O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Оила

Baxtli oila

 
 

Prezidentimiz oilaning jamiyatdagi mavqei va ahamiyatini ta'riflab aytganlaridek, «…Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas vatan sanalgan. Agar oila sog‘lom va mustaxkam bo‘lsa, mahallada tinchlik va xotirjamlikka erishiladi. Binobarin, mahalla-yurt tinch bulsagina davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukum suradi» deganlar.

Bu moddani qonunga kiritishdan maqsad, birinchidan, yangi tuzilayotgan oilaning va kelajakda tug‘iladigan farzandlarning sog‘lom bo‘lishini ta'minlash bo‘lsa, ikkinchidan, nikohga kiruvchilarga tibbiy-irsiy hamda oilani rejalashtirish masalalarida maslahatlar berishdir. Hozirgi kunda nikohni qayd qilishda «Turmush quruvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida» Uzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 25 avgustda 365-sonli qarori qabul qilindi va 2004 yil 1 yanvardan boshlab tibbiy ko‘rikdan o‘tish majburiy etib belgilandi. Masalan, kelin kuyovning nikohdan o‘tish vaqtida balog‘at yoshida bo‘lishlari va shar'iy nikohdan oldin davlat nikoh qayd qilish FHDYO idoralari ro‘yxatidan o‘tib, rasmiy nikoh guvohnomasini olgan bo‘lishlari zarur.

Muqaddas dinimiz oila qurishni kishi xayotidagi eng muhim va o‘ta mas'uliyatli ish deb qaraydi. Inson xayotining undan keyingi davrlarini yaxshi va muvaffaqiyatli kechishi yoki aksincha bo‘lishi ko‘p jixatdan shu mas'uliyatli voqeaga bog‘liqdir. Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v.): «Farzandlaringga ona bo‘ladigan ayolni yaxshilab tanlab olinglar», dedilar. O‘zbekiston Respublikasi Oila qonunchiligida ilk bor nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish qonunlashtirilgan va Oila kodeksining 17-moddasi «Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish» deb nomlangan.

Bu moddani qonunga kiritishdan maqsad, birinchidan, yangi tuzilayotgan oilaning va kelajakda tug‘iladigan farzandlarning sog‘lom bo‘lishini ta'minlash bo‘lsa, ikkinchidan, nikohga kiruvchilarga tibbiy-irsiy hamda oilani rejalashtirish masalalarida maslahatlar berishdir. Hozirgi kunda nikohni qayd qilishda «Turmush quruvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida» Uzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 25 avgustda 365-sonli qarori qabul qilindi va 2004 yil 1 yanvardan boshlab tibbiy ko‘rikdan o‘tish majburiy etib belgilandi. Masalan, kelin kuyovning nikohdan o‘tish vaqtida balog‘at yoshida bo‘lishlari va shar'iy nikohdan oldin davlat nikoh qayd qilish FHDYO idoralari ro‘yxatidan o‘tib, rasmiy nikoh guvohnomasini olgan bo‘lishlari zarur.

Birinchi oilasi bilan ajrashgandan keyin Rassiya shahriga ishga borib kelgan fuqaro boshqa qiz bola bilan FHDYO ro‘yxatidan o‘tmasdan turmush quradi. Xotinda homilalik alomatlari ko‘ringandan keyin ro‘yxatga olish vrachiga murojaat qiladi. Ming afsuski tashxis kelinchakning SPID kasaliga duchor bo‘lganini aytadi. Sog‘lom onadan sog‘lom bola, deganlar. Afsus ila eslatib o‘tamizki, hozirgi kunlarda ba'zi norasmiy domlalar o‘z boshimchalik bilan yuqorida aytilgan nikoh shartlarini so‘rab-surishtirmay yoshlarga nikoh o‘qimoqdalar. Natijada yosh oilalar ajrashib, o‘rtada go‘daklar tirik yetim, ona esa bir umrga bebaxt bo‘lib qolmoqda. Nikoh va oila masalasida doimo mana shunday voqealar sodir bo‘lib turganligi sababli, o‘g‘il-qizlarimizning ota-onalari o‘z farzandlarini yoshi jihatidan oila qurishga tayyor ekanligiga qanoat hosil qilib, so‘ngra rasmiy imom xatiblar ishtirokida nikohlatib olishlari shart. Bu o‘rinda xukumat qonunida belgilangan balog‘at yoshini e'tiborga olish o‘rinlidir. Qani mahalla mas'uliyati, ma'naviy-marifiy ishlar bo‘yicha mas'ul vakillar, nuroniylarimiz? Ota-ona endi bir umr kasal boqadimi. Rivoyat qilinishicha, bir kishi hakimlardan birining huzuriga kelib: «Hazrat, mening bir o‘g‘lim va bir qizim bor. Ulardan har ikkisini o‘qitishga qurbim yetmaydi, faqatgina bittasini o‘qitishga imkonim bor. Qaysi birini o‘qitay?”, deb so‘raydi. Shunda hakim zot: «Qizingni o‘qit, chunki u kelajakda farzand tarbiya qiladi. Agar o‘g‘ligni o‘qitsang, bir kishini o‘qitgan bo‘lasan, ammo qizingni o‘qitsang butun bir jamiyatni o‘qitgan bo‘lasan”, deb javob bergan ekan. Shunday ekan qizlarimizning taqdiriga beparvo bo‘lib qaramaylik.



B.Sharipov, Samarqand tuman bosh imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 26/08/2020 10:49;   Ko‘rilganligi: 1771
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/family/baxtli-oila
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 22:57
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing