O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Жамият

Kiyim – inson ziynati

 
 

Inson o‘zining tashqi ko‘rinishi va libosi bilan guzal bo‘lishga hamisha harakat qiladi. Har bir halqning o‘ziga mos, millatini bildirib turadigan kiyimlariga ega. Hozirgi zamonda kiyimlarning halqaro andozalari ham ishlab chiqilgan bo‘lib, buni “kiyinish madaniyati” deb ham atashadi. Kiyimlarga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar,festivallar va tanlovlar o‘tkaziladi.

Muqaddas Islom dinimizda muayyan bir libos yoki kiyim tanlanmagan. Islom mamlakatlari o‘zlarining iqlimi va sharoitidan kelib chiqqan holda kiyinishadi. Dinimizda kishilarni ajablantirmaydigan, kibru havoga berilmaydigan darajada kiyinishga va toza –ozoda bo‘lib yurishga targ‘ib qilinadi. Zero, namozning shartlaridan biri, kiyimni pok bo‘lishidir.

      Ayollarimiz esa hamisha ibo hayoni aks ettiradigan kiyimlarni kiyishlari lozim. Kiyinishda ularning yuzi, ikki qo‘l kaftidan boshqa joylari uyatli bo‘lganligi uchun, o‘zlarini begona nazardan to‘sishlari buyurilgan.

  Hozirgi paytda turli millat va madaniyat vakillarining kiyimlarini kiyib yurgan opa-singilarimizni uchratamiz. Bu kiyimlar na dinimizga va na millatimizga mos kelmaydi.             Yigitlarimiz ham issiq kunlari bemalol o‘z oilalarida, onasi va singillarini oldida kalta beuxshov kiyimlarni kiyishlari kuzatilmoqda. Bu holatlar bizning odobimizga mutlaqo ziddir.

   Alloh taolo A'rof surasida marhamat qiladi; “ Ey odam bolalari, Bataxqiq, sizlarga avratlaringizni tusadigan libos va ziynat libosini tushirdik. Taqvo libosi – ana o‘sha yaxshidir. Ana o‘shalar Allohning oyat(belgi)laridir. Shoyadki, eslatma olsalar”. (26 oyat).

Fuqoholarimiz kiyim masalasi bo‘yicha kelgan barcha hujjat va dalillarni o‘rganib chiqqandan keyin, quyidagi xulosaga kelganlar:

1.Farz.    Bu avratni berkitadigan va issiq sovuqni qaytaradigan kiyimdir. U paxta yoki kanopdan, o‘ta nafis bilan o‘ta yomonni o‘rtasida bo‘lishi kerak.

  1. Mustahab. Bu avratni to‘sib, ziynatni zohir qiladigan kiyimdir.
  2. Muboh. Bu juma, hayit va odamlar jamlanadigan kunlari yasanish uchun kiyiladigan chiroyli kiyimlar.
  3. Makruh. Bu takabburlik va manmanlik uchun kiyiladigan kiyim.
  4. Harom. Bu avratni to‘smaydigan hamda erkaklar uchun shoyi ipak kiyimlardir.

Alijon Yaqubov - Ishtixon tuman bosh imom xatibi 


Kiritilgan vaqti: 30/12/2019 13:40;   Ko‘rilganligi: 1802
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/society/kiyim-inson-ziynati
Chop etilgan vaqti: 14/10/2024 22:12
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing