O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Таълим-тарбия

HIKOYA

 
 

Qishning sovuq kechalaridan biri... yomg‘ir sharros quyilar... yog‘ishini uzoq kutgan yer uni o‘z bag‘riga sizdirar edi.

Kimdir yomg‘irbon tutib olgan, yana kimdir panaga qochgan... hamma o‘z manzili tomon oshiqardi.

Lekin, olamon ichida haykaldek qotib turgan bir kishi hammaning e'tiborini o‘ziga tortardi. Usti yupun! Abgor ahvolda. Sovuqdan lablari ko‘kargan.

 

Ko‘zlaridan oqayotgan yoshlari yuzini yuvor, sovuqdan havri chiqardi.

Uning oldiga bir kishi yaqinlashib, uni faqir deb o‘ylab, qo‘llariga hamyonini olib dedi:

- Issiqroq kiyiming yo‘qmi? Biror narsa kerakmi?

- Yo‘q, ketavering!

- Tavba - tavba, o‘zida hech vaqosi yo‘q - ku... ketaver, deyishi nimasi? - deb kishi yo‘lini davom etdi.

Oradan yarim soat o‘tib yomg‘ir tindi. Yupun kiyimdagi kishi sal nariroqdagi mehmonxonaga bordi. Uning oldiga eshikbon (shveysar) shoshib keldi. Va:

- Bu yerda tilanchilik qilish man' etiladi. Tezda ketsangiz! - dedi.

Kishining g‘azabi keldi. Cho‘ntagidan 1b raqamli kalitni chiqardi. 1 son bu dengizga qaragan mehmonxonaning eng qimmat xonasi edi. Kishi indamay ichkariga kirdi.

- Yarim soatda chiqaman, moshinam tayyor bo‘lsin! - dedi, xodimga.

Eshikbon hayrat ichida qoldi:

- Nimalar bo‘lyapti o‘zi, tushunmadim! - degunicha kishi g‘oyib bo‘ldi.

Yarim soatdan keyin boyagi kishi qaytib chiqdi. U endi umuman boshqa inson edi.

U o‘zining Rolls - Royce rusumli moshinasiga minarkan, eshikbonga dedi:

- Maoshingiz qancha?

- 3000 $, janob!

- Shu oylik siz uchun yetarlimi?

- Har doim ham emas!

- Xo‘sh, bu yerda tilanchilik qilish man' etilmaganmi?

- Ha, yo‘q, janob!

- Tavba, sizlar odamlarning puliga qarab muomala qilasizlar! Ajabo, bir necha daqiqada menga bo‘lgan munosabatingiz o‘zgarib qoldi... men har yili qish faslida faqir insonlarning mashaqqatini his qilish uchun yupqa kiyimlar bilan tashqariga chiqaman. Ammo sizlar... puli yo‘qning hurmati yo‘q deb o‘ylaysizlar.

Xuddi faqirlik dunyo uchun ordek! Qo‘lingizdan ularga yaxshilik qilish kemaydimi, hech yo‘q ularni past sanab, jerkimang!

H.Temirov O‘MI - Smarqand viloyat vakilligi xodimi

 


Kiritilgan vaqti: 14/01/2020 10:24;   Ko‘rilganligi: 1189
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/eductaion/hikoya
Chop etilgan vaqti: 14/10/2024 22:18
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing