O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

ZIKRDAN G‘OFIL QOLMA!

 
 

Imom Sahl rahmatullohi alayh aytganlar: «Dinda istiqomat, siniq ko‘ngil ila Allohga qullik qiling, sihhatli bo‘lishni kutmangiz. Chunki sihatli bo‘lishni kutish tanballikdir».

«Hikom» asarining muallifi Atoulloh Iskandariy rahmatullohi alayh deydilar: «Xushu-xuzuʼ bilan zikr qilolmayapman deya zikrni tashlab qo‘yma! Chunki Allohning zikridan g‘ofil qolishing (zikr etmasliging), Allohni g‘aflat bilan bo‘lsada zikr qilganingdan yomonroqdir. Balki Alloh seni zikridan g‘ofillikdan zikr etishga, zikr etishdan xushu-xuzu ila zikr qilishga, Allohdan boshqa har narsadan uzoqlashib zikr qilishga yuksaltirishi mumkin». «Bu Allohga qiyin emas» (Ibrohim surasi, 20-oyat, Fotir surasi, 17-oyat mazmuni).

Ey birodar, buni ham bilib qo‘y!

«Ibodat va zikr ahliga tavsiyalar» kitobidan.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 23/04/2022 12:30;   Ko‘rilganligi: 749
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/zikrdan-gofil-qolma
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 00:30
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing