Saxovatli insonlar
Bugungi murakkab vaziyatda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan xayrli tadbirlar, tashabbuskor, saxovatpesha kishilarning amaliy sa'y-harakatlari ko‘lami bardavom bo‘lib bormoqda. E'tiborlisi, ana shunday sinovli kunlarda hech kim mehr-e'tibordan chetda qolmayapti.
Xayrli ishni xar kim xar kun qilishi kerak
بسم الله الرحمن الرحيم
Ehson qilish eng oldin sizni tug‘ib katta qilgan, yedirib-ichirgan, kiyintirgan, chiroyli ta'lim, xulqu odob o‘rgatgan, kamolga yetkazib uyli-joyli qilgan ota-onadan boshlanadi. Imom Nasafiy va Xozin tafsirlarida zikr qilinishicha, farzand uchun ota-onaning maqomi shunchalar ulug‘ki, u ota-onani nomi bilan chaqirmay, balki «otajon, onajon» kabi shirin so‘zlar murojaat qilishi, ularni ranjitadigan gaplarni gapirmasligi, ular oldida o‘zini hokisor tutishi lozim. Shundan keyin qarindosh-urug‘lar, o‘zgalar mehr-muruvvatiga muhtoj bo‘lib qolgan yetimlar, kambag‘al-faqirlar, safarda aziyat chekayotgan musofirlarga ehson qilinadi.
YAXSHILIKNING MUKOFATI DOIM YAXSHILIKDIR!
Allohning hukmi bilan insonlar moddiy imkoniyatlariga ko‘ra turli toifalarga bo‘lindi. Albatta Alloh barchani boy qilishga qodir bo‘la turib ularni boy va kambag‘al qilib qo‘yishida juda ko‘p hikmatlar bor. Alloh ba'zilarga rizqni keng va ba'zilarga esa tor qilib berganidagi asosiy hikmatlardan birini bayon qilib shunday deydi:
وَلَوْ بَسَطَ اللَّهُ الرِّزْقَ لِعِبَادِهِ لَبَغَوْا فِي الْأَرْضِ وَلَكِنْ يُنَزِّلُ بِقَدَرٍ مَا يَشَاءُ إِنَّهُ بِعِبَادِهِ خَبِيرٌ بَصِيرٌ
ya'ni: «Agar Alloh bandalarining rizqlarini keng-mo‘l qilib yuborsa, albatta, ular yer yuzida tajovuzkorlikka o‘tib ketgan bo‘lur edilar. Lekin U o‘zi xohlaganicha o‘lchov bilan (rizq) tushirur. Albatta, U bandalaridan xabardor va (hamma narsani) ko‘rib turuvchidir». (Sho‘ro surasi 27 oyat).
YAXSHILIK QILISHDA MUSOBAQALASHING!
Ushbu biz yashab turgan ajib dunyo o‘zi shundoq tuzilganki, bu hayoti dunyoda qiyinchilik bilan kun kechiradigan, kambag‘al, bechora kishilar doimo uchrab turadi. Bunday holat oldin ham va bundan kiyin ham bo‘lishi muqarrardir. Lekin, ushbu kishilarga nisbatan boshqa mo‘min-musulmonlar hech qachon befarq bo‘lmaydi va qanday munosabatda bo‘lish kerakligini ham unutmaydi. Chunki mo‘min-musulmon oyati karima va hadisi shariflardan kambag‘allikdan qiynalgan va mashaqqat chekkanlarga yordam qo‘lini cho‘zganlarga qanday mukofotlar borligini yaxshi biladilar.
Xayirli ishlar davom etmoqda!
Qancha qancha og‘ir damlarni boshidan matonat bilan o‘tkazgan xalqimiz bugungi vaziyatda ham irodasini namoyon qilmoqda. Mana kuni kecha Alloh taloning inoyati bilan 7 nafar bemorlar koronavirus epidemisidan tuzaldilar.




















