O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Саҳобалар ҳаёти

SALMON FORSIY Haqiqat izlovchi (3-qism)

 
 

Rasululloh maslahat uchun as'hoblarini to‘pladilar. Madinani himoya qilish kerak. Ammo qanday qilib? Mana shu payt Payg‘ambarimiz oldilariga baland bo‘yli, sochlari qalin bir yigit keldi. Bu yigitni Rasululloh yaxshi ko‘rar va hurmat qilar edilar. Bu yigit Salmon Forsiy edilar. Salmon bir tepalik ustiga chiqib, Madina tomonga sinchiklab nazar tashladi. Qarasa, Madina hamma tarafdan qoya va tog‘lar bilan o‘ralgan, faqatgina uning bir tarafi ochiq ekan. Dushman xuddi shu tarafdan hujum qilishi mumkin va bu ularga qulay edi. Salmon Forsiy o‘z yurti, ya'ni Forsda jang sirlari va mahoratlarini puxta o‘zlashtirgan edi. Shu sababli u Rasulullohga hali arab qavmi bilmagan va ko‘rmagan bir rejani oshkor etdi. Bu rejaga ko‘ra, Madinaning ochiq turgan tarafiga xandaq qazish lozim edi. Agar mana shu g‘azotda xandaq qazilib, mushriklar yo‘lini to‘silmaganda, musulmonlar taqdiri nima bilan yakun topishini Allohning o‘zi biladi.

Mushriklar qazilgan xandaq yaqiniga kelib hayratga tushdilar. Hali ular umri bino bo‘lib bunaqasini ko‘rishmagan va bunday bo‘lishini kutishmagan edi. Oldinda qazib qo‘yilgan xandaqdan hatlab o‘tib, Madinaga hujum qilishga ojiz edilar, shuning uchun xandaq oldida tiklangan chodirlarida bir oy qolib ketishdi. Natijada, quvvat va jur'atlari susayib, ancha zaiflashib qolishdi. Hatto bir kecha Alloh taolo ustilariga qattiq dovulni jo‘natdi, chodirlari uchib, o‘zlari esa, har tarafga tarqalib ketishdi. Abu Sufyon noiloj o‘z qo‘shiniga ortga qaytishiga buyruq berdi. Horib-charchagan qo‘shin umidlari puchga chiqib, qaytishga majbur bo‘ldi.  

         Davomini kuzatib boring

  Zayniddin ESHONQULOVning “Payg‘ambar atrofidagi kishilar” kitobidan.


Kiritilgan vaqti: 16/10/2019 16:56;   Ko‘rilganligi: 1940
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/sahaba/salmon-forsiy-haqiqat-izlovchi-3-qism
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 12:51
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing