Bugunning imomi qanday ekanidan bexabarlarga!
Shu kunlarda internet tarmoqlarida “Yangi O‘zbekistonning yangi imomlari qanday bo‘lishi kerak?” nomli maqola e'lon qilindi. Dastlab ushbu mavzuning yoritilishida yurtimizdagi o‘zgarishlarga jonkuyarlik borga o‘xshaydi. Lekin teranroq mutolaa qiluvchi mushtariy ma'lumotlar faqat bir yoqlama ekani, muallif respublikadagi so‘nggi yillarda diniy sohada amalga oshirilayotgan islohotlardan bexabarligi namoyon bo‘ladi.
Avval, ushbu mavzuga qo‘l urgan muallifning ish tajribasi, ma'lumoti, salohiyati va diniy sohadan qanchalik xabardor ekani bilan qiziqdik. Ma'lum bo‘lishicha, u O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Dehli universitetida, AQSHning Shimoliy Karolina universitetida ta'lim olgan. Xorijdagi tashkilotlarda faoliyat olib borgan. “VVS”, “Ozodlik” dasturlarida ham chiqishlar qilgan. Endi bir o‘ylab ko‘ring? So‘nggi yillardagi yangilanishlarni his etmagan, aksar umrini chet elda o‘tkazgan va bugungi kunda kechayotgan jarayonlarni ich-ichidan bilmagan inson qanday qilib, yurtning buguni haqida xolis fikr aytishi mumkin.
Ta'kidlash zarurki, diniy soha o‘ta nozik va hassos bo‘lgani tufayli diniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish lozim. Ularga nisbatan ko‘r-ko‘rona munosabatda bo‘lishga hech kimning haqqi yo‘q. Har bir kishining o‘z sohasi bor. O‘sha soha doirasida xizmat qilsa, avvalo o‘ziga foydali bo‘ladi. Qolaversa boshqalar uchun ham kerakli mutaxassis bo‘ladi. Ammo, o‘z doirasidan chiqsa, avvalo o‘ziga, qolaversa atrofidagilarga noxolis ma'lumot bilan zarar yetkazadi.
Shu o‘rinda sohadan bexabar muallifga quyidagilarni bildirib qo‘yishni lozim topdik:
HIZBUT-TAHRIR al-ISLOMIY (Mintaqadagi faoliyati).
“Hizbut-tahrir”ning Markaziy Osiyo mintaqasidagi faoliyati XX asrning 80-yillarining oxiri 90-yillariga to‘g‘ri keladi.
Zamonamiz xavorijlari
Hozirgi globallashuv davrida dunyoning barcha mamlakatlari aholisi zamonaviy texnologik yutuqlardan qanchalik katta manfaat topayotgan bo‘lsa, xuddi shu sababli sodir bo‘layotgan ofatlardan ham birdek zarar ko‘rmoqda. Jumladan, ekstremizm balosining hozirgi kunda butun dunyoga birdek xavf solib turgani ham hech kimga sir emas. Ayniqsa, din niqobidagi ekstremistik harakatlar tarixda o‘tgan xavorijlarning jinoyatlarini takrorlayotganga o‘xshaydi. Ular internet orqali buzg‘unchi g‘oyalar targ‘ibotiga zo‘r berib, yoshlarni yo‘ldan urishyapti.
HIZBUT-TAHRIR al-ISLOMIY (Harakatga a'zolik).
“Hizbut-tahrir” da'vatchilari asosan dinga moyilligi bo‘lgan yoshlarni (ular o‘zining odobi, tarbiyasi va oilaviy ahvoli bilan boshqalarga o‘rnak bo‘la oladigan va o‘zi ham da'vat qilganida “beshlik” halqaar tuzib, shaxslarga o‘z so‘zini o‘tkaza oladigan bo‘lishi shart) jalb qilib, ularni halqalarda avval islom diniga oid suhbatlar bilan bilim darajasini aniqlashadi.
“To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaror ijrosi bo‘yicha
Xalqimiz ozgina mablag‘ topsa, yaxshi niyatlar bilan to‘yga, yaxshi kunlarga deb jamg‘arib qo‘yadi. Bu xalqimizning boshqa millatlardan ajratib turadigan, maqtovga sazovor, fazilatli xislatlaridan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Buni qisqagina qilib aytganda “Mehmondo‘stlik” deb nomlash mumkin. Lekin xalqimizning ushbu mehmondo‘stlik kabi fazilati, ming afsuslar bo‘lsinki, illatga aylanib qolmoqda.
3-4 XIL OVQATSIZ TO‘Y O‘TMAY KOLADIMI?
Bugun to‘y, maraka, marosimlarda 3-4 xil taom tortilishi kerak, degan tushunchalar ko‘pchiligimizning qorin g‘amiga mukkasidan ketganimizdan darak. Aslida ortiqcha ovqat yegan yoki ichimlik ichgan odamning tanasi og‘irlashadi, toat ibodatida halovat yo‘qoladi. Mehnat qilishga malollanib qoladi.
Fitnalardan uzoq bo‘laylik!
Muqaddas Islom dini ta'limoti insonlarni doimo o‘zaro hurmat, birodarlik, ota-onani haqqi, farzandlar haqqi, qo‘ni-qo‘shnichilik haqlari, tabiat va borliqqa munosabat, hatto boshqa dindagilar bilan o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik asosida hayot kechirishni targ‘ib qiladi. Islom so‘zining ma'nosi tinchlik degani. Tinchlik bor joyda taraqqiyot bo‘ladi, orzu-havaslar amalga oshadi. Ammo, xolva degan bilan og‘iz chuchumaganidek, bugungi tinchlik va farovon hayotimiz ham o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q. Bunda, hukumatimiz boshchiligida qanchadan-qancha xodimlarning zahmatli mehnati borligini qalban his qilishimiz kerak va yurtimiz tinchligi uchun har birimiz o‘z mehnatimiz bilan hissa qo‘shishimiz kerak.
Terrorizm bir yilda dunyo iqtisodiyotiga qancha zarar keltiryapti?
Global terrorchilik 2018 yilda kamroq odamning halokatiga sabab bo‘ldi, biroq uning iqtisodiy va ijtimoiy ta'siri keng ko‘lamni egalladi. Bu haqda Iqtisodiyot va tinchlik institutining Global terrorchilik indeksi ma'lumotnomasida keltirilgan.
Unda keltirilishicha, terrorizm qurbonlarining umumiy soni ketma-ket to‘rt yil davomida 15.2 foizdan kamayib 2018 yilda 15 912 kishini tashkil etdi. Bu 2014 yilga nisbatan 53 foizga kam degani.
Ko‘rsatkichlarning pasayishida Yaqin Sharqdagi urushlarda qozonilgan g‘alaba hamda mintaqadagi harbiy harakatlarning imkon qadar kamaytirilishi sabab etib ko‘rsatilgan.
“Shunga qaramay, dunyo bo‘ylab terrorizm xavfi oldi olinishi va unga qarshi kurash uchun sarflanayotgan pul miqdori ortib bormoqda. Hisob-kitoblar 2018 yilda terrorchilik jahon iqtisodiyotiga 34 mlrd dollar zarar keltirgan”, deyiladi ma'lumotda.
Iqtisodiyot va tinchlik institutining Yaqin Sharq va Yevropa bo‘yicha direktori Serj Strubentsning ta'kidlashicha, so‘nggi 20 yil ichida G‘arb tashqi siyosati va G‘arbning aralashuvi dunyoning turli mintaqalarida terrorizm darajasiga ta'sir ko‘rsatgan.
Sarvar Anvar o‘g‘li
Manba: qalampir.uz
“Musulmon birodarlar” terrorchi tashkiloti harakatga munosabat.
XX asrning so‘ngi yillariga kelib diniy uyushma sifatida ochiq faoliyat yuritgan “Musulmon birodarlar”ning siyosiy qanoti terrorizimdan voz kechib, diniy-siyosiy partiyaga aylangani e'lon qilindi va jamiyatdagi ta'siri yanada kengayib bordi.
“Musulmon birodarlar” tashkilotining terrorchilik harakatlarida ishtiroki.
“Musulmon birodarlar” tashkilotining shakillanishiga nazar tashlasak, uning turli davrlarda vaziyatga qarab o‘zgarib borganiga guvoh bo‘lamiz. Agar tashkilot tarixining dastlabki bosqichlarida, kishilarni o‘ziga jalb qilish maqsadida, xayr-ehson ma'rifatchilik ishlariga ko‘proq etiborni qaratgan bo‘lsa, keyinchalik bu jarayon siyosiy tus ola boshladi.




















