Idorada ishlagan ibratli insonlar NODIRXON ALOUDDINOV
1899 yili Toshkentda tug‘ilgan. Otasi Alouddin domla “Baroqxon” madrasasi mudarrisi edi. Chuqur diniy bilim olgan, 1920-1929 yillari jadid maktablarida muallimlik qilgan. 1929-1947 yillari vagon ta'mirlash zavodida o‘t yoquvchi va usta bo‘lib ishladi. 1947 yili diniy idora tashkil etilganida ilk muftiy Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon Nodimrxon domlani o‘ziga yordamchi qilib oladi. Nodirxon domla diniy idoraning ilk kutubxonachisi edi. Umrining oxirigacha (1975) kutubxonada ishlash bilan birga respublika Fanlar akademiyasi buyurtmalarini ham bajarib turdi. U kishi, ayniqsa, navoiyshunoslikka munosib hissa qo‘shga olim edi.
“O‘zbekiston musulmonlari idorasi” kitobidan, 24-25-betlar.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 28/10/2019 13:35; Ko‘rilganligi: 1503
Chop etilgan vaqti: 04/10/2024 15:51