIZNING ISHONCHI YUKSAK, UMIDI KATTA

Har bir mamlakatning demokratiya tamoyillariga qanchalik amal qilayotgani o‘tkazgan saylovlarida namoyon bo‘ladi. Qachonki, saylovda xalq o‘z xohish-irodasini erkin ifoda eta olsa, ana o‘sha saylov umum­e’tirof etilgan xal­qaro standartlarga muvofiq tarzda o‘tkazilgan hisoblanadi. Saylovning yana bir fazilati shuki, demokratik davlatlarda xalq hokimiyati – fuqarolik jamiyati ana shu qadriyat asosida o‘rnatiladi. Respublikamiz aholisi istiqlol yillarida saylov qonunchiligi va amaliyoti borasida yetarlicha tajriba to‘plagani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida yaqqol ifodasini topdi.

 

MURUVVAT UYIDA BAYRAM

Yurtimiz istiqlolga erishgandan buyon aholining yashash sharoitini yaxshilash, ayniqsa o‘zgalar yordamiga muhtojlar, yolg‘iz keksalar va nogironlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga har tomonlama ko‘mak berish borasida qator tahsinga loyiq ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Ayniqsa bayramlar arafasida bunday xayriyalar yanada jadallik bilan olib boriladi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing