“Shahidlik” niqobidagi qotillik
Istiqlol sharofati bilan yurtimizda diniy va milliy qadriyatlarimiz qayta tiklandi. Diyorimiz musulmonlarining asriy orzu-umidlari ro‘yobga chiqa boshladi. Natijada, manaviyatimiz tobora yuksalib boryapti. Mamlakatimiz moddiy va ma'naviy jihatdan kun sayin taraqqiy etayotir. Lekin, afsus, bu ne'matlardan foydalanib, shukr o‘rniga noshukrlik qiladigan, g‘animlarimiz nog‘arasiga o‘ynaydigan, o‘z yurtiga tosh otadigan nabakorlar ham yo‘q emas. Ayniqsa, chet ellarda bo‘lgani kabi, bizning mamlakatimizda ham turli ekstremistik, buzg‘unchi aqidaparast va mutaassib oqimlarning botil aqidalariga ergashib zalolatga ketgan gumrohlar ham borligi kishini ranjitadi. Erta bahorda yerdan bodrab chiqadigan qo‘ziqorindek paydo bo‘lib, so‘ng sarobdek so‘nib yo‘k bo‘lib ketayotgan yangi-yangi oqimlarga bir nazar tashlasangiz, ularning ildizlari, asoslari va g‘oyalari uzoq tarixdagi xorijiylar, murjiiylar, shia va mo‘tazila kabi buzg‘unchi toifalar bilan hamohang ekanini tushunasiz.
JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT (Islom dini nomidan olib borilgan jinoyatlarga raddiya)
Shariatimizda shunday so‘zlar borki, u so‘zlar aslida muqaddas tuyg‘ularni anglatadi. Lekin hozirgi kunda adashgan firqa va guruhlar ayni shunday muqaddas tuyg‘ularni anglatadigan, mo‘min-musulmonlar uchun qadr-qimmatli bo‘lgan so‘zlardan o‘zlarining g‘arazli maqsad va niyatlarini amalga oshirishda foydalanishlari achinarli holdir.
Islom - zo‘rovonlikka qarshi
Alloh taolo insonni yaratar ekan, O‘ziga ibodat qilish barobarida yer yuzini odob qilish vazifasini topshirgan. Islom ta'limotidagi asosiy da'vat - insonlarni tinchlik va xotirjamlikka chaqirish, yer yuzida osoyishta hayot o‘rnatish, kishilarni bir-biriga mehr – muruvvatli bo‘lishga, dini, millati, irqidan qat'iy nazar o‘zaro bag‘ri kenglikka chorlaydi.
HAR KECHADA VOQEA SURASINI O‘QISH
Hofiz ibn Asokir Abdulloh ibn Mas'ud haqida shunday rivoyat qiladi: “Abdulloh ibn Ma'sud vafot etishi arafasida betob bo‘lib qoldi. Usmon ibn Affon uning ziyoratiga kelib: “Nimadan shikoyating bor?” deb so‘radi. Ibn Ma'sud: “Gunohlarimdan”, dedi. Usmon ibn Affon: “Nimani xohlaysan?” deb so‘radi. Ibn Ma'sud: “Rabbimning rahmatini”, dedi. Usmon ibn Affon: “Senga tabib buyuraymi?” dedi.
TASAVVUF VA ZAMONAVIY TARIQATCHILIK
Tasavvuf islom olamining ijtimoiy-falsafiy, axloqiy-madaniy, ma'naviy-ma'rifiy hayotida katta ta'sirga ega bo‘lgan diniy-irfoniy ta'limot bo‘lib, IX–X asrlardan boshlab musulmon jamiyati orasida keng yoyila boshlagan.
Jaholatga qarshi ma'rifat – dinning asl mohiyatlaridan biri
Prezidentimiz tomonidan 2018 yil 16 aprelda qabul qilingan «Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonda ma'rifatparvarlik, bag‘rikenglik, mehr-muruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilatlar va qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashda diniy-ma'rifiy soha vakillarining o‘rni va ishtirokini oshirish hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq bir qator vazifalar belgilab berildi.
Yoshlarimiz oldidagi burchimiz
Allohning o‘zi yaratgan bandalariga bergan ne'matlari nihoyatda ko‘p. Bu ne'matlarni sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Shudardan biri tinchlik-osoyishtalik, xotirjam yashashdir. Busiz hayotning zavqi, fayzi yo‘q. Allohning inoyati istiqlol sharofati tufayli xalqimiz mana shunday osuda yashamoqda. Lekin, biz kundalik radio, televideniya, internet saytlari yoki ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan xabarlarda jahonning ko‘pgina davlat va mamlakatlarida notinchlik, buzg‘unchilik, tabiiy ofatlar sodir bo‘layotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Albatta, qabih ishlar, qo‘poruvchilik sodir etilayotgan joylarda xalq qiynalmoqda. Uy-joyidan vatanidan jido bo‘lib, og‘ir ahvolda kun kechirayotir.
Dinimizni o‘rganmasak, nimalar bo‘lishi mumkin?
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Olimlarni obro‘sizlantirish rejalashtirilgan holda amalga oshirilmoqda
Oxirgi paytlarda ahli ilmlarni obro‘sizlantirishga har tarafdan turli ko‘rinishdagi urinishlar avj oldi. Bu holat butun dunyo bo‘ylab kuzatilmoqda. Bu holat arab olamida ham bor. Aftidan, bu ish atayin, rejali qilinayotir. Axborot urushi ichida bunday rejani amalga oshirish ancha oson kechmoqda. Kishilar o‘zlari bilgan-bilmagan holatda ushbu noxush ishga aralashib qolmoqda. Eng xatarlisi – bu harakat ko‘pincha haqiqat himoyasi da'vosi ostida olib borilayotgan bo‘lsa-da, aslida boshqa maqsadlarga yetaklab ketmoqda. Bu holat, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda juda ham ommalashdi. Shu bois mana shu mavzuda ayrim mulohazalarni siz bilan baham ko‘rgim keldi.
HAR BIR INSON O‘Z YO‘LIDAN ADASHMASIN
Dinimizda insof-diyonat, o‘zaro totuvlik, jamiyatdagi birdamlik va mehr-muhabbat kabi xislatlar qadrlanadi. Chunki tinchlik-totuvlik va o‘zaro hamjihatlik bo‘lgan jamiyat rivojlanadi, gullab-yashnaydi. Odamlar orasida fitna va ixtilof, bir-biriga qarshi gij-gijlash, ularni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirishga urinish qattiq qoralanadi.




















