O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Ijodkorlar e’zozda

 
 

Yurtimiz mustaqillikka erishgan kundanoq, ma’naviy-ma’rifiy jihatga alohida ehtimom bilan yondashildi. Milliy va diniy qadriyatlar tiklanib, ma’naviy boyliklarimiz yuksak darajalarga ko‘tarildi. Ayniqsa, olimlar, yozuvchilar, shoirlarning qadri ulug‘lanib, ular yaratgan asarlar, ijod namunalari munosib qadr topdi.

Imkoniyatlardan ko‘ksi tog‘dek ko‘tarilgan ijod ahli esa bugun tinim bilmay intilmoqdalar. Ularning mehnatlari mahsuli o‘laroq yangidan-yangi asarlar dunyo yuzini ko‘ryapti, gazeta-jurnallar, internet saytlari rang-barang turkum maqolalar bilan boyib boryapti.

So‘ngi yillarda o‘ta keng miqyosda olib borilayotgan «Sarhisob» tanlovi qalam ahliga ko‘rsatilayotgan e’tibor, qilinayotgan g‘amxo‘rliklarning uzviy davomidir. Mustaqillik yillari O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni keng targ‘ib etish, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, dinlararo bag‘rikenglik va hamkorlik g‘oyalarini ommalashtirish, xalqimiz, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni yot g‘oyalardan himoya qilishda faollik ko‘rsatgan ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, munosib rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tanlov qisqa vaqt ichida o‘zining munosib nufuziga ega bo‘ldi va qalam ahli tomonidan xursandchilik bilan qabul qilindi.

Tanlovning o‘ziga xos jihati shundan iborat bo‘lmoqdaki, u ko‘plab yo‘nalishlarda olib borilyapti va unda ishtirok etuvchilarning sohasi chegaralanmagan. Bu esa biz ijodkorlar uchun imkon eshiklarini ochmoqda hamda ishtirok etishni xohlovchilar safi kundan kunga kengayib boryapti.

Ayniqsa, g‘oliblikni qo‘lga kiritganlarning keyingi faoliyatlarida sezilarli o‘zgarishlar, yuksalish holatlari oshib, yurtimiz tinchligini asrash yo‘lida yanada jonbozlik ila sa’y - harakatlar olib bormoqdalar.

Ushbu tanlovni yo‘lga qo‘yib, yuksak saviyada olib borayotgan, ijodkorlarning kamtarona ijodlariga yuksak baho berayotgan tashkilotchilarga o‘zimizning chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz hamda Vatanimiz ertasi uchun olib borayotgan fidokorona xizmatlariga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Zayniddin ESHONQULOV

Samarqand viloyat vakili o‘rinbosari hamda

“Imom Buxoriy” jome masjidi imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 20/01/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 2297
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/ijodkorlar-ezozda
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 11:46
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing