O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

ILMGA JIDDU-JAHD

 
 

U tug‘ilganidan keyin ikki yil o‘tib, Alloh taolo unga shunday dedi:

“Ey Yahyo, kitobni (Tavrotni) quvvat bilan ol!” – ya'ni jiddu-jahd bilan.

“Va biz unga hukm (payg‘ambarlik) ato etdik” – ya'ni u uch yoshida payg‘ambarlikka sazovor bo‘ldi.
(Maryam 12-oyat)
Tafsiri Jalolayn

Hikmat egalaridan shunday so‘zlar kelgan:

“Jiddu-jahd orqali har bir mehnatkash muvaffaqiyatga erishadi. Lekin jiddiyatsiz kimdir muvaffaqiyatga erisha oladimi?”

“Necha-marta qullar hur insonlar o‘rnida, hurlar esa qullar o‘rnida turib qolgan.”

“Har kim bir ishni talab qilsa va jiddu-jahd bilan harakat qilsa, unga erishadi. Eshikni doimo taqillatgan odam, oxiri uni ochadi.”

“Qanchalik mehnat qilsang, shunchalik orzu-umidlaringga erishasan.”

Shuning uchun ilm olish va fiqhni o‘rganishda uch kishining jiddu-jahdi talab etiladi:
1. Tolibi ilm
2. Ustoz
3. Agar tirik bo‘lsa, otasi


Kiritilgan vaqti: 02/04/2025 14:08;   Ko‘rilganligi: 222
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/ilmga-jiddu-jahd
Chop etilgan vaqti: 21/09/2025 01:11
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing