Zamonasining tengsiz olimi
Nuriddin Abulhasan Ali ibn Sultonmuhammad hanafiy qiroat ilmida mohir, zukko va zamonasining yetuk olimi bo‘lgan. U kishi Islom olamida Mulla Aliyyul Qori nomi bilan tanilgan. Allomaning tug‘ilgan yili to‘g‘risida aniq ma'lumot yo‘q. Ba'zi manbalarda temuriylar hukmronligi davrida milodiy XV asrda yashab ijod qilgani qayd etilgan[1].
Imom Tabariy: Qirq yil davomida kuniga qirq varaqdan asar yozgan olim
Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Yer yuzida ulamolar xuddi yeru suvning qorong‘uligida yo‘l topishga yordam beruvchi yo‘lchi yulduzga o‘xshaydi. Yulduzlar g‘oyib bo‘lganda yo‘lovchilar adasha boshlaydilar», deya marhamat qilganlar.
Abdussamad ibn Mahmud G‘aznaviy va uning “Tafsirul fuqaho va takzibus sufaho” asari
Tafsir ilmiga doir yozilgan kitoblar ichida Abdussamad ibn Mahmud G‘aznaviy Hanafiyning qalamiga mansub “Tafsirul fuqaho va takzibus sufaho” asari o‘z o‘rni va ahamiyatiga ega.
Eng baxtli odamlar kim?
Har bir inson yer yuzida baxtli yashashni istaydi. Hech bir kishi yo‘qki g‘am-anduh, xafagarchilik va mashaqqat bilan yashashni istasa.
Har bir inson baxtni qo‘lga kiritish uchun intiladi. Ba'zilar uni hisobsiz mol-dunyo qasrlarda desa, ba'zilar mansab, obro‘-e'tibor va qo‘l ostidagi xodimu xizmatchilarning ko‘pligida deb tushunadi. Mana shu tushunchadagi insonlar haqiqiy baxtga erishaman deb o‘ylaydilaru, ammo oxir-oqibat o‘ylaganlari xato bo‘lib chiqadi.
Ozodlik – eng totli ne'mat
Erkin va ozod yashash shukuhini bu ne'matdan mahrum bo‘lganlar ko‘proq his qila oladi.
Insonning ozodlikdan mahrum etilishi bilan hayoti tubdan o‘zgarib ketishi sir emas. Panjara ortida, to‘rt devor ichida, eng yomoni, yaqinlari diydoridan mahrum kishining qanday ruhiy azob chekishini tasavvur qilishning o‘zi qiyin.
Isrof nima?
Isrof – vaqt, pul, mol kabi Alloh taolo bergan ne'matlarni nojo‘ya sarflashdir. Isrof qiluvchilar “musrif” deb ataladi. Alloh musriflarni yoqtirmaydi. Isrofning ziddi tejamkorlikdir.
Isrof ham, baxillik ham Islom dinida haromdir. Chunki bulardan biri pul va molni sochish, keraksiz joylarga sarflash bo‘lsa, ikkinchisi, mol va pulni to‘plab, qo‘lda ushlash, undan o‘zini ham, boshqalarni ham foydalantirmaslikdir.
Alloh taolo bizga yetkazgan halol ne'matlardan o‘zimiz istagancha foydalanishimiz mumkin. Ammo isrof qilish va manmanlikka berilishga yo‘l qo‘ymasligimiz lozim.
Eng ulug‘ maskan va eng og‘ir xiyonat
إِنَّمَا يَعْمُرُ مَسَاجِدَ اللَّهِ مَنْ آمَنَ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ وَأَقَامَ الصَّلَاةَ وَآتَى الزَّكَاةَ وَلَمْ يَخْشَ إِلَّا اللَّهَ فَعَسَىٰ أُولَٰئِكَ أَن يَكُونُوا مِنَ الْمُهْتَدِينَ
«Albatta, Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar, namozni to‘kis ado etganlar, zakotni berganlar va Allohdan boshqadan qo‘rqmaganlargina obod qilurlar. Ajab emaski, ana o‘shalar hidoyat topguvchilardan bo‘lsalar» [Tavba surasi, 18-oyat].
BOSH QOMUSIMIZ — FUQAROLAR UCHUN MUSTAHKAM HIMOYA
Har qanday davlat yoxud jamiyatning huquqiy poydevori bo‘lmog‘i lozim. Zero, bunday poydevor bo‘lmas ekan jamiyat, millat tanazzulga yuz tutadi.
Oilada kim rahbar?
Alloh taolo Qur'oni karimda shunday marhamat qiladi:
Erkaklar xotinlari ustida rahbardirlar. Bunga sabab Alloh birovlarini birovlaridan (ya'ni, erkaklarni ayollardan) ortiq qilgani va erkaklar (xotinlari va oilalari uchun) o‘z mol-mulklaridan sarf-xarajat qilganlaridir.
(Niso surasi, 34-oyat)
IMOM MOTURIDIY BUYUK SHAXSIYAT EGASI
Buyuklar, shubhasizki, buyuk shaxsiyat sohibi bo‘lganlar. Ular avvalo, insoniylik, insof, diyonat, adolat, pokiza qalb, taqvo, parhezkorlik singari ulug‘insoniy fazilatlarni o‘zlarida jamlaganlar va buyukliklarini shuning ustiga qurganlar. Zero, shuningsiz buyuklikka yo‘l yo‘q. Ajdodlarimiz ham bejizga “Olim bo‘lish oson, odam bo‘lish qiyin” yoki “Olim bo‘lma, odam bo‘l!”deyishmagan.




















