Maqolalar

Moturidiyga tosh otmang!

Imom G‘azzoliy ahli sunna val-jamoa aqiydaviy mazhabining tarixi haqida so‘z yuritib quyidagilarni yozadi: “Kalom bir ilm bo‘lib, uning maqsadi ahli sunnaning aqiydasini ahli bid'atning tashvishidan muhofaza qilish va qo‘riqlashdir. Alloh taolo O‘z bandalariga O‘z payg‘ambari tilida haq aqiydani ilqo qildi. Unda ularning dini va dunyosining salohi bordir. Shuningdek, uning haqida Qur'on va xabarlar nutq qildi. So‘ngra shaytonlar o‘z vasvasasi ila bid'atchilarga sunnatga xilof ishlarni ilqo qildi. Ular o‘sha ishlarni gapirdilar va ahli haqning aqiydasini buzmoqchi bo‘ldilar. 

 

Quvvatli inson jamiyat uchun manfaatlidir

Taraqqiyot hayotni o‘zgartiradi, dunyoqarashimiz, tutumlarimizga yangi havo olib kiradi. Yashash qonuniyati shunday. Maqsad esa bitta — yaxshi yashash va qulay muhitda uzoq umr ko‘rish. Buning uchun esa sog‘lom hayot tarziga amal qilish talab etiladi. Aslida bu juda oson: to‘g‘ri ovqatlanish, ko‘proq piyoda yurish, badantarbiya mashqlarini bajarish, illatlardan yiroq bo‘lish. Bunday kishilarning qalbi va ruhiyati ham poklana boradi. Sog‘lom turmush tarzi, jismoniy faollik diniy e'tiqodlarda ham qo‘llab-quvvatlanadi.

 

IMOM MOTURIDIY ADASHMAGAN

Keyingi vaqtlarda “Moturidiylar, Ash'ariylar adashgan” qabilidagi ijtimoiy tarmoqlarda turli xil ma'ruzalar ko‘payib qolgan. Jumladan, yaqinda Abdulloh Zufar nomli shaxsning “Alloh qayerda? Moturidiy va Ash'ariylar” mvzusidagi suhbatini tingladim.  Bu kabi ma'ruzalarni eshitgan sari, aytayotgan gaplari hech bir ilmiy asosga ega emasligini tushunib borarkanman, ko‘plab savollar qiynay boshlaydi. Nima uchun yetarlicha diniy ilmga ega bo‘lmagan, savodsiz bir kimsalar mujtahid imomlarning yo‘llarini xato deb aytmoqdalar? Ularning maqsadlari nima? Nima uchun o‘n asrdan ziyod vaqtdan buyon bir jamoa bo‘lib, “Hidoyat imomi” deya o‘zlari nom bergan imomga ergashib kelayotgan musulmonlarni va allomalarni endi ular adashgan demoqda? Ular nahotki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Alloh taolo ummatimni hech qachon zalolat ustida jamlamaydi” (Imom Hokim ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan), degan hadislaridan ko‘r-ko‘rona ko‘z yumadilar? Vaholanki, bugungi kunda dunyodagi musulmonlarning 92,5 foizi Ahli sunna val jamoa mazhabidadir. Ya'ni,  Moturidiy, Ash'ariy yo‘nalishida amal qilib kelmoqda. Agar bu mazhab xato yo‘nalishda bo‘lsa edi, Alloh taolo uning umrini uzoq va unga ergashuvchilar safini bunchalik ko‘p qilib qo‘ymagan bo‘lar edi-ku?

 

UCHINCHI RENESANS – UYG‘ONISHGA UNDAYDI

Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo salollohu alayhi vasaalamga nozil bo‘lgan ilk “Alaq” surasi “Iqro” degan kalom bilan boshlangan. Bu – o‘qi degani. Keyin, ilmini ziyoda etishligini so‘rash marhamat qilingan. Ilm istash aslida mashaqqatli yumush.  Mirzo Bedil uni poyonsiz ummonga o‘xshatib, kimki suvning tubiga chuqur sho‘ng‘isagina marvarid terishi mumkinligini ta'kidlagan. Shukrki, o‘tmishimiz mana shunday benazir zotlarga boy. Tariximiz tarxida ro‘y bergan ikkita renesans davri ana shuning yaqqol tasdig‘idir. Olimu allomalarimiz fanning qaysi yo‘nalishida mashg‘ul bo‘lishmasin  dunyoga dovruq taratganlar. “Ustoz ul-arab val-ajam” – Mahmud Zamaxshariy arablarga arab tilini o‘rgatgan olim sifatida musulmon sharqida mashhur. Imom Buxoriyning “Al-Jomi' as-sahih" asari Qur'oni karimdan keyin turguvchi muhim manbaa sifatida talqin qilinadi.  Ahmad Farg‘oniy Nil daryosining  sathini belgilovchi asbob yasab – nilometrga asos solgan; asarlari “Alfraganus” nomi bilan tarjima qilinib Yevropaning bir qator universitetlarida darslik qo‘llanma sifatida amalda bo‘lgan. Ibn Sino – meditsina asoschisi,  Abu Rayhon Beruniy bobomiz esa Xristofor Kolumbdan bir necha asr muqaddam ulkan ummon ortida quruqlik borligini bashorat qilib – Amerika zaminini ochgan. Amir Temur Sohibqironga farangistonda Yevropaning xaloskori sifatida tilladan haykal qo‘yishgan bo‘lsa, Ulug‘bek Mirzoning dahosi va betakror zakosi butun dunyoga falakiyot ilmidan hozirga qadar saboq berib keladi.

 

Payg‘ambarimiz alayhissalomning odob-axloqlari

Bizlarni payg‘ambarlarning oxirgisi bo‘lgan Muhammad alayhissalomning ummatlaridan qilgan Alloh taologa cheksiz hamdu-sanolar bo‘lsin.

Hayotlarining har bir lahzasi biz uchun ibrat manbai bo‘lgan habibimiz va shafoatchimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamga salovotu salomlar bo‘lsin.

 

Ibratli dunyo

Alloh taolo inson zotini aziz va mukarram qilib yaratganini o‘zining kalomida ta'kidlaydi. Jumladan:”Biz insonni aziz va mukarram qilib yaratdik”, deb marhamat qilgan. Mana shu azizlikka musharraf bo‘lishlik uchun inson yaratuvchisining ya'ni, Alloh taoloning itoatida va ibodatida qoim bo‘lishi lozim. Shundagina inson oliy maqomga, azizlikka yetishadi. Yer yuzi inson uchun qarorgoh qilib berilgan. Mana shu qarorgohni obod qilish, unda istiqomat qilish insonga taqdir qilingan. Insoniyat dunyo yuzini ko‘rgandan beri boshidan turli holatlarni o‘tkazdi. Ko‘rgan kechirganlari tarixga aylandi. Oqil inson o‘tmishdagi holatlardan o‘ziga kerakli xulosalarni chiqarmog‘i lozim.

 

Jannatga kiritadigan bir nechta amal

Baro ibn Ozib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sallohu alayhi vasallamning huzurlariga bir a'robiy keldi va:
“Meni jannatga kiritadigan amalni o‘rgating”,-dedi.
“Gapni qisqa qilsang ham,so‘rovini keng qilding. Jonni ozod qil. Bo‘yinni yech”,-dedilar.
“Yo Rasululloh! Ikkisi bir emasmi?”-dedi.
“Yo‘q! Jonni ozod qilish bir o‘zing uni qullikdan chiqarishingdir. Bo‘yinni yechish bahosida yordam berishingdir.Serfoyda maniha . Zolim qarindoshga qaytish. Agar bunga qurbing yetmasa, ochga taom ber. Chanqoqni serob qil. Amru ma'ruf qil. Nahiy munkar qil. Bunga ham qodir bo‘lmasang,tilingni yaxshilikdan boshqadan tiy”-dedilar”.

 

Birniki mingga, mingniki tumanga…

Loqaydlik inson umriga o‘xshaydi. Farqi, u o‘z nihoyasiga yetganda, butun borliqni halok qiladi. Guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, jamiyatdagi odamlarni bir xil ijobiy sifatlay olmaymiz. O‘zining qusuri bilan nafaqat hayoti, balki borliq, butun insoniyat uchun xavf tug‘diradigan kimsalar ham talaygina. Ular ichida eng yomoni loqayd odamlardir.

 

Amir Temur tomonidan masjid-maqbaraga sovg‘a qilingan shamdonlar

Vatanimiz tarixidagi 31 yanvar sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1907 yil (bundan 114 yil oldin) – Turkiston general-gubernatori devonxonasi boshlig‘i Toshkent shahar hokimiga maxfiy xat yo‘lladi. Unda shahar hokimiga shaxsan imperatorning topshirig‘ini tushuntirilgan edi. Unga ko‘ra, Ahmad Yassaviy masjidi shayxlari bilan mazkur masjid-maqbaraga Amir Temur tomonidan sovg‘a qilingan, o‘sha vaqtda oltitadan beshtasi mavjud bo‘lgan bronza shamdonlarni Peterburgdagi Ermitaj muzeyiga berish to‘g‘risida muzokara olib boradigan e'tiborli va ishonchli mahalliy vakilni tavsiya etishni so‘radi.

 

Er-xotinning ikki ota-onasi

Shari'atning bir mas'alasi shuki, nikohdan oldin erning bir otasi va bir onasi bo‘ladi. Lekin nikohdan keyin, endi, uning ikki otasi va ikki onasi bo‘ldi. Ya'ni, uning qaynonasi ona va qaynotasi ota kabidir. Xuddi shunday to‘ydan oldin qizning bir onasi va bir otasi bor edi.

 

Bir hadis sharhi

Ibni Umar Roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz (s.a.v) marhamat qilib aytdilarki: “Islom beshta ustun ustiga qurildi. Birinchisi “La ilaha ilalloh, Muhammadun rasulalloh”, deb shahodat berishlik. Ikkinchisi namoz o‘qish. Uchinchisi zakot berishlik va to‘rtinchisi haj qilishlik va beshinchisi ramazon oyining ro‘zasini tutishlikdir”.

 

Etiborli bo‘laylik, ko‘zimizni ochaylik, aldanib qolmaylik.

O‘zlarini din himoyachisi qilib ko‘rsatadigan, ularning xatolarini fosh qilgan ahli ilmga tosh otadigan buzg‘unchilar avval ham bo‘lganmi? Ha bunday noxush holatlar avval ham bo‘lgan. Ular hatto ulamolarning ustozi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ham qarshi da'vo bilan chiqishgan.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing