O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Oqibat

 
 

Muhtaram yurtboshimiz 3 aprel kuni O‘zbekiston xalqiga qilgan murojoatlarida poklik, saxovat, shijoat, sabr to‘g‘risida  keng qamrovli fikrlarini aytdilar. Jumldadan, “Ota bobolarimiz, ona momolarimiz poklikka, tozalikka keskin amal qilishgan, mehmon kelsa qo‘llariga suv quyib yuvdirishgan, xonodonlarini, ko‘rpa to‘shaklarini ozada tutishgan” deya ozodalik xalqimizning asl qadriyatlari va dinimizning ko‘rsatmalaridan ekanligiga ishora qildilar.

Darhaqiqat, Islom sog‘liqni saqlash borasida katta ahamiyat bergan narsalardan biri tozalikka rioya qilishdir. Dunyo tarixida tozalikka rioya qilishga Islom dinichalik hech bir din va jamiyat katta ahamiyat bermagani ma'lum va mashhurdir. Minglab fiqh va hadis kitoblarini ochishingiz bilan birinchi bo‘lib «Poklik kitobi»ga ko‘zingiz tushadi. O‘z diniga amal qilishni o‘rganmoqchi bo‘lgan har bir musulmon erkak va ayol o‘zining birinchi darsini poklikni o‘rganish ila boshlaydi.Islomdagi ibodatlarning barchasiga bandaning badani, kiyim-boshi va makoni pokiza bo‘lishi asosiy shartlardan biri qilib olingan.

Alloh taola o‘z kalomida marhamat qiladi:

“Albata Alloh tavba qiluvchilarni  va o‘zlarini mudom pok tutuvchilarni sevadi” Baqara surasi, 222-oyat.

Bugungi vaziyatda barchani birdek tashvishga solayotgan pandimiyaning davolaridan biri tozalik-gigenadir. Buni barcha mutaxassislar ta'kidlamoqda. Poklik dinmiz ulug‘lagan shior, xalqimizning azaliy odatlaridan hisoblanadi. Shunday ekan mutaxassislarning tavsiyalariga qat'iy rioya etishiiz, tozalik, shaxsiy ozodalikka amal qilishimiz balolarni daf bo‘lishi, o‘zimiz, oila a'zolarimiz va butun xalqimizning sog‘ omon bo‘lishining omili ekanligini doimo yodda tutib, unga amal qilalylik.

Shu o‘rinda yana bir masalaga to‘xtalib o‘tsak. Hozirgi murakkb vaziyatda iqtisodiy qiynalib qolgan fuqarolarimizning holidan xabar olish, ularga moddiy-ma'naviy ko‘mak ko‘rsatish ham dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi. Shukurki, xalqimiz bag‘rikeng, saxovatlidir. Bu kabi insonlar holidan xabar olib turishibdi va ularni yolg‘izlatib qo‘ymayapdilar. Inshalloh bu kabi insonlar Alloh taoloning eng suyukli bandalari qatorida bo‘ladilar. Chunki, Payg‘ambarimiz Muhammad sollalohu alayhi vasallam  muborak hadilarida: “Alloh taolaga  insonlarning  eng suyuklisi-odamlarga eng ko‘p manfa'ati  tegadiganidir”, (Imom Taboroniy rivoyati) deganlar.

Aziz yurtdoshlar, bugun biz jipishlashsak, o‘zimizni pok tutsak, xalq dardi bilan yashash uchun shifokorlar tavsiyasiga amal qilib hech bo‘lmasa o‘zimizni ehtiyot qilsak bizni deb boshqalar jabr ko‘rmasa bu ham bir yutug‘imz, oqibatimiz bo‘ladi.

Odami ersang, demagil odami

Oning kim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.

Alisher Navoiy

Otabek Toshbekov - Narpay tuman “Naqishbandiy” jome masjidi xodimi


Kiritilgan vaqti: 10/04/2020 15:05;   Ko‘rilganligi: 1519
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/oqibat
Chop etilgan vaqti: 12/10/2024 14:08
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing