Imom xatiblarning mas’uliyati belgilandi
Joriy yilning 12-sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha masjid imom xatiblari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Ijtimoiy ma’naviy muhit barqarorligini saqlashga barchamiz mas’ul
Joriy yilning 7 sentyabr kuni “Joylarda ijtimoiy-ma’naviy muxit barqarorligini saqlash va diniy vaziyatni sog‘lomlashtirishda “Haj” ziyoratiga borib kelgan fuqarolar hamda boshqa mutasaddilarning faolligini oshirish yuzasidan suhbatlar o‘tkazish” boshlandi.
YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi hamda vakillik tasarrufidagi jome masjid imom xatiblari tomonidan joylarda yangi o‘quv yili munosabati bilan o‘quv muassasalarida birinchi dars boshlanishidan oldin o‘quvchi yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv tadbirlarida qatnashdilar. Imom xatiblarimiz tomonidan “Vatanni sevmoq iymondandur”, “Ilm olish har bir yosh avlod uchun farzdir” mavzularida suhbatlar qilib berildi. Darhaqiqat, yurt kelajagi yoshlarimizni qo‘lidadir. Shu boisdan o‘sib kelayotgan farzandlarimizni vatanga munosib voris bo‘lishi yo‘lida ota-onadan maktab muallimigacha bo‘lgan har bir shaxs mas’uldir. Zero, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam muborak hadislarida “Har biringiz qo‘l ostidagilaringiz to‘g‘risida so‘raluvchisizlar”, deb marhamat qilganlar. Shunday ekan yoshlarimiz taqdiri to‘g‘risida g‘am-tashvish qilmoqlik, bu borada sa’y-harakat qilmoqligimiz barchalarimizning zimmamizdagi burchdir.
O‘CHMAS XOTIRA
2 sentyabr. Ushbu sana xalqimiz ongida o‘chmas xotira sifatida saqlanib qolgan. Ushbu kunda xalq qahramoni, yurtimizni istiqlol sari boshlagan buyuk yo‘lboshchi, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov dunyo hayotidagi so‘ngi manzilga kuzatilgan kundir.
Navbatdagi sayyor yig‘ilish Pastdarg‘om tumanida bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 28 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan joylarda masjidlar faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari va Pastdarg‘om tumanidagi mavjud 24 ta masjid imom xatiblari ishtirokidagi navbatdagi sayyor yig‘ilish Pastdarg‘om tuman “Islom nuri” masjidida bo‘lib o‘tdi.
Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
بسم الله الرحمن الرحيم
الحمد لله رب العالمين والصلاة والسلام على أشرف المرسلين
IBODATLARIMIZNI MAQBUL AYLASIN
2018 yil 21 avgust. Musulmon olami bu kunda islom dinidagi eng buyuk bayramlardan biri – Qurbon hayiti bayramini nishonladilar.
Masjid va qabristonlar obod etildi
2018 yil 18 avgust kuni viloyatimizdagi barcha masjid va ziyoratgohlar, masjidlarga tutash qabristonlarda ommaviy hashar tashkil etildi.
MURUVVAT UYIDA BAYRAM (ANANA DAVOM ETADI)
Xalqimiz suyib nishonlaydigan har bir bayram borki, ushbu bayramlar Urgut tumanidagi “Muruvvat uyi”da alohida xursandchilik bilan kutib olinadi. Sababi, Urgut tuman bosh imom xatibi Shodi domla Haqberdiyev bayramlar arafasida tumandagi saxovatpeshalarni jalb qilgan holda muruvvat uyida istiqomat qilayotganlarga bayram ziyofati tashkil etishni ananaga aylantirgan.
Mas’uliyatimizni oshiraylik
Samarqand viloyatida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, fuqarolar, shu jumladan yoshlarni turli ekstremistek oqimlar ta’siridan har tomonlama himoya qilish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishda imom xatiblar, mahalla fuqarolar yig‘inlari va mutasaddilarning mas’uliyatini oshirish hamda ularning o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Samarqandlik hojilarni kuzatish nihoyalandi
9 avgust kuni “Haj-2018” mavsumi doirasida samarqandlik hojilarning so‘ngi guruhlarini viloyat xalqaro aeraportidan Saudiya Arabistoni tomon tantanali kuzatuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Dastlab, aeraport yonidagi go‘zal mehmonxona hovlisida ziyofat dasturxoni tashkil etilib, bo‘lajak hoji ota va hoji onalarning duolari olindi. Viloyat rahbarlari va barcha kuzatuvchilar tomonidan safarlari bexatar bo‘lishini, muqaddas Makka va Madina zaminlariga borganlarida yurtimiz, xalqimiz haqqiga ko‘plab duolar qilishlarini so‘rab, oq yo‘l tilandi.
Hajingiz mabrur bo‘lsin
Joriy yilgi haj mavsumi ham boshlandi. Yurtdoshlarimiz pokiza qalb ila birin-ketin Saudiya Arabiston tomon otlanmoqdalar. Har yilgidek bu gal ham hukumatimiz tomonidan yuqori ehtimom bilan hojilar kuzatish ishlari tashkil etilyapti.
Haj safariga otlanayotganlar Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilishdi
Joriy yilgi Haj mavsumi ham boshlanish arafasida. Barcha safarga shay, jomadonlar taxt holda, bo‘lajak hojilarimiz haj arkonlarini puxta o‘rganishga harakat qilmoqdalar. Guruh rahbarlari tomonidan ham ularni hajga tayyorlash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinyapti.
YIG‘ILISHLAR SAYYOR SHAKLDA O‘TKAZILA BOSHLANDI
O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi joylarda masjidlar faoliyatini takomillashtirish, imom-xatiblarni ruhlantirish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishlarni sayyor shaklda o‘tkazishni joriy qildi.
Ijtimoiy muhit barqarorligida hojilarning o‘rni beqiyos
21-23 iyun kunlari Samarqand viloyati bosh imom xatibi Z.Eshonqulov joylarda bo‘lib, haj ziyoratchilari ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.




















