Terrorizm bir yilda dunyo iqtisodiyotiga qancha zarar keltiryapti?
Global terrorchilik 2018 yilda kamroq odamning halokatiga sabab bo‘ldi, biroq uning iqtisodiy va ijtimoiy ta'siri keng ko‘lamni egalladi. Bu haqda Iqtisodiyot va tinchlik institutining Global terrorchilik indeksi ma'lumotnomasida keltirilgan.
Unda keltirilishicha, terrorizm qurbonlarining umumiy soni ketma-ket to‘rt yil davomida 15.2 foizdan kamayib 2018 yilda 15 912 kishini tashkil etdi. Bu 2014 yilga nisbatan 53 foizga kam degani.
Ko‘rsatkichlarning pasayishida Yaqin Sharqdagi urushlarda qozonilgan g‘alaba hamda mintaqadagi harbiy harakatlarning imkon qadar kamaytirilishi sabab etib ko‘rsatilgan.
“Shunga qaramay, dunyo bo‘ylab terrorizm xavfi oldi olinishi va unga qarshi kurash uchun sarflanayotgan pul miqdori ortib bormoqda. Hisob-kitoblar 2018 yilda terrorchilik jahon iqtisodiyotiga 34 mlrd dollar zarar keltirgan”, deyiladi ma'lumotda.
Iqtisodiyot va tinchlik institutining Yaqin Sharq va Yevropa bo‘yicha direktori Serj Strubentsning ta'kidlashicha, so‘nggi 20 yil ichida G‘arb tashqi siyosati va G‘arbning aralashuvi dunyoning turli mintaqalarida terrorizm darajasiga ta'sir ko‘rsatgan.
Sarvar Anvar o‘g‘li
Manba: qalampir.uz
Kiritilgan vaqti: 17/01/2020 15:31; Ko‘rilganligi: 1049
Chop etilgan vaqti: 05/10/2024 12:16