O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Оқимлар

Jaholatga qarshi ma'rifat. Soxta salafiylar

 
 

“Salafiylik” iborasi arab tilidagi “salaf” so‘zidan olingan bo‘lib, “ajdodlar”, “avval yashab o‘tganlar” ma'nolarini anglatadi. Hadislarga ko‘ra, Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom zamonlari va undan keyingi davrda yashagan musulmonlar tushuniladi. Islom mujtahid ulamolari ilk musulmonlarni “salafi solih”, ya'ni “solih ajdodlar” deb hisoblashda yakdildir. Ulardan keyingi davrlarda yashagan musulmonlarga nisbatan “salaf” yoki “salafiylar” tushunchalari aslo ishlatilmaydi.

        

 So‘ngi vaqtlarda “salafi solihlarga ergashish” shiori ostida “salafiylik” mafkurasini bayroq qilib olgan, o‘zlarini go‘yoki “salaflarning izdoshlarimiz” deb hisoblaydigan mutaassib, soxta salafiylar paydo bo‘lganini alohida qayd etish lozim.

 G‘oyalari: - Qur'on va sunnatda yozilgan qoidalarni so‘zma so‘z tushunib, ko‘r-ko‘rona amal qilish orqali boshqa manbalarni botilga chiqaradilar.

  • Fiqhiy mazhabni inkor qilib, mazhabsizlikni targ‘ib qiladilar.
  • Takfir (kufrda ayblash) masalasini ilgari suradilar.
  • Soxta salafiylar musulmonlarni kabira (katta) gunoh sababli ham dindan chiqishini e'lon qilmoqdalar.
  • Qur'on tilovatini o‘tganlar ruhiga bag‘ishlash joiz emas deb biladilar.
  • Qabrlarni ziyorat qilishni shirk amallardan sanashadi. Bu toifalar o‘z davrida Madinada sahobalar qabrlarini buzish bilan kifoyalanib qolmay, Muhammad alayhissalomning qabrlarini vayron qilishga urinishgacha yetib borishgan.

Zayniddin ESHONQULOV – O‘MI Samarqand viloyat vakili, viloyat bosh imom xatibi (manbalar asosida)


Kiritilgan vaqti: 13/11/2019 15:30;   Ko‘rilganligi: 3037
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/movements/jaholatga-qarshi-marifat-soxta-salafiylar
Chop etilgan vaqti: 18/04/2024 21:51
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing