Muftiy hazratlari “El yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandilar
Uzoq yillardan buyon diniy faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan, muqaddas islom dinimiz ma'rifatining tolmas targ‘ibotchisi, yurtimiz masjid va madrasalari diniy ta'lim tizimida islohotlarni amalga oshirish, xalqimizga diniy ma'rifatni yetkazishda uzoq yillardan buyon mehnati singib kelayotgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari bugun, 6 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “El yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandilar.
Ushbu mukofat bilan O‘zbekistondagi barcha musulmonlar nomidan muftiy hazratlarini muborakbod etamiz.
Navbatdagi Samarqandlik ziyoratchilar jo‘nab ketishdi
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
«Ibn Abbos roziyallohu anhumo:
«Albatta, u (umra) uning (hajning) Allohning Kitobidagi dugonasidir. «Alloh uchun haj va umrani tugal ado eting», dedi».
Ta'ziya izhor qilamiz
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi, Imom Buxoriy jome masjidi va barcha imom-xatiblar Payariq tuman “Imom al-Buxoriy” jome masjidi fidoiy xodimi (mutavallisi) Doniyarov Maqsudjonning (1981) vafoti munosabati bilan marhumning yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor etib, hamdardlik bildiradi.
Alloh subhanahu va taolo marhumning barcha dinimiz yo‘lida qilgan xayrli ishlari hamda solih amallarini husni qabul aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Oxiratlarini obod qilib, ajru mukofotlarini ko‘paytirsin va yaqinlariga chiroyli sabr bersin.
(Janazo nomozi Ishtixon tumani Metan massivi yaqinidagi Oxunboboyev mahallasi Qirqoy qishlog‘ida soat 14:00da o‘qiladi)
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji'uun.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Yoshlarni nikohlab qo‘yish bilan mas'uliyat nihoyasiga yetmaydi
Jomboy tuman "Ibrohim ota" jome masjidi imom xatibi Anvar Ahmedov tuman "Oila" ilmiy amaliy tadqiqot markazi bilan hamkorlikda Jomboy maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji binosida “Yoshlarni oilaga tayyorlash” o‘quv mashg‘ulotida ishtirok etdi.
Samarqand tumanida Yosh kitobxon maskani faoliyatini boshladi
Samarqand tumani “Xo‘ja Ahror Valiy” mahallasida “Yosh kitobxon maskani” nomli kutubxona o‘z faoliyatini boshladi.
“Samarqandlik allomalar” kitobida 140 ga yaqin olim va diniy ulamo haqida ma'lumot berilgan
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari tomonidan tayyorlanib “Jaholatga qarshi ma'rifat” rukni ostida chop etilgan kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.
Unda tarixchilar, islomshunos, sharqshunos olimlar, soha mutaxassislari, diniy idora va tashkilotlar vakillari, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti tadqiqotchilari va talabalari ishtirok etdi.
Narpay tumanida imom xatiblar, otinoyilar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Narpay tumanining 18 ta jome masjidida 25 nafar imom-xatib va imom noiblari, 18 nafar otinoyilar faoliyat yuritmoqda. Barcha soha kabi diniy soha mutaxassislari oldida ham bir qancha mas'uliyatli vazifalar turibdi. Narpay tuman hokimligi yig‘ilishlar zalida tuman hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari, tuman bosh imom-xatibi, tumandagi barcha imom-xatib, imom noiblar va otinoyilar ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘lishda to‘y-marosimlardagi isrofgarchiliklar va bid'at-xurofotlar, erta va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning oldini olish, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, bo‘lajak kelin kuyovlar va ularning ota-onalari bilan suhbatlar o‘tkazish, oilaviy ajrimlarni oldini olish kabi masalalar muhokama qilindi.
Safar oldi mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi tashabbusi bilan Umra ziyoratiga boruvchilarga safar oldi mashg‘ulotlari o‘tkazish odat tusiga kirgan. Ziyoratchilar guruhiga biriktirilgan guruh rahbari ular bilan bir necha marta uchrashib, ziyorat va safarning shartlari va odoblari, mehmonxona va aeroportlarda o‘rnatilgan tartiblar haqida tushunchalar berib boradi. 30 dekabr kuni muborak safarga yo‘l oladigan ziyoratchilarning bir guruhiga boshchilik qiluvchi A. Murodov hamsafarlari bilan uchrashib, zaruriy ko‘rsatma va tavsiyalarni berdi hamda ular uchun taqdim etilgan safar anjomlarini ulashdi.
Islom dini ayolni oliy martabaga ko‘tardi
Moziyga nazar soladigan bo‘lsak, johiliyat davrida ayolga bo‘lgan munosabat nihoyat darajada ayanchli edi. Dunyoning barcha yerida ayol zoti kamsitilgan, xo‘rlangan, qul sifatida sotilgan, sotib olingan, ularning hech qanday moddiy va ma'naviy huquqi bo‘lmagan. Hatto tug‘ilgan qiz bola chaqaloqlar tiriklay ko‘mib yuborilgan
Payg‘ambarimiz (alayhi salom)ning tuyalari cho‘kkan muborak joy
Qubo masjidi Islom tarixida taqvo asosiga qurilgan ilk masjid bo‘lib, Alloh azza va jalla bu haqda Qur'oni karimda bunday marhamat qiladi:
Harbiylar bilan “Oila - muqaddas dargoh” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Samarqand viloyat vakilligi “Oila” IAT markazi viloyat boshqarmasi hamkorligida Markaziy Harbiy okrugda “Oila - muqaddas dargoh” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. “Mustahkam oila – jamiyat tayanchi” shiori ostida o‘tkaziladigan “Oila -muqaddas dargoh” tadbiri zamirida uylanmagan harbiy xizmatchilarni bo‘lajak umr yo‘ldoshini tanlashda yo‘l-yo‘riqlar berish, harbiy xizmatchilar oilalarini jamiyatda nufuzini oshirish, ma'nan sog‘lom oilalarda barkamol yosh avlodni tarbiyalash kabi ezgu maqsad mujassamdir.
Urgut tumanida Otinoyilar mehnati sarhisob qilindi
Otin-ayol-qizlar o‘qituvchisi, din va shariat bilimdoni, shuningdek ayollar o‘rtasidagi diniy marosimlarga boshchilik qiladigan, xalq orasida katta obro‘-e'tiborga sazovor bo‘lgan kayvoni ayol. Bugungi kunda otinoylarning vazifalari doirasi juda kengaygan.
Chekka hududlarda joylashgan masjidlar faoliyati bilan tanishuv bo‘ldi
Ijtimoiy barqarorlikni yanada mustahkamlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash- bugungi kunning talabidir. Bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish esa diniy soha vakillari, ayniqsa, imom-xatiblar faolligi bilan chambarchas bog‘liq.
Jomboy tumanida 11 nafar bolajonlarning sunnat to‘ylari o‘tkazildi
Bugun, 25 dekabr kuni Viloyat bosh imom-xatibining o‘rinbosari, Jomboy tuman “Islomobod” jome masjidi imom-xatibi X.Sattarov boshchiligida ehsonparvar kishilar ko‘magi bilan Jomboy tumanidagi kam ta'minlangan oilalarning farzandlaridan 11 nafar bolajonlarning sunnat to‘ylari o‘tkazildi. Ushbu xayriya tadbirida tumandagi barcha masjid imom xatiblari ishtirok etdi. Bu bilan bolajonlar va ularning yaqinlari qalbiga surur bag‘sh etildi. Holbuki donolardan “Muhtojlarga yordam berishni ertaga surmang, zero sizga yoki unga ertaga nima bo‘lishini bilmaysiz”, degan hikmatli naql bor. Yaxshilik, savob amallarni har kim, har kuni qilishi lozim.
Samarqand viloyati ulamolari Metropoliten qurilishida vafot etganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi
18 dekabr kuni Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida yer o‘pirilishi oqibatida 6 nafar yurtdoshlarimiz qurbon bo‘lgan edilar.




















