O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Poklik ikki dunyo saodatidir.

 
 

Alloh taolo Odamni o‘ziga xalifa qilib insoniyatga yer kurrasini yashash uchun manzil qilib berdi. Yerni adolat bilan boshqarish va uning obodligi va tozaligini insonni zimmasiga yukladi. Bashariyatni to‘g‘ri yo‘lda bo‘lishligi uchun payg‘ambarlarni jo‘natdi. Payg‘ambarlarni barchasi insoniyatni ikki dunyoda  baxtli bo‘lishligi uchun Allohni amr va qaytariqlari bilan keldi. Allohni amr va qaytariqlari nima edi. Moddiy va ma'naviy poklik edi. Allohni amrlari halol pok, savob ishlarga bo‘lsa, qaytariqlari harom nopok, gunoh ishlardandir. Islom dini ham moddiy va ma'naviy poklikka chaqiradi!

Ayniqsa hozirda Allohni imtihoni sinovi bo‘lib turgan, ofat-vabo kelib turganda poklik insonga juda asqotadi. Dinimiz chaqirgan poklikka rioya qilsak inshaalloh bu balodan qutilamiz.

Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom aytdi:

النظافة من الايمان

 ya'ni “Poklik iymondandir”. Bugun dinimizni shiori bo‘lgan poklikka rioya qilishimiz, iymonimizni belgisi bo‘lgan tozalikka rioya qilishimizbizni ofatlardan saqlaydi.

Mutaxasislarimiz ham qo‘lni sovunlab 20 soniya yuvib turishlik qo‘l orqali yuqadigan korona virusni ketkizadi deb ta'kidlashayaptilar. Poklikka targ‘ib qiluvchi hikmatlarda aytiladi:

“Tahorat ustiga  tahorat olish nur ustiga nurdir.”

Mo‘min banda besh vaqt namozga tahorat oladi. Hukamolarimiz tahorati bo‘la turib yana tahorat olishni  maqtab nur ustiga nur deb targ‘ib qilyaptilar. Tahoratda eng ko‘p yuviladigan a'zo qo‘ldir chunki qo‘l tozalovchi a'zodir tozalovchi a'zoni toza bo‘lishi muhimdir shuning uchun qo‘lni sovun bilan shoshmasdan yuvish kerak bo‘ladi. Tahorat nafaqat ifloslikni hatto gunohlarni ham yuvadi. Ibodatlarni qabuli ham tahorat bilandir. Agar poklik va tozalikga vaqtida rioya qilsak, poklik insoniyatni ikki dunyoda ham baxtga yetaklar ekan.

Ozod Nazarov - Pastdarg‘om tuman bosh imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 10/04/2020 13:45;   Ko‘rilganligi: 1759
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/poklik-ikki-dunyo-saodatidir
Chop etilgan vaqti: 12/10/2024 14:07
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing