Ota-onaning farzand oldidagi burchlari
Islomda har-bir shaxsning haq-huquqlari belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, farzandlarning huquqlariga alohida to‘xtalgan. Demak, farzandlarimizning qanday huquqlarri bor?
Bir kishi hazrati Umar r.a.ning xuziriga kelib “Men o‘g‘limni oq qildim” dedi. Hazrati Umar o‘g‘ilga qarab “otanga oq bo‘lishda Allohdan qo‘rqmaysanmi?” dedi. O‘g‘il aytdiki “ey mo‘minlarni amiri! O‘g‘ilni otadagi haqqi yo‘qmi?” deb so‘raganida hazrati Umar otadagi haqlari “avvalo yomon xotinga uylanmaslik, shu bilan farzand ayblanmasligi uchun ismini yaxshi qo‘ymoqligi, va yaxshi tarbiya bermoqligidir” deb aytdilar. O‘g‘il “Allohga qasamki otam onamni tanlab olmagan, u majusiy edi, uni 400 dirhamga sotib olgan. Ismimni chiroyli qo‘ymadi. Menga judol (ko‘rshapalak erkagini ismi shunaqa bo‘ladi) deb ism qo‘ygan. Allohni oyatlaridan birortasini ham o‘rgatmagan” deb shikoyat qilganda, hazrat Umar uning otasiga qarab “o‘g‘limni oq qildim deysan u seni oqqilibdiku” deb oldilaridan chiqarib yuborgan ekanlar.
Abu Hurayra r.a Payg‘ambarimiz (sav)dan rivoyat qiladilar: otaning o‘g‘ilidagi haqqi uchtadir. Tug‘ulsa yaxshi ism qo‘yish, aqli yetsa qur'onni o‘rgatish, balog‘atga yetsa uylantirish” .
Nikohni asl maqsadlaridan biri bo‘lib nasabni saqlashdir. Bu siz oila ham jamiyat ham bo‘lmaydi. Farzandni otaonasi nikohdan o‘tgan halol–pok yashagandagina nasabi aniq va pok bo‘ladi. Ota–ona vazifalaridan bir farzandga ma'nodor chiroyli ism qo‘yishdir. Farzand katta bo‘lganda oq qorani taniganda o‘z ismi unga munosib bo‘lib tursin uchun.
Allol taolo shunday buyuradi. “Ey iymon keltirganlar o‘zingizni va ahli ayollaringizni yoqilg‘isi odamlar va toshlardan bo‘lgan o‘tdan saqlang” (Tahrim surasi 6–oyat). Ahli ayolini, farzandlarini iymonli qilib tarbiyalash oila boshlig‘ining Alloh taolo oldidagi burchi ekanligiga yuqoridagi oyat karima dalildir. Azizlar barchamiz farzandlarimizni oldidagi burchlarimizni ado etaydigan bo‘lsak farzandlarimiz o‘zimizga itoat etaydigan, dinga xizmat qilaydigan elu yurtni rivojiga hissa qo‘shadigan farzandlar bo‘lib yetishadi.
O‘zbekov Izzatullo - Kattaqo‘rg‘on tumani “TARNOV” jome masjidi imom-xatibi
Kiritilgan vaqti: 24/06/2020 17:46; Ko‘rilganligi: 5773
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 01:57