O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Nega Ka’bani soat miliga teskari aylanib tavof qilinadi?

 
 

Ka’bani tavof qilish – haj ibodati doirasida musulmonlar uchun muqaddas hisoblangan joyni aylanishdir. Ushbu ibodat soat miliga nisbatan teskari qilinadi. Nega? Quyida keltirilgan ayrim ilmiy faktlar bu savolning javobini izlashga yordam beradi.

1. Odam tanasidagi qon soat millariga teskari ravishda aylanadi.

2. Atom elektronlari tavof kabi yadroning atrofida soat millariga nisbatan teskari aylanadi.

3. Oy o‘z o‘qida soat millariga nisbatan teskari aylanadi.

4. Yer o‘z o‘qida soat millariga nisbatan teskari aylanadi.

5. Yer Quyosh atrofida soat millariga nisbatan teskari aylanadi.

6. Quyosh tizimidagi sayyoralar soat millariga nisbatan teskari aylanadi.

7. Quyoshning o‘zi ham tizimi bilan birga galaktikadagi orbitasida soat millariga teskari aylanadi.

8. Kosmosdagi barcha galaktikalar soat millariga teskari aylanadi.

Bundan kelib chiqadiki, biz Ka’bani tavof qilayotganimizda butun borliq kabi harakat qilamiz. Ya’ni Allohning barcha maxluqi - zarradan to yulduzlar to‘plamigacha Alloh Taologa hamd aytish yo‘lida birlashadilar. Ka’bani tavof qilib aylanarkanmiz, Odamdan Muhammad alayhimussalomlargacha bo‘lgan payg‘ambarlar qilgan ibodat aylanishini amalga oshiramiz. Ka’ba atrofida odamlar aylanishi hecham to‘xtamaydi. Qiyomat ham aynan Ka’bani aylanish istagida bo‘lganlar qolmagachgina qoim bo‘ladi.

Ibn Ma’ruf tayyorladi

"www.info.islom.uz" dan


Kiritilgan vaqti: 06/01/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 5741
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/nega-kabani-soat-miliga-teskari-aylanib-tavof-qilinadi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 20:36
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing