SALMON FORSIY Haqiqat izlovchi (3-qism)
Rasululloh maslahat uchun as'hoblarini to‘pladilar. Madinani himoya qilish kerak. Ammo qanday qilib? Mana shu payt Payg‘ambarimiz oldilariga baland bo‘yli, sochlari qalin bir yigit keldi. Bu yigitni Rasululloh yaxshi ko‘rar va hurmat qilar edilar. Bu yigit Salmon Forsiy edilar. Salmon bir tepalik ustiga chiqib, Madina tomonga sinchiklab nazar tashladi. Qarasa, Madina hamma tarafdan qoya va tog‘lar bilan o‘ralgan, faqatgina uning bir tarafi ochiq ekan. Dushman xuddi shu tarafdan hujum qilishi mumkin va bu ularga qulay edi. Salmon Forsiy o‘z yurti, ya'ni Forsda jang sirlari va mahoratlarini puxta o‘zlashtirgan edi. Shu sababli u Rasulullohga hali arab qavmi bilmagan va ko‘rmagan bir rejani oshkor etdi. Bu rejaga ko‘ra, Madinaning ochiq turgan tarafiga xandaq qazish lozim edi. Agar mana shu g‘azotda xandaq qazilib, mushriklar yo‘lini to‘silmaganda, musulmonlar taqdiri nima bilan yakun topishini Allohning o‘zi biladi.
FARZAND TARBIYASI MAS'ULIYATI
Farzand Alloh taoloning bandalariga bergan ulkan ne'matlaridan biridir, bu ne'matni shukrini ado qilish har birimizning zimmamizdagi eng asosiy burchlarimizdan biri hisoblanadi. Uni asrab–avaylab, chiroyli tarbiyalab kamolga yetkazish esa bu ne'matning oliy shukronasidir.
Isrofgarchilik va manmanlikka yo‘l qo‘ymang
So‘ngi paytlarda o‘tkazilayotgan maraka va marosimlarda milliy va diniy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan ba'zi odatlar uchrab turganining guvohi bo‘lmoqdamiz. Misol uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqni tug‘ruqxonadan olib chiqishdagi dabdababozlik yoki beshik to‘yi deb qilinayotgan sarf xarajatlar kundan-kunga kattalashib, isrofgarchilik avjiga chiqmoqda. Xalqimiz orasidan bunday holatni “Beshik to‘yi, isrofgarchilikning eshik to‘yi”mi deb aytayotganlarni ham eshitib qolamiz. Zero, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam “Allohning nozu ne'matlaridan xohlagancha yeb-ichinglar, xayru ehson qilinglar, kiyinib yasaninglar, lekin isrofgarchilik va manmanlikka yo‘l qo‘ymangizlar!” (Imom Ahmad rivoyati) deb aytganlar.
Abdurashid qori Bahromov
1953 yili Andijon shahrida tug‘ilgan. 1975-1979 yillari Buxorodagi “Mir Arab” madrasasida tahsil oldi. 1979-81 yillari Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom oliy ma'hadida tahsil oldi.1979 yildan oliy ma'hadda mudarris, “Tilla Shayx” jome masjidida imom-xatib bo‘lib ishladi. 1997 yildan 2006 yilgacha O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimida xizmat qildi. “Islom ma'rifati” nomli kitobi chop etilgan. Bir necha kitoblarni arabchadan o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 2011 yili vafot etgan.
"O‘zbekiston musulmonlari idorasi" kitobi, 17-bet.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Muxtorjon Abdulloh Buxoriy
1928 yili Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Buxorodagi “Mir Arab”, Toshkentdagi “Baroqxon” madrasalarida, Suriyadagi Damashq jomeining shariat bo‘limida tahsil oldi.
TINCHLIK NE'MATI
Insoniyat o‘z taraqqiyotining barcha bosqichlarida, avvalo tinchlik-totuvlikka intilib kelgan. Insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlari jamiyatning tinchlik-totuvlik sharoitiga chambarchas bog‘liqdir. Shu boisdan ham yurt tinchligi – bebaho ne'mat, ulug‘ saodatdir, barqaror taraqqiyot garovidir. Tinchlik – Vatanimizning dunyo siyosiy maydonida olib borayotgan asosiy g‘oyalaridan biridir, zero tinchlikni saqlash umumbashariy masala hisoblanadi. Albatta, tinchlikka o‘z-o‘zidan, yoki balandparvoz so‘zlar bilan erishib bo‘lmaydi, uni izchil va qat'iy harakatlar va ayni vaqtda dunyoning siyosiy maydonida sodir bo‘layotgan jarayonlarni tafakkur qilib uzoqni ko‘ra olish orqali ta'minlash mumkin. Yurtimiz ham mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab tinchlik-totuvlikni o‘z siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deb e'lon qildi va o‘tgan yillar mobaynida bu yo‘ldan og‘ishmay dadil qadamlar bilan taraqiyot sari intilmoqda.
MOLIKIYLIK
Mazhab asoschisi Imom Molik ibn Anas (713-795) Madinada tug‘ilib, o‘sha yerda vafot etgan. U zot Madina huquqiy maktabiga asoslanib sunniylikdagi keng tarqalgan mazhablardan biri molikiylikka asos solgan. Mujtahid olimning “Muvatto” asari mazhab tamoyillarini atroflicha qamrab olgan. Keyinchalik ushbu asarga qator sharhlar yozilgan.
OILANG TINCH – SEN TINCH
Inson aslida baxt va ezgulik uchun dunyoga keladi, shu orzu-umid bilan yashaydi. Lekin bu bilan ish bitmaydi, u niyatiga yetishi uchun intilishi, g‘ayrat ko‘rsatishi, yaxshilik ko‘rishi uchun yaxshilik qilishi lozim. Insonning shakllanishida, hayotda o‘z o‘rnini topishi, el-yurt ichida izzat-hurmatga sazovor bo‘lishi va yuksak odob-axloq qoidalarini o‘zida mujassam etishida oila asosiy o‘rinni egallaydi.
Ijtimoiy-axloqiy tarbiyada hadislarning ahamiyati
Alloh taoloning insoniyatga ato etgan eng buyuk in'omi, bu Muhammad alayhissalomni payg‘ambar qilib yuborish bilan bashariyatni jaholatdan ma'rifatga, zalolatdan hidoyat sari olib boradigan yo‘llarni ochiq va ravshan ko‘rsatib berganligidir. Darhaqiqat, Payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi va sallam insoniy fazilatlar borasida insoniyat uchun yuksak bir namunani taqdim qildilar. U zotning siyratlari, xulqlari asrlar osha ahli iymonga o‘rnak va dasturul amal bo‘lib kelmoqda. Hatto, Yaratgan zot Alloh taolo Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi va sallam (sollallohu alayhi vasallam)ni O‘zining eng mahbub bandasi va ulug‘ xulq sohibi ekanliklarini bizlarga ma'lum qilib: “Albatta, Siz buyuk xulq uzradirsiz!” (Qalam, 4) deya u zot barokoti, axloqi tarbiyalari bilan butun insoniyat uchun namuna bo‘ladigan darajada ekanligini bildirdi.
Hanafiylik
Mazhab asosochisi Abu Hanifa No‘mon ibn Sobit bo‘lib, “Imom A'zam” laqabi bilan shuhrat qozongan. U zot Kufa shahrida (699-767) tavallud topib, o‘sha yerda vafot etgan. Ustozi Sha'biydan kalom, hadis, tafsir, fiqh ilmlarini mustahkam egallab, ular orasida ayniqsa fiqh ilmiga katta qiziqish bilan qaraydi. Abu Hanifa yashagan davr Umaviylar va Abbosiylar sulolasining davlat boshqaruvi vaqtlariga to‘g‘ri keldi. Abu Hanifa Qur'oni karim, sunna, sahobiylar so‘zlari, qiyos, istehson, ijmo', urf kabi fiqhiy manba va uslublarga ko‘ra hukum chiqargan. Abu Hanifa asos solgan hanafiylik mazhabi sakkizinchi asr o‘rtalarida tarqala boshlab, nafaqat Kufa, balki, Iroq, Jazoir, Tunis, Marokash, Indoneziya, Malaziya, Eron, Movarounnahr, Xuroson, Afg‘oniston, Hindiston, Pokiston, Turkiya va boshqa mamlakatlarga tezda tarqalib ulgurdi.
ISROFNING ZARRASI HAM – HAROMDIR
Bir holatni barchamiz kuzatganmiz: qo‘ng‘iz o‘zidan bir necha barobar katta guvalakni tepalikka olib chiqishga chiranadi. Ming bir mashaqqat bilan surib ketilayotgan guvalak oxir-oqibat ortga yumalab, qo‘ng‘izni bosib qoladi. Jonivor halok bo‘lmasa-da, oyog‘idan, “qo‘li”dan ayrilishi yoki nogiron bo‘lib qolishi mumkin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
1952 yili Andijon viloyatining Buloqboshi qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘rta maktabda o‘qish bilan birga otasi Muhammad Yusuf hojidan diniy ta'lim oldi. Buxorodagi “Mir Arab” madrasasi, Toshkentdagi Islom oliy ma'hadini bitirib, “Sovet sharqi musulmonlari” jurnalida ishladi.




















