Ta'lim va tarbiya bir-biriga bog‘liqdir.
Darhaqiqat, Alloh taolo insoniyatni yer yuzini obod qilish uchun yaratgan. Demak, u o‘zining vazifalarini ado etishi uchun har taraflama komil va yetuk bo‘lishi kerak. Buning uchun esa insonda avvalo tarbiya ya'ni odob axloqni shakllantirish lozim, undan keyin ta'limga yo‘naltirilsa albatta mehnat o‘z samarasini beradi. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhis salom hadisi sharifda “Farzandlaringizni yaxshi ko‘ringlar, odobini chiroyli qilinglar”- deb, boshqa bir hadislarida esa “Ilm o‘rganish har bir muslim va muslimaga farzdir”- deb marhamat qilganlar.
Amallar qachon qabul bo‘ladi?
Musulmon kishi borki qilgan amallaridan savob umid qiladi. Yaxshi amallari tufayli Allohning roziligini topmoqni istaydi. Shu sabab har kim o‘z bilimidan, dunyoqarashi va saviyasidan kelib chiqib amallarni yaxshi yoki yomonga, savob yoki gunohga ajratadi. Lekin, yaxshi va yomonni, savob yoki gunohni ajratishda kishining saviyasi, bilim yoki farosati mezon bo‘la olmaydi. Bunda asosiy mezon shari'atdir. Ya'ni, Alloh va Uning rosuli yaxshi degan amallar yaxshi, Alloh va Uning rosuli qaytargan amallar esa yomon hisoblanadi. Bu mezonlarni hech kim o‘z hoxishiga, bilimi va saviyasiga, manzil va makoniga qarab o‘zgartirishga haqli emas.
Niyat va harakat mutanosib bo‘lsin!
Bir qayiqchining kichik qayig‘i bor ekan. Qayiqning ikki eshkagi bo‘lib, ularning birida “niyat”, ikkinchi eshkakda esa “harakat” deb yozilgan.
MISSIONERLIK HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR
Missionerlik haqida gap ketar ekan, avvalo ushbu tushunchaning lug‘aviy va istilohiy ma'nolarini tushunib olish muhim ahamiyatga egaligini alohida qayd etish lozim.
UMRNING QADRI
Dono xalqimiz umrni oqib o‘tayotgan daryoga o‘xshatadi. Darhaqiqat, yuz yoshga kirgan kishi ham, dunyoga kelib hech qancha yashamaganligini tan oladi. Bu foniy dunyoning bitmas tuganmas ishlarini oxiriga yetkaza olmaganligidan shikoyat qiladiganlar ham topiladi. Bu ham o‘z yo‘liga, ammo, umr deb atalgan Allohning ulug‘ ne'matini dunyosiga ham, oxiratiga ham foyda keltirmaydigan, bekorchilik, uyqu, yoki bema'ni ishlar bilan mashg‘ul bo‘lib o‘tkazayotgan insonga nima deyish mumkin? Qiyomatda eng ko‘p savol-javob qilinadigan, har bir nafasi, har bir qadami uchun javob beradigan inson, bu dunyoda bema'no gapni ko‘p gapirgan, bema'no ishga mashg‘ul bo‘lgan kishi ekanligi hadis shariflarda bayon qilingan. Umrning har soniyasini qadriga yetish lozimligi haqida, Ibn Abbos r.a. rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz a.s. marhamat qiladilar: Rasululloh s.a.v. bir odamga nasihat qilib, unga: “Sen besh narsani besh narsadan avval g‘animat bilgin: yoshligingni qariligingdan avval, salomatligingni kasal bo‘lishingdan avval, boyligingni faqir bo‘lishingdan avval, bo‘sh vaqtingni bir ishga mashg‘ul bo‘lmasingdan avval va hayotligingni o‘limingdan avval g‘animat bilgin”. – dedilar (Imom Hokim rivoyati).
Mahzun bo‘lmang
Hayot o‘zi shunday, qiyinchiliklar, sinov, imtihonlardan iboratdir. Zotan inson mehnat va mashaqqat ichra yaratilgan. Alloh subhanahu va taolo; ”Darhaqiqatan insonni ( din va dunyo ishlarida mehnat va) mashaqqatda ( bo‘lish uchun) yaratdik. (balad. 4). Kimdir boy-badavlatu ammo salomatligidan shikoyat kiladi. Boshqasi esa sog‘-salomat, ammo faqir, vaqti kelsa yeyishga non topolmaydi.
Ichkilikbozlik – jamiyat illati
Jamiyatimizda uchrayotgan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning turlari ko‘p bo‘lgani kabi, uning kelib chiqish sabablari ham turlichadir. Shulardan biri spirtli ichimlik iste'mol qilishdir. Sir emas, bugunga kelib jamiyatimizda ommaviy ichkilikbozlik avjiga chiqib ketdi. To‘y hashamlar, yaxshi kunlar deyarli usiz o‘tmayapti. Bir paytlar hukumatimiz tomonidan bu haqda qabul qilingan qarorlar joylarda o‘z ijrosini topmasdan qog‘ozlarda qolib ketdi. Din peshvolari aroqning xarom ekanligini, tibbiyot xodimlari inson salomatligiga zararli ekanligini, ichki ishlar xodimlari jinoyatlarning sababchisi ekanligini, iqtisodchilarimiz oila iqtisodiga zararli ekanligini tushuntirishlariga qaramasdan ichkilikbozlik aslo kamaymayapti. Xususan, yoshlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib, nasihat qiladigan, ko‘plab mo‘ysafidlarning o‘zlari bu borada nasihatga muhtojligini nima bilan izohlash mumkin? Natijada undan kasallanib qancha odam vafot etmoqda. Notinch oilalar, ajrimlar, tirik yetimlar, avtohalokat qurbonlari soni ortib bormoqda. Hatto, otasini o‘ldirgan farzandga ham guvoh bo‘ldik.
Gunohning turlari
Inson zoti borki, xato qiladi, kamchilikka yo‘l qo‘yadi. Ba'zida bilib-bilmay gunohga qo‘l uradi. Bunday ishlardan tiyilmoq lozim. Quyida gunohlarning qismlarini bilib olishligimiz zarur bo‘ladi.
“BESHINCHISI BO‘LMANG, HALOK BO‘LASIZ !”
Alloh taolo islom shiorlarini qadrlashga targ‘ib qilgan va ularni toptash, masxara qilishdan qattiq qaytargan. Jumladan, Haq taolo Qur'oni karimda bunday deydi: “Ey, imon keltirganlar! Allohning (hajga doir) shiorlarini, “Harom oy” (haj oylari)ni halol deb hisoblamangiz...!” (Moida surasi 2-oyat). Yana bir oyati karimada: “(Gap) shudir. Yana kimki Allohning shiorlari (qurbonliklar)ni ulug‘ deb bilsa, bas, albatta, (bu) dillarning taqvosidandir” (Haj surasi 32-oyat), – deb xitob qilgan.
Imom buxoriyning hadis qabul qilishdagi shartlari va boshqa muhaddislarning shartlari bilan qiyosiy tahlili
Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy yashab ijod etgan davrda hadis ilmi juda keng taraqqiy etgan va ko‘plab muhaddislarning hadis to‘plamlari mavjud edi. U zot vafotidan keyin ham bir qancha muhaddislar paydo bo‘ldilar. Shunday bo‘lsada, o‘sha zamon va undan keyin kelgan islom ulamolari va muhaddis olimlar nazdida faqat Imom Buxoriyning «al-Jomiʼ as-sahih» hadislar to‘plami eng sahih va eng mukammal bo‘lib e'tirof etildi.




















