O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Saxiy duradgor

 
 

Kichkina qishloqlarning birida duradgor usta yashar edi. U yog‘ochlarga chiroyli naqshlar berib, so‘ng uni qimmat narxga sotardi.

Kunlarning birida uning oldiga bir chol kelib:

- Sen bu mehnating orqali yaxshi daromad qilasan, lekin faqir-muhtojlarga hech ham xayr ehson qilmaysan. Ana u qassobni qara, u oz topsa ham, deyarli har kuni faqirlarga bepul go‘sht tarqatadi, - debdi.

Duradgor cholga qarab jilmaydi, lekin indamadi. Hech bir javob olmagan chol duradgor yonidan g‘azablangan holda chiqib ketdi.

Bu voqeadan keyin qishloqda:

- Usta, boy lekin xasis ekan, degan gap tarqalibdi va qishloqdagilar duradgorni yomon ko‘rib qolishibdi.

Kunlarning birida, duradgor xastalanib qoldi. Hech kim undan xabar ham olmasdi. Xasta duradgor yolg‘izlanib, olamdan ko‘z yumibdi.

Kunlar o‘tib odamlar qassob go‘sht tarqatmay qo‘yganini payqashadi. Shunda qassobdan nega oldingidek go‘sht tarqatmayotganini so‘rashsa, u:

- Duradgor usta hayotlik chog‘ida har safar pul olib kelib, mendan faqirlarga go‘sht tarqatishimni so‘rardi. Hozir esa duradgor yo‘q. Endi hech kim pul olib kelmayabdi, - deb javob beribdi.

 Qissadan hissa shuki, hech qachon insonda ko‘rgan narsangizga qarab baho bermang, uning qalbini faqat Yaratgan  bilguvchidir!

Ilhomjon Mardiyev Bulung‘ur tumani "Isori O‘roqli" jome masjidi imom-noibi (mabalar asosida)


Kiritilgan vaqti: 18/03/2020 15:28;   Ko‘rilganligi: 1835
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/saxiy-duradgor
Chop etilgan vaqti: 12/10/2024 15:50
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing