NURCHILIK
Tashkilot nomi. ”Nurchilik” (turkcha-Nurculuk) diniy-fundamental harkat. Xalq tilida “Nurchilar” degan nom bilan ham mashhur.
FITNA – QOTILLIKDAN HAM YOMON
Bugungi kunda shiddat bilan rivojlanayotgan sohalardan biri bu ijtimoiy tarmoqlardagi axborot oqimidir. Internet katta imkoniyatlar maydonidir. Qancha ma'lumotlar kerak bo‘lsa bir necha lahzada ko‘z oldingizda namoyon bo‘ladi. Aqlini ishlatgan inson o‘ziga kerakli bo‘lgan, dunyo va oxiratiga foydali bo‘lgan, ilmini ziyoda qiladigan ma'lumotlarni oladi. Biroq, ko‘ngilni xira qiladigan, asablarni qaqshatadigan ma'lumotlar borgan sayin ko‘paymoqda va mana shu ma'lumotlar boshqalariga qaraganda tezlik bilan tarqalayotganini guvohi bo‘lmoqdamiz. Shu ma'lumotlarni o‘qiyotgan kishilar internetda aytilgan bo‘lsa xaqiqat deb ishonishmoqda.
Salafiylikning terrorchilik harakatlarida ishtiroki
Soxta salafiylarning fikricha, hukumatga xizmat qilayotgan davlat, huquqini muhofaza qilish idoralari xodimlari va harbiylar “dinsizlar” toifasidan hisoblanadi. Bu yulda davlat rahbarlari, hokimyat idoralari vakillarini obro‘sizlantirish hamda rasmiy diniy ulamolarning mavqelarini zaiflashtirish maqsadida ularning hayotiga tajovuz qilishgacha borishmoqda. Jumladan, 2009 yilda O‘zbekistonda bir qator diniy ulamolarga nisbatan tajovuzlar uyushtirilgani buning yorqin misolidir.
MATONATLI BANDALAR
Kishilar muntazam tansihatlik, doimiy sog‘liq haqida qanchalik qayg‘urishmasin, bu yo‘lda nechog‘li fidokorlik ko‘rsatishmasin, har vaqt, har qachon batamom salomat bo‘lishning aslo iloji yo‘q.
GIYOHVANDLIK-UMRNING EGOVI
So‘nggi paytlarda tobora avj olayotgan odam savdosi, narkobiznes, xalqaro terrorizm va ekstremizm dunyo miqyosdagi eng xavfli jinoyatlardan sanaladi. Chunki ular hudud va chegara bilmaydi, millat va elat tanlamaydi, aksincha, barcha xalqlar tinchligi va ravnaqiga birdek rahna soladi. Insoniyatni turli kulfatlarga giriftor qilib, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-axloqiy va huquqiy jihatdan o‘ta xunuk va mudhish oqibatlarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham barchasi yuqumli o‘lat – vaboga qiyoslanadi. Bu ta'rif bejiz emasligiga giyohvandlik balosi misolida ham ishonch hosil qilish mumkin.
Terrorizm to‘g‘risida nima bilamiz
Ma'lumki, terrorizm va ekstremizm balolari nafaqat bugungi kunda, balki u mavjud bo‘lgan barcha zamon va makonlarda insoniyat va jamiyat uchun tom ma'nodagi fojia bo‘lib kelgan. Bugungi notinchliklar hukm surayotgan mintaqalarning deyarli barchasidagi barqaror vaziyatni izdan chiqaruvchi omillari ham mazkur ikki narsadir.
Vatanga xiyonat qiluvchilarning turlari
Tug‘ilib o‘sgan ona yurtiga bo‘lgan muhabbatning eng go‘zal namunasini Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam ko‘rsatganlar. U zot sollallohu alayhi va sallam ummatlarini doimo ona-Vatanga muhabbatli bo‘lishga chorlaganlar. Hadisi shariflardan birida, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Makka shahridan shunday marhamat qilganlar:
“(Ey Makka!)Agar qavmim meni sendan chiqarmaganda, hech ham o‘z ixtiyorim bilan seni tashlab ketmagan bo‘lardim”, deydilar.
“Salafiylar”ning faoliyat uslublari
Soxta salafiylar o‘z g‘oyalarini yoyishda yashirin xujralar tizimi faoliyatini kuchaytirish, unda asosan yoshlarni o‘qitish va ularga diniy mutaassib g‘oyalarini sigdirishga asosiy e'tibor qaratiladi. Jumladan, soxta salafiylikka mansub “Turkiston islom harakati” terrorchi guruhi Markaziy Osiyo mintaqasida o‘zining buzg‘unchi g‘oyalarini targ‘ib etishda yashirin xujralar yordamidan foydalanishga intilib kelgan.
Islom – sof aqidadan iborat
Dunyodagi har bir xalq yoki millat biror-bir dinga ishonadi. Xususan, o‘zbek xalqi Islom diniga e'tiqod qiladi. Haqiqiy islom dini insonga aziz va mukarram zot sifatida qarab, uning ma'naviy kamolotiga xizmat qiladi. U mehr-oqibat, diyonat, adolat, halollik va poklikka da'vat etadi. Dinni o‘ziga niqob qilib olgan yovuz g‘oya va mafkuralarning eng ko‘p tarqalgan shakllaridan biri aqidaparastlikdir. Bunday ijtimoiy illat insoniyat XXI asrga qadam qo‘ygan hozirgi davrda ham dunyodagi tinchlik, osoyishtalik, taraqqiyotga tahdid solmoqda. Aqidaparastlik qayerda, qachon faoliyat ko‘rsatishiga qaramasdan, hamisha jamiyat uchun xatarli hodisa bo‘lgan. Dunyoda taraqqiyotga intilish, bunyodkorlik hissi bor ekan, jamiyatda ilg‘or g‘oyalar paydo bo‘laveradi. Buzg‘unchi g‘oyalar esa vayronkor intilishlar tufayli yuzaga keladi.
“Salafiylik” tashkiloti g‘oyalari
Soxta salafiylar quyidagi g‘oyalarni ilgari suradilar:
- Qur'on va sunnada yozilgan qoidalarni so‘zma-so‘z tushunib, ko‘r-ko‘rona amal qilish orqali boshqa manbalarni botilga chiqaradilar;
- “jihod”ni islomning oltinchi arkoni deb hisoblaydilar;
- “takfir” (kufrda ayblash) va “hijrat” (vatanni tark etish) masalasini ilgari suradilar;
- fiqhiy mazhablarni inkor qilib, mazhabsizlikni targ‘ib qiladilar;




















