O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

SABR IMONNING YARMIDUR

 
 

Sabr-matonat va bardosh mo‘minlarning eng yaxshi sifati, ularning sha’nini ulug‘lovchi go‘zal fazilatlaridandir. Shuning uchun ham Alloh taolo bandalariga biror musibat, ofat yoki mashaqqat kelganida faqat sabr qilishga buyuradi.

Sabr—lug‘aviy ma’nosi chidash, o‘zini saqlab, to‘xtatib turmoqni anglatsa, shari’atda esa ibodat qilishda chidamli bo‘lish, gunohdan saqlanishda chidam va musibat, yaqin kishisini yo‘qotish va shu kabilarga oh-voh tortib jazava tushmasdan toqat bilan chidashni anglatadi.

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Sabr imonning yarmidur”[1], deganlar.

Sabr eng oliy fazilatlardan biri bo‘lib, sabrli bandalarini Alloh taolo yaxshi ko‘radi. Qur’oni karimning yuzga yaqin oyati karimalarida mo‘min-musulmonlar sabr, chidam va bardoshga chaqiriladi. Alloh taolo sabr qiluvchilarni sevishi va ular bilan doimo birga ekanligi xabarini berib shunday deydi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا اسْتَعِينُوا بِالصَّبْرِ وَالصَّلَاةِ إِنَّ اللَّهَ مَعَ الصَّابِرِينَ

“Ey imon keltirganlar! Sabr va namoz bilan (Mendan) yordam so‘rangiz! Alloh albatta sabr qiluvchilar bilan birgadir”[2].

Qur’oni karimning boshqa oyatlarida esa, Alloh taolo sabr qiluvchilarga oxiratda behisob ajr-mukofotlar tayyorlab qo‘ygani zikr qilinadi:

...إِنَّمَا يُوَفَّى الصَّابِرُونَ أَجْرَهُمْ بِغَيْرِ حِسَابٍ

Sabr qiluvchilarga mukofotlari behisob beriladi[3].

Sabr—go‘zal sifat bo‘lishi bilan birgalikda, unga rioya qilish nihoyatda og‘ir hamdir. Chunki kishi boshiga kelgan hayot qiyinchiliklari, musibatlari va g‘am-tashvishlariga har doim ham chidamli, bardoshlik bo‘la olmaydi.

Ammo mana shu o‘rinlarda sabrli bo‘lsa, barcha narsa Alloh taoloning azaliy taqdiridan deb bilsa, o‘sha musibat undan yengil kechadi va oqibatda bitmas-tuganmas ajrga ega bo‘ladi. Bu dunyoda yashaydigan inson borki, ularning barchalari hayot imtihonlariga ro‘baro‘ bo‘lmasdan ilojlari yo‘q. Chunki, hayotning o‘zi imtihon va turli sinov-mashaqqatlardan iborat qilib yaratilgan.

Bas shunday ekan, inson, boshiga tushgan qiyinchiliklarga sabr qilsa ham, sabr qilmasa ham hayot shu tarzda davom etaveradi. Ammo sabr qilganlar—ham sog‘liklarini saqlab qoladilar va behisob ajrga ega bo‘ladilar. Sabr qilmaganlar esa—ham sog‘liklaridan ajraydilar va savobdan ham bebahra qoladilar.

Alloh taoloning barcha payg‘ambarlari sabr-qanoatda insoniyatga ibrat bo‘lishgan. Eng suyumli farzandidan ayrilgan Ya’qub alayhissalom, tuhmat va fitna tufayli uzoq vaqt zindonband bo‘lgan Yusuf alayhissalom, Alloh yuborgan mashaqqat, dard-ofatlarini ko‘rgan Ayyub alayhissalom, zolim Fir’avnning chidab bo‘lmas azob, kamsitish, xo‘rlash-qiynoqlariga dosh bergan Muso alayhissalomlarning buyuk sabrlari insoniyatga ibrat o‘laroq tarix sahifalarida qolgan.

Alloh taolo O‘zining oxirgi payg‘ambari Muhammad alayhissalomni ham, u zotdan oldin o‘tgan barcha elchilarini ham vahiyni yetkazishda, insonlarni imonga chaqirishda boshlariga tushayotgan mashaqqat va ozorlarga nisbatan sabr-matonat ko‘rsatishga buyurgan.

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qachon boshlariga qiyin ish tushsa, Alloh taoloning oyati karimasiga muvofiq namoz o‘qishga shoshilardilar, chunki namoz, sabrga bitmas-tuganmas sabr qo‘shuvchi sokinlik va xotirjamlik manbaidir. Sabr insonni oqibat cheksiz-hisobsiz zafarlarga, muvaffaqiyatlarga yetishtiradi.

وعن صهيب الرومي رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم:

"عجبا لأمر المؤمن إن أمره له كله خير وليس ذلك لأحد إلا للمؤمن إن أصابته سراء شكر فكان خيرا له وإن أصابته ضراء صبر فكان خيرا له" رواه مسلم - ( صحيح )

Suhayb Rumiy roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Mo‘minning ishi ajoyib! Uning barcha ishi, o‘ziga yaxshilikdir. Bu faqat mo‘minlardagina bo‘ladi. Agar unga xursandchilik yetsa, shukr qiladi, bas, unga yaxshi bo‘ladi. Agar unga xafachilik yetsa, sabr qiladi, bas, unga yaxshi bo‘ladi”- dedilar.[4]

Alloh taoloning savobiga erishish uchun sabr-chidam va Haq yo‘lida “chiroyli


Kiritilgan vaqti: 11/06/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 7503
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/sabr-imonning-yarmidur
Chop etilgan vaqti: 12/10/2024 14:59
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing