O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Buyuk allomalar

Sihohi sitta. 2-qism. Imom Muslim

 
 

Mashhur olti muhaddis bir davrda yashab o‘tishgan bo‘lib, ularning barchasi tabaa tobeinlarni ko‘rishgan, ulardan hadis eshitib, yozib olishgan. Mazkur zotlar o‘zlari hadis to‘plashgan, ham roviy bo‘lishgan. Imom Buxoriyning sahihiga yaqin bo‘lgan va undan keyingi o‘rinda turadigan «Sahihu Muslim» kitobining sohibi — Imom Muslim.

Bu zot Abul Husayn Muslim ibn Hajjoj Qushayriy Niysoburiydirlar. Buyuk muhaddislar va hadis hofizlaridan bo‘lgan imomlarning biridir. Imom Shofeiy vafot qilgan yil (204 yil) Niysoburda tug‘ildi. Shu yerda ilm talabida bo‘ldilar. Yigit bo‘lgach, hadis talabida Iroq va Hijozga safar qildilar. Ko‘p shayxlardan hadislarni eshitdilar. U kishidan muhaddislar juda ko‘p hadislarni rivoyat qilgan. Kitoblarining mashhuri «Sahihu Muslim», deb tanilgan «Sahih»laridir. Bu kitob hadis bobida eng mo‘tabar deb topilgan olti kitobning biridir. Bu kitobni 15 yil davomida ta'lif etdilar. Imom Muslimning Sahihlari hadislarning quvvati va martabasida Buxoriyning Sahihiga yaqin bo‘lib, undan keyingi o‘rinda turadi. Ko‘p olimlar bu kitobni sharhlaganlar.

Yana u kishining kitoblaridan: «Tabaqot», «Jome'», «Ismlar» va  bosmadan chiqmagan ko‘lyozma holidagi kitoblari bor.

Hijriy 261 yilda 57 yoshlarida Niysobur yaqinidagi Nasrobod shahrida vafot etdilar. U kishini Alloh rahmat qilsin.

O‘MI Samarqand viloyati vakili o‘rinbosari, Xayrulloh Sattarov tayyorladi.


"Sihohi sitta" turkumidagi maqolalar

Sihohi sitta. 1-qism. Imom Buxoriy

Sihohi sitta. 2-qism. Imom Muslim

Sihohi sitta. 3-qism. Imom Abu Dovud

Sihohi sitta. 4-qism. Imom Termiziy

Sihohi sitta. 5-qism. Imom Nasoiy

Sihohi sitta. 6-qism. Imom Ibn Moja


Kiritilgan vaqti: 28/07/2019 08:51;   Ko‘rilganligi: 3188
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/reference/scholars/sihohi-sitta-2-qism
Chop etilgan vaqti: 14/11/2024 08:55
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing