O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Alloohning rahmatidan doim umidvormiz

 
 

Inson o‘zi va jamiyat saodati, osudaligi, farovonligi va taraqqiyotiga erishishining omillardan biri – tartibdir. Tartib-intizomga har bir narsani o‘z o‘rniga qo‘yish deb ta'rif berilgan.

Inson ruhoniyatida tartib o‘zgarsa hayoti izdan chiqadi. Jismoniyatdagi tartib buzilsa inson xastalanadi. Oilada tartib bo‘lmasa, uning barbod bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Jamiyatda tartibga rioya qilinmasa parokandalik sodir bo‘ladi. Shuning uchun ham dinimiz bizga tartibni bayon etib, unga rioya qilishni buyurgan. Xullas, tartibga rioya kilish dinimiz asoslaridan biri ekan. Inson qilayotgan har bir ishida Alloh Ta'olo roziligini deb o‘zini taftish etishi zarur. Siz yaxshilikka bo‘lib munosib yashang. Zero, dinimizning maqsadlaridan biri kishilarga dunyoviy manfaatlarni ko‘rsatib qo‘yishdir. Solih amallarga boshlovchi ilm dunyoviy va uxroviy qiyinchiliklardan qutilish omili g‘isoblanadi. Alloh taolo har bir bandaning toqatiga yarasha sinov beradi. haqiqiy sabr imtihon paytida o‘zini yo‘qotmasdan, turli noma'qulliklar sodir qilinmasdan oldin ko‘rsatiladi. Jannat yo‘li tikanu toshlarga to‘la ekan. Bu yo‘lda eng yaxshi yo‘ldosh sabrdir. Alloh Taolo bunday ogohlantiradi.

“Sizdan avval o‘tganlarga o‘xshash narsa sizlarga kelmasdan turib jannatga kiramiz deb o‘ladingizmi?” (Baqara surasi 214 oyat).

Dunyo  hayotining sinovli yo‘llarida  mo‘minga eng yaxshi ikki hamroh sabr va shukurdir. Balo, musibat, qayg‘ularga sabr, xursandchilik, ne'mat va marhamat uchun shukur  qilish kerak.

Shu kunlarda butun dunyo bo‘yicha muammo bo‘lib turgan koronavirus epidemiyasi barchani tahlikaga solib, hamma davlatlar karantin qoidalariga amal qilishga majbur bo‘lishmoqda. Bugun hayotimizda ro‘y berayotgan voqealarga tashqaridan qaralsa odamzot qayta tarbiyalanayotganga o‘xshaydi. Uning yuziga ko‘zgu tutilgandek go‘yo. Yaxshi bilan yomonni ajratib olish kelgandek. Alloh bizga sinov yuborib o‘zimizni isloh qilishga ko‘proq yaxshilik, ezgu ishlarni amalga oshirishga undayotgandek. Koronavirus odamlar o‘z oilasi va yaqinlari bilan birlashib oqibatni ko‘chaytirishi, insof va diyonatni targ‘ib etishi uchun yuborilganga o‘xshaydi. Koronavirusga chalingan bemorlar sog‘ayib borayotganini ko‘rib, eshitib Yaratganga shukurlar aytamiz. Tili, dili iymoni mustahkam, qalbi toatu ibodatga mushtoq  va chanqoq xalqimiz, namozxonlarimiz intiqlik bilan yana masjidlarda jamoat bilan nomozlarda qoim bo‘lamiz-a deb, ko‘cha ko‘yda ko‘rib qolganda yoki telefon orqali tez-tez so‘rab surishtirayotgani, tabora yaqinlashib kelayotgan, ulug‘ kunlar, oylar sultoni bo‘lmish Ramazon sharifga ham oz fursat qoldi. U kunlarga,  qimmatli damlarga ruhiyatimizni, qalbimizni shunga yarasha tayyorgarlashimiz kerakligini aytishadi. Chunki bu oy ulu- va fazilatlidir. Uning fazli haqida har qancha gapirsak ham oz. Shuning uchun bu oyni qadrini bilgan banda “Marhabo, marhabo ya shahri Ramazon” deb yig‘lab, qalblari junbushga kelib,  shu kunlarga sog‘-salomat yetkazganiga shukur, deb quvonch ko‘z yoshlarini  to‘kadigan ixlosmand, taqvodor kishilarni ko‘rib, muborak Ramazon oyining oxiri yaqinlashishi bilan esa “Alvido, alvido ya shahri Ramazon” deya aytilayotgan vaqtida “Ey Robbim, ulug‘ oying bizni tark etib, biz bilan xayrlashib turibdi, bizni sog‘-salomat kelgusi Ramazonlarga yetkizgan, deya qalb ko‘z yoshlarini to‘kayotgan mo‘min-musulmon birodarlarimizni  ko‘rib, ko‘zlarimizdan yosh oqmasdan iloji yo‘q. Ilohim, hammamizni, butun yer yuzidagi bandalaringni, barcha mo‘min–musulmonlarni sinovlar, bu balo ofatlardan tez kunlarda xalos etishingni O‘zingdan iltijo qilib so‘raymiz.

Imommiddin Sherxonov - Kattaqo‘rg‘on tuman QOQSOY jome masjidi imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 08/04/2020 08:30;   Ko‘rilganligi: 1560
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/alloohning-rahmatidan-doim-umidvormiz
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 04:50
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing