SAFAR DUOLARI
Kishi safar qilishga otlanar ekan, uning ushbu safardan bir qancha orzu-umidlari bo‘ladi. Uning qalbida xursandchilik, hayajonlanish va shu bilan birga, xavfsirash, g‘amginlik kabi holatlar yuzaga keladi. Oilasidan, yoru-birodarlaridan uzoqda bo‘lishni o‘ylab, beixtiyor kishining ko‘nglida bir oz xavotir, ularning xayrda, ofiyatda bo‘lishlarini xohlash, safar qiyinchiliklarini tasavvur qilish, o‘z oilasiga sog‘-omon qaytishni istash kabi holatlar paydo bo‘lishi tabiiy.
TASAVVUF VA ZAMONAVIY TARIQATCHILIK
Islom dinida hijriy 3-asrga kelib, so‘fiylar va tasavvuf talimotlari va tariqatchilar paydo bo‘ldi. Hozirgi kunda ham bor. Uning ahllari o‘zlarini haqiqiy Islomdagi eng to‘g‘ri yo‘ldagilar deb hisoblaydi. Agar tasavvufni taqvodorolik yo‘li desak, u Islomning o‘zginasi bo‘ladi. Ammo Quroni karim, hadisi shariflarda faqat degan ibora mavjud, tasavvuf emas.
Qiyomat kunida gunohlar so‘ralmaydimi?
Bir domla ukamiz hikoya qiladilar:
– Bir kuni uyga kirib kelsam, onam “o‘g‘lim, qo‘shninikiga chiquvdim. Qo‘shni xotin “Qiyomatda hammani savobi-gunohi so‘raladi, deb eshitgandim. Nega Qur'onda aksi yozilgan”, dedi, aslida ham shundaymi, deb so‘rab qoldilar.
– Qur'onning qayerida shunday deb yozilgan ekan, onajon? – dedim.
Qo‘shni xotin arabcha savodi yo‘q, kiril alifbosidagi besh-olti kitobni o‘qigan ayol edi. Onam “Ar-Rahmon” surasining 39-oyatini ko‘rsatdilar.
39. «Ana o‘sha Kunda na bir ins va na bir jin (qilib o‘tgan) gunohidan so‘ralmas!».
Men onajonimga tafsir kitoblardan qarab berishimni aytib, kutubxonaga kirdim. Ketyapman-u xayolimni oyatning nega bunday ma'noda kelgani egallab olgan edi. Muborak tafsirni ochib o‘qiganimdan keyin Allohning oyatlari haq ekanligi, hech biri g‘alat-ishtiboh bilan kelmaganiga amin bo‘ldim.
Bu dunyoda biror gumondorni ayblash uchun isobot-dalillar yig‘iladi, foto-video kadrlari, boshqa kishilarning guvohliklari so‘raladi. Hammasi mos kelgachgina, uning aybi bo‘yniga qo‘yiladi. So‘ng unga jazo beriladi.
Suraning 41-oyatida gunohkor bandalardan nega gunohlari so‘ralmasligining izohi keladi.
41. «(Chunki u Kunda) jinoyatchi-osiy kimsalar siymo-belgilaridan tanilib, peshona va oyoqlaridan olinurlar (va jahannamga otilurlar)».
Tafsirda aytilishicha, Qiyomat kunida insdan ham, jinlardan ham gunoh qilgan-qilmagani so‘rab o‘tirilmaydi. O‘sha dahshatli Kunda bandaning o‘zi qilgan aybini bilib, barcha a'zolari guvohlik berib turgan, hatto yuzidan uning kim ekanligi bilinib turgan paytda undan qilgan gunohlarini so‘rashga ham hojat yo‘q.
Barchamizni Qiyomat kunidagi savollarimiz oson bo‘lsin, Alloh hidoyatidan ayirmasin!
Yoqub UMAR
Manba: Azon.uz
Alloh bandalariga Mehribondir
Rasuli akram sallollohu alayhi vasallam marhamat qiladilar.
“Alloh bir kimsaga besh narsani berdimi, unga yana besh narsani tayyorlab qo‘ygan bo‘ladi:
SHUBHALI NARSANI TARK ET
عن أبي الحوارء السعدي قال قلت للحسن بن علي : ما حفظت من رسول الله صلى الله عليه و سلم ؟ قال حفظت من رسول الله صلى الله عليه و سلم دع ما يريبك إلى مالا يريبك فإن الصدق طمأنينة وإن الكذب ريبة
Abul Havro Sa'diy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Men Hasan ibn Aliga: “Rasululloh solallohu alayhi va sallamdan nimani yodlab olgansan?” dedim. U menga Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Seni shubhalantirayotgan narsani tark etib, shubhasizini ol. Chunki rostlik xotirjamlikdir, yolg‘on esa shubha-gumondir”, deb o‘rgatganlar, dedi» (Imom Termiziy rivoyati).